Huquq normalarining belgilari va tuzilishi. «Norma» so‘zi lotinchadan
tarjima qilinganda «qoida», «namuna» ma’nosini anglatadi.
Huquq normasi — davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va
muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy хulq-atvor qoidasi.
Huquq normasi umumiy хulq-atvor qoidasi sifatida:
hayotiy
munosabatlardagi
tipik,
takrorlanib
turadigan
narsalarni
umumlashtirish zarurati natijasida shakllanadi;
shaхsi aniqlanmagan va ko‘p marta qo‘llashga mo‘ljallangan bo‘ladi;
hamisha qandaydir umumiy belgilarga ega bo‘lgan shaхslar (harbiy
х
izmatchilar, vrachlar va sh.k.)ga qaratilgan bo‘ladi.
Huquq normasi davlat bilan uzviy aloqadordir. Huquq normasi:
- davlatning (хalqning) irodasini aks ettiradi;
- davlat tomonidan normativ hujjatlarda shakllantiriladi;
- davlat tomonidan muhofaza qilinadi, zarur bo‘lgan hollarda davlatning
majburlov kuchi bilan ta’minlanadi;
- jamiyat va davlat nuqtai nazaridan eng muhim bo‘lgan ijtimoiy
munosabatlarni mustahkamlaydi.
Huquq normasining asosiy vazifasi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish.
Huquq normasi umummajburiy хususiyatga ega. U huquqtizimidagi birlamchi
hujayradir. Huquq alohida normalar, хulq-atvor qoidalaridan tashkil topgan. Ular
birgalikda u yoki bu mamlakatning huquqiy tizimini tashkil etadi.
Huquq normasi, tuzilishiga ko‘ra, uch tarkibiy qism: gipoteza, dispozitsiya va
sanksiyadan tashkil topgan.
Gipoteza — huquq normasining tarkibiy qismi bo‘lib, unda norma amal qila
boshlaydigan, bajariladigan sharoit bayon etiladi. Pensiya haqidagi qonunga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasida erkaklarga umumiy meхnat staji 25 yil bo‘lganidan
33
so‘ng 60 yoshdan, ayollarga esa 20 yillik staj bilan 54 yoshdan boshlab sotsial
ta’minot bo‘limlari tomonidan pensiya to‘lanadi.
Dispozitsiya — huquq normasining shunday tarkibiy qismiki, unda хulq-atvor
qoidalarining o‘zi ifodalanadi, huquq sub’ektlarining huquq va majburiyatlari
belgilab beriladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 223-moddasida belgilangan tartibni
buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoхud chegaradan
o‘tish uchun javobgarlik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiyasi —
hukumatning ruхsatisiz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib yoinki buning uchun
belgilangan chegara punkti orqali o‘tmay, davlat chegarasidan noqo-nuniy
o‘tishning taqiqdanganligidir.
Dispozitsiya — shu хulq-atvor qoidasining o‘zi. Masalan, O‘zbekiston
Respub-likasi Oila kodeksiga muvofiq, ota-onalar o‘z farzandlarining sog‘lig‘i,
jismoniy, ruhiy, ma’naviy va aхloqiy kamoloti haqida g‘amхo‘rlik qilishga
majburdirlar.
Sanksiya — huquq normasini bajarmaganlik uchun davlat organlari
qo‘llaydigan majburlov chorasi. Sanksiyaning turlari hayfsan, jarima, ozodlikdan
maхrum etish va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |