O’qituvchi uchun esa:
- axborot texnologiyalarining har bir mavzusi bo‟yicha uslubiy ko‟rsatmalar
olishi;
- darsni interfaol usullar asosida olib borishi, interfaol usullarni o‟z o‟rnida,
dars jarayonida foydalana bilishi;
- mavzularga mos nazariy ma‟lumotlarni ko‟zdan kechirishi va kerakli
vaqtda undan foydalanishi;
85
- axborot texnologiyalari mavzusi bo‟yicha guruhning har bir a‟zosining test
natijalarini bilishi va o‟zlashtirish darajalarining aniqlanishi;
-dars jarayonida atamalarning izohli lug‟atidan hamda asosiy tushuncha va
ta‟riflar ifodalangan slaydlardan foydalanishga mo‟ljallanishi.
Ushbu multimediali elektron o‟quv-metodik qo‟llanma yordamida
o‟quvchilar axborot texnologiyalarining axborotlashgan jamiyatdagi o‟rnini,
kompyuterga xizmat ko‟rsatishni, fayllarni arxivlashni, kompyuter viruslaridan
saqlanishni o‟rganadilar. Shuningdek axborot tizimlarini tuzish va undan
foydalanishni, ma‟lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari, ACCESS
MOBTlarida ishlash asoslari, model va modellashtirish asoslari, kompyuter
tarmoqlari hamda ularda ishlash asoslari, O‟zbekistonda kompyuterlashtirish va
kompyuter tarmoqlari bilan tanishadilar. Darslik axborotlarni uzatish, saqlash,
boshqarish, qayta ishlash texnologiyalari, undan foydalanish jarayoni haqidagi
bilim asoslari va kasb-hunar kolleji o‟quvchilari-kichik mutaxassislarning keyingi
ish faoliyatlari davomida kompyuterdan foydalanish ko‟nikmalarini beradi.
3. Mundarija tuzish - rejalashtirish.
Davlat ta‟lim standartlari asosida kasb-hunar kollejlari 2-bosqich
o‟quvchilari «Axborot texnologiyalari» fanidan o‟zlashtirishlari shart bo‟lgan
minimal bilim, ko‟nikma va malakalar multimediali elektron o‟quv- metodik
qo‟llanmaning tarkibiy tuzilishiga asos bo‟ladi va ular quyidagilar [6]:
Axborot texnologiyalarining axborotlashgan jamiyatdagi o‟rni (2soat).
Mazkur bo‟limda o‟quvchilar axborot texnologiyalari haqida tushuncha, axborot
texnologiyalarining axborotlashgan jamiyatdagi o‟rni, ichki va tashqi omillari,
qo‟llaniladigan sohalari haqida tushunchalarga ega bo‟ladilar.
Kompyuterga xizmat ko‟rsatish (2 soat). Ushbu bo‟limda qattiq disklarga
xizmat ko‟rsatish amallari, yordamchi disk, undan foydalanish, kompyuterning
barcha mantiqiy disklarini optimallashtirish, kompyuterning foydalanuvchi mos
muhitini tashkil etishlarini o‟rganadilar.
86
Fayllarni arxivlash (4 soat). Bu bo‟limda arxivlash dasturlari, fayllarni
arxivlash va arxiv fayllarini ochish, bo‟laklab va qirqib arxivlash, arxiv fayllarini
tekshirish, arxivlashning qo‟shimcha imkoniyatlarini o‟rganishga erishadilar.
Kompyuter viruslaridan saqlanish (4 soat). O‟quvchilar kompyuter viruslari
va ularni davolash, davolovchi dasturlarning imkoniyatlari, viruslardan
saqlanishning chora tadbirlarini o‟rganadilar.
Axborot tizimlarini tuzish va undan foydalanish (6 soat). Bu bo‟limda
axborot tizimlari, ombordagi ma‟lumotlarni tartiblash, axborotlarni avtomatik
izlash, ko‟rib chiqish, indeksli fayllar, axborot tizimlarining turkumlanishi,
ma‟lumotlar almashinish, bilimlar ombori, uni boshqarish tizimlari, sun‟iy
intellekt, ekspert tizimlari kabi bilim va malakalarga ega bo‟ladilar.
Ma‟lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari, ACCESS MOBTlarida
ishlash asoslari (6 soat). Ma‟lumotlar omborini yaratish, ob‟ekt va kattalik,
ma‟lumotlar omborini boshqarish tizimlari, ma‟lumotlarning turlari va tuzilishi,
jadval ma‟lumotlarini kodlash, ma‟lumotlar omboriga relyatsion yondashish
muammolari ko‟nikmalarini egallaydilar.
Model va modellashtirish asoslari (4 soat). Boshqarish nazariyasi
elementlari, optimal boshqarish, model va modellashtirish, model turlari,
matematik modellashtirish, uning bosqichlari, kompyuterli modellash va uning
mohiyati fizik, biologik, iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish kabi ishlar
majmuini o‟rganadilar.
Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari (6 soat). Kompyuter
tarmoqlari, tarmoqlarning texnik vositalari, internet va undan ma‟lumotlarni
qidirish, elektron aloqa, internetda ishlash ko‟nikmalarini egallaydilar.
O‟zbekistonda kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari (2 soat).
Kompyuterlashtirishning
istiqbollari,
O‟zbekistondagi
kompyuter
tarmoqlari, provayder ularning ularning imkoniyatlari bilan tanishadilar.
4. Dasturiy mahsulotni tayyorlash
a) Manbalar matni, gipermatn loyihasi tuziladi. Axborot texnologiyalari
mavzular, elektron plakat(slayd)lar, uslubiy ko‟rsatmalar, interfaol usullar,
87
bilimlarni baholash, dars ishlanmalari, test savollari va uning javoblari, xullas,
multimediali elektron qo‟llanmada foydalaniladigan barcha matnlar va ularning
gipermatnli loyihasi tuziladi.
b) Kompyuterda elektron gipermatn tuziladi. Barcha matnlar orasida
dasturiy bog‟lanish hosil qilinadi, bunda albatta, dizaynga e‟tibor berish kerak
bo‟ladi.
s) Multimedia ob‟ektlari bilan almashinish uchun ob‟ektlar tanlanadi. Har
bir bob yoki mavzu uchun o‟ziga xos harakatli ob‟ektlar tayyorlanadi.
d) Ovoz berish. Matnli axborotlarni tig‟izligidan xalos etish uchun, matnlar
va animatsiyalarga ovoz beriladi. Bu o‟quvchilar o‟rganayotgan materiallarni
tushunishni osonlashtiradi.
Multimediali elektron o‟quv–metodik qo‟llanmani yaratishda qo‟llanilgan
dasturlar haqida fikr yuritadigan bo‟lsak, axborot texnologiyalaridan bu
multimedia vositasini o‟zbek tilida, lotin yozuvida tayyorlangan bo‟lib, uni
tayyorlashda matnlar, grafikalar, videomateriallar, tovushlar, rasmlar, slaydlar,
animatsiyalardan foydalanildi.
Yaratilgan elektron o‟quv-metodik qo‟llanmadan nazariy mashg‟ulotlarda
foydalanishni yoritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |