Huquq funksiyalari – ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta’sir etishning asosiy
yo‘nalishlari bo‘lib, ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi
ijtimoiy vazifasi bilan belgilanadi. Huquq, avvalo, jamiyat hayotining turli
jabhalari – iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohaga, madaniy-ma’naviy munosabatlarga
ta’sir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy
funksiyalarni bajaradi. Sof yuridik nuqtai nazardan huquq funksiyalarini ikki –
regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qo‘riqlovchi) turga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |