3)
foyda va qo’shimcha qiymatni boshqa xarajatlarni nisbatan tejalishi hisobiga
o’sishi;
4)
boshqa pul xarajatlarini o’zgarishi hisobiga daromadni o’sishi;
5)
foyda va qo’shimcha qiymatni boshqa xarajatlarni nisbatan tejalishi hisobiga o’sishi
ulushi, %da.
Mahsulot tannarxini kalьkulyatsion kesmada iqtisodiy tahlil qilishda mahsulot tannarxi
xususiy ko’rsatkichlarini tasniflash kalьkulyatsiya moddalari bo’yicha keyinchalik
majmuaviy kalьkulyatsion moddalardan mahsulot tannarxini shakllantiruvchi
xarajatlarning asosiy elementlarini ajratish bilan amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish faoliyati iqtisodiy samaradorligi tavsiya etilgan umumlashtiruvchi
ko’rsatkichlarining hozirgi vaqtda qo’llanadigan tegishli ko’rsatkichlardan tubdan farqi
quyidagilardan iborat:
-birinchi umumlashtiruvchi ko’rsatkich korxonalar darajasida ishlab chiqarish
samaradorligini o’sish sur’ati - ishlab chiqarish natijalarini o’sish sur’atlarini xarajatlarni
o’sish sur’atlaridan o’zib ketishini hisoblashga imkon beradi;
- umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar har bir resursdan alohida foydalanish samaradorligini
ta’riflovchi ko’rsatkichlar bilan bevosita aloqaga ega. Bu iqtisodiy tadqiqotlar
(rejalashtirish, loyihalashtirish va iqtisodiy tahlil)da ishlab chiqarishda faolyait yurituvchi
resurslardan biri (mehnat, ishlab chiqarish fondlari va moddiy resurslar)dan
foydalanishning samaradorligidagi o’zgarishlar umuman ishlab chiqarishning iqtisodiy
samaradorligini oshishiga ta’sirini belgilashga imkon beradi;
- mahsulot ishlab chiqarish hajmini umumiy jarajatlar bilan solishtirish asosida ishlab
chiqarish samaradorligining erishilgan darajasi- haqiqiy yig’ma xarajatlarni bu
xarajatlarning ijtimoiy zarur darajasiga mos kelishi darajasi haqida xulosaga kelish
mumkin;
- tannarxi kamayishi hisobiga qo’shimcha qiymat va foydani o’sishi ishlab chiqarish va
yakuniy natijalarni taqsimlash masalasi bo’yicha muvofiqlashtirishga imkon beradi;
- xarajatlarni nisbatan tejalishi ko’rsatkichi innovatsiyalar iqtisodiy samaradorligi
ko’rsatkichlarini muvofiqlashtirish va umumlashtiruvchi va xususiy ko’rsatkichlar
guruhlari o’rtasidagi o’zaro aloqani ta’minlash, ishlab chiqarish jarayoniga yangidan jalb
qilinayotgan resurslardan foydalanishini kuchaytirishdagi o’zgarishlarni
mumumlashtirilgan bahosini berishga imkon beradilar;
- umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar jamlash va iste’mol fondlarini sarflashning
samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshirish imkoniyatini beradilar; texnik qayta
jihozlash va yangi ish joylarini tashkil qilishga yo’antirilgan kapital kiritmalardan
foydalanishni ratsionalligi, hamda xo’jalik ichidagi zaxiralarni harakatga keltirish
ustidan nazorat qilishni ta’minlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: