6.3. Korxonaning innovatsion strategiyasini shakllantirish
Innovatsion strategiya, korxonaning strategiyasi, iqtisodiy holati, ilmiy – texnik
salohiyati, ilmiy – texnik vazifalar portfeli va bu vazifalarning o’zlarining bir birlari bilan
bog’lovchi har xil bog’liqliklarni baholash va tahlil qilishning uzluksiz jarayoni natijasidan
iborat bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbarga yaxshi mahsulotga ega bo’lish yetarli emas, u
raqiblardan orqada qolmaslik uchun yangi texnologiyalarni paydo bo’lishi orqasidan e’tibor
bilan kuzatishi va ularni o’z firmasiga tadbiq etishni rejalashtirish kerak. Qo’yilgan
maqsadlarga erishish uchun bir qator strategik vositalar mavjud.
Strategiyani qarorlar qabul qilish jarayoni sifatida belgilash mumkin. Uni tanlash
rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatning boshqa shakllarini
o’tkazishni belgilab beradi.
Strategik rejalashtirish quyidagi ikkita asosiy maqsadni ko’zlaydi:
1. Resurslarni samarali taqsimlash va foydalanish. Bu ichki strategiya deb
ataluvchidir. Sarmoyalar, texnologiyalar, odamlar kabi cheklangan resurslardan foydalanish
rejalashtiriladi. Bundan tashqari yangi sohalardagi korxonalarni xarid qilish, istiqbolsiz
sohalardan chiqish, korxonalarning samarali “portfeli” investitsion takliflar majmuasini
shakllantirish amalga oshiriladi.
2. Tashqi muhitga moslashish. Quyidagi vazifa qo’yiladi: tashqi omillar (iqtisodiy
o’zgarishlar, siyosiy omillar, demografik vaziyatlar va boshqalar) ni o’zgarishiga samarali
moslashishni ta’minlash.
Strategiyani ishlab chiqish tashkilotning umumiy maqsadini shakllantirishdan
boshlanadi. Maqsadni qo’yilishi firmaning tashqi muhit, bozor, iste’molchi bilan aloqalarida
muhim rolь o’ynaydi.
Umumiy maqsad quyidagilarni hisobga olishi kerak:
firma faoliyatining asosiy yo’nalishi;
tashqi muhitdagi ishchi tamoyillar (savdo iste’molchiga munosabat, ishga doir
aloqalarni olib borish tamoyillari);
tashkilotning madaniyati, uning an’analari, ishchi muhit;
“sifatni umumiy boshqarilishi” ni qamrab olish.
Keyingisi bozor munosabatlarini rivojlanishida g’oyatda dolzarb bo’ladi.
Tashqi muhitdagi jarayonlar va o’zgarishlar firmaga hayotiy muhim ta’sir ko’rsatadi.
Tashqi muhit bilan bog’liq asosiy omillar – bu iqtisodiyot, siyosat, bozor, texnologiya,
raqobatdir. SHuning uchun asosiy raqiblarni belgilash va ularning bozordagi o’rinlari
(bozordagi ulushi, sotishlar hajmlari maqsadlari va h.k)ni aniqlash zarur, raqiblarning kuchli
va kuchsiz tomonlarini sinchiklab o’rganish va ularning natijalarini shaxsiy ko’rsatkichlar
bilan solishtirish raqobat kurashi strategiyasini yaxshiroq o’ylab ko’rishga imkon beradi.
Ichki muhitning tahlili firma faoliyatidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlash
maqsadida o’tkaziladi.
Strategiya nazariy va empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqotlarning boshlang’ich
nuqtasi bo’ladi. Tashkilotlar, ularning asosiy qarorlarni qabul qiluvchi rahbarlari o’zlarini
yangiliklardan foydalanish strategiyasi bilan qanchalik bog’langanlari bilan farqlanishlari
mumkin. Agar yuqori rahbariyat yangilik kiritishni amalga oshirishga harakatlarni qo’llab
quvvatlasa, unda uni tashkilotlarda tadbiq etishga qabul qilinishi ehtimoli oshadi.
Korxonaning maqsadiga muvofiq strategiya shakllantiriladi.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |