Huquqning regulyativ funksiyasi - jamiyat a’zolarining yurish-turishi va xulq-
atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini o‘rnatish, ijtimoiy munosabatlarni
yuridik tashkil etish, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni uyg‘unlashtirish va
barqarorlashtirishdan iborat. Bu funksiya doirasida huquqiy ta’sirning yana ikki –
regulyativ-statik va regulyativ-dinamik huquqiy funksiyalar yo‘nalishi haqida so‘z
yuritish mumkin.
Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi – uning ijtimoiy vazifasi bilan
belgilangan huquqiy ta’sir etish yo‘nalishi bo‘lib, u umumiy ahamiyatga molik,
o‘ta muhim iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni
muhofaza etishga, ularning daxlsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladi va shu bilan
birga jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |