6.1. Korxonalardagi innovatsion faoliyatning zarurligi Mamlakatimiz korxonalaridagi ko’p yillar davomida mavjud bo’lgan rejalashtirish
amaliyotining tahlili uni korxona rejasini ishlab chiqishga emas, balki shakllantirib
bo’lingan rejaviy vazifani bajarishga qaratilganligini ko’rsatadi. Bu avvallari sanoat
korxonalari faoliyat yuritgan ob’ektiv sabablar, hamda iqtisodiyotni rivojlanishining oldingi
bosqichida korxonalar oldida turgan vazifalar bilan izohlanadi. CHamasi bunday amaliyot
xo’jalik yuritishning hozirgi sharoitlariga mos kelmasa kerak.
9
Hozirgi paytdagi korxona iqtisodiyoti uchun xos bo’lgan murakkab holat avval
amalda bo’lgan boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik tizimi bilan bog’liqdir. U resurslarni
ishlab chiqarishning haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olmasdan markazlashtirilgan holda
rejalashtirish va taqsimlash, davlat byudjeti hisobidan ishlab chiqarish investitsiyalarini
tekinga moliyalashtirish, ishlab chiqaruvchilarning yakka hokimligi, mulkchilikning davlat
shaklidan farqlanuvchisining yo’qligi va xo’jalik yuritishning bir turdagi shaklarini ko’zda
tutadi. Yana quyidagilar mavjud bo’lgan: boshqaruvning ko’p bosqichi tuzilmasi va
faoliyatning yakuniy natijalaridan olingan daromadlar va investitsiyalar bog’liqligini
yo’qligidan kelib chiqqan muassasaviy uzilish va ishlab chiqarish jarayoni
ishtirokchilarining ajralib qolishi.
Yuqorida sanab o’tilgan sabablar, hamda xo’jalik aloqalarining uyg’unligini buzilishi
bilan bog’liq bir qator boshqalar qayta ishlab chiqarishning har xil sohalari va xo’jalik
sohalarida mutanosibsizlikni keltirib chiqargan, defitsitni chuqurlashuvi va ishlab chiqarish
intizomini pasayishi mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul va iste’mol bozori va pul
muomalasidagi holatni keskinlashuviga sabab bo’lgan innovatsion sohada tanazzul paydo
bo’lishiga ko’maklashganlar.
Ko’rsatib o’tilgan muammolar va murakkabliklar vujudga kelgan sharoitlarga
adekvat startegiyani, korxonani rivojlanishini shakllantirishga imkon beruvchi haqiqiy
rejalashtirishga ehtiyojni kuchaytiradi.
Strategik innovatsion rejalashtirish bozor turidagi iqtisodiyot sharoitida korxonadagi
rejalashtirishning umumiy tizimidagi tizimga bo’ladi. Korxonadagi strategik innovatsion
rejalashtirishning ob’ekti innovatsion faoliyatdan iborat bo’ladi, uni ko’rib chiqa turib,
quyidagilarni aytish mumkin:
Hozirgi sharoitlarda korxonadagi innovatsion faoliyat strategiyasi innovatsion
strategiyalarni korxonani rivojlanishining asosiy maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqqan
holda, Resursli ta’minlash va xatar omilini hisobga olish, Tashqi muhitning holati va
shaxsiy innovatsion imkoniyatlarni oldindan bashoratlash va mustaqil ishlab chiqishning
ob’ektiv zaruriyati pishib yetilgan;
ehtimol bo’lgan katta foydani olish maqsadlarida yangi raqobatbardosh mahsulotni
yaratish va uni texnika va texnologiyalarning zamonaviy darajasida ishlab chiqarish
sohasidagi ilmiy – texnik siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish innovatsion
faoliyatning asosiy mazmuni bo’lib qolgan;
innovatsion strategiyani amalga oshirishda ITTKI ning strategik ahamiyati o’sadi,
va shuning bilan bir vaqtda ularni amalga oshirishdagi xatar darajasi oshadi;
innovatsion faoliyat korxonadagi faoliyatning qolgan barcha turlari va hammadan
avval, ishlab chiqarish va marketing bilan birgalikda amalga oshiriladi.
9
“Теп 3: Управление инновациями: Стратегический подход: Гибкая корпоративные стратегии выживания и
лидерства в новой экономике (на спирали)”. Котельников В.Ю. М.: Эксмо, 2007.
72