Namangan muhandislik pedagogika instituti


Innovatsion loyihalashtirishning asoslari



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/223
Sana14.07.2021
Hajmi5,69 Mb.
#119196
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   223
Bog'liq
innovatsion menejment

8.3.Innovatsion loyihalashtirishning asoslari 
 
  Iqtisodiyotga loyihalarni boshqarishning nisbatan yangi kontseptsiyasi (Project 
Management) jadal ravishda kirib kelmoqda. Bu kontseptsiyaning asosini loyihasiga har 
qanday tizimning vaqt va mablag’lar sarflanishi bilan bog’liq dastlabki holatini o’lchashga 
qarash tashkil qiladi. Oldindan ishlab chiqilgan dasturlar bo’yicha byudjet va vaqtli 
chegaralashlar doirasida amalga oshirilgan bu o’zgarishlar jarayoni esa – loyihalarni 
boshqarishdir. Hozirgi vaqtga kelib loyihalarni boshqarish barcha sanoati rivojlangan va 
yangi sanoatli mamlakatlarda investitsion faoliyat metodologiyasi tomonidan tan olingan. 
Mamlakatimiz amaliyotida bu kontseptsiya dasturiy – maqsadiy dasturlar (DMD)ni 
qo’llanilishida o’z aksini topgan. 
“Innovatsion loyiha” tushunchasi quyidagicha ko’rib chiqilishi mumkin: 
  innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarish shakli; 
  innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni; 
98


  
 
  hujjatlar majmuasi. 
Innovatsion loyiha innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarishni shakli sifatida fan va 
texnikani ustuvor yo’naltirilgan rivojlantirishning aniq maqsadlari (vazifalari)ga erishishga 
qaratilgan tadbirlarning resurslar, muddatlar va ijrochilar bo’yicha o’zaro asoslangan va 
o’zaro bog’langan murakkab tizimidan iboratdir. 
Innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni sifatida – bu innovatsiyalarga olib keluvchi 
ilmiy, texnologik, ishlab chiqarish, tashkiliy, moliyaviy va tijorat tadbirlarini belgilangan 
izchillikda bajariladigan majmuasidir. 
SHuning bilan bir vaqtda innovatsion loyiha – bu loyiha maqsadlarini amalga 
oshirish uchun zarur bo’lgan texnik, tashkiliy, rejaviy va hisoblash – moliyaviy 
hujjatlarning yig’indisidir. 
Bu uchta nuqta nazarlarni hisobga olish bilan, quyidagi ta’rifni berish mumkin: 
innovatsion loyiha – bu masofa va vaqtda muammolarni hal qilish, innovatsion jarayonlarni 
tashkil qilish bo’yicha ilmiy asoslangan maqsadlar va tadbirlarni belgilab beruvchi 
hujjatlarining yig’indisidir. Maqsadlar va tadbirlarni ilmiy asoslanishiga menejmentga ilmiy 
yondashishlarga rioya qilish, zamonaviy usullarni qo’llash yo’li bilan erishiladi. 
Innovatsion loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik loyiha rahbari 
(loyiha menejeri) va ilmiy texnik kengashi (ITK) tomonidan amalga oshiriladi. ITK 
tarkibiga ilmiy – texnik yechimlarni tanlash, ular amalga oshirish darajasi, loyihaviy 
maqsadlarga erishish uchun zarur talbirlarning to’liqligi va butligi uchun javobgarlikka ega, 
ijrochilarni tanlov asosida tanlash va olingan natijalarning ekspertizasini tashkil qiluvchi 
loyihaning tematik yo’nalishlari bo’yicha yetakchi mutaxassislar kiradilar. 
Loyiha rahbari – yuridik shaxslar, unga buyurmachi loyiha: rejalashtirish, loyiha 
ishtirokchilari ishlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo’yicha ishlarga rahbarlik qilish 
vakolatlarini topshiradi. Loyiha rahbari vakolatlarining aniq tarkibi buyurtmachi bilan 
shartnoma tomonidan belgilanadi. Loyiha jamoasi – loyiha rahbari tomonidan 
boshqariladigan va loyihani amalga oshirish davrida rejaviy ko’rsatkichlarga o’z vaqtida 
erishish maqsadida tashkil qilinadigan o’ziga xos tashkiliy tuzilmadir. Loyiha jamoasining 
tarkibi va vazifalari loyihaning ko’lamlari murakkabligi va boshqa ta’riflariga bog’liqdir. 
O’z vazifalarining bir qismini bajarish uchun ishlab chiquvchi ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlarni jalb qilishi mumkin. Loyihani qo’llab quvvatlovchilarga innovatsion 
markazlar, dasturlar va loyihalarni qo’llab quvvatlovchi fondlar, konsalting firmalari
mustaqil ekspertiza tashkilotlari, patent-litsenziya firmalari, auditorlik firmalari, ko’rgazma 
markazlari va h.k kiradilar. 
Innovatsion loyihalarni tasniflash innovatsiyalarni tasniflashlar asosida amalga 
oshiriladi. Masalan, tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish darajasi bo’yicha 
innovatsion loyihalar, davlatlararo, davlat, mintaqaviy, sohaviy, alohida korxonanikiga 
bo’linishlari mumkin. 
Loyihalarni shakllantirish va asoslash tamoyillari, maqsadlari, bosqichlari va usullari, 
ularni loyihalashtirish va amalga oshirish mexanizmi biz tomonimizdan oldin ko’rib 
chiqqan mavzulardan katta farq qilishi mumkin emas. Oldingi 9 mavzu biz tomonimizdan 
innovatsion loyihalarni ilmiy asoslash, ularni materiallashtirish va samara olish uchun 
ko’rib chiqilgan edi. Yakuniy masalalarga darslikning 10-13 mavzulari bag’ishlangan. 
Takrorlaymizki, innovatsion loyihani turkumlashtirishning chuqurligi, 
loyihalashtirishda hisobga olinadigan ilmiy yondashishlar va tamoyillar, qo’llaniladigan 
menejment usullari miqdori loyihaning bosh menejeri (loyiha menejeri) va ITK a’zolari 
tomonidan muammoning murakkabligi, loyihaning qiymati va innovatsion tashkilot tashqi 
va ichki omillari holatiga muvofiq belgilanadi. 
99


  
 
Innovatsion loyihani ishlab chiqish loyiha hujjatlarini tayyorlash bilan yakunlanadi. 
“Loyiha hujjatlari” ning yagona tarkibi hali belgilanmagan va har bir aniq holda uning 
tarkibi dastlabki (texnik iqtisodiy) vazifada belgilanadi. Har qanday darajadagi innovatsion 
loyiha quyidagi bo’linmalarni o’z ichiga olishi kerak: 
  muammo (g’oya)ning mazmuni va dolzarbligi; 
  loyiha rahbarining rezyumesi; 
  marketing tadqiqotlari va muammoni turkumlashtirish asosida qurilgan loyiha 
maqsadlari daraxti; 
  loyiha maqsadlari daraxtini amalga oshirish bo’yicha tadbirlar tizimi; 
  loyihani majmuaviy asoslanishi
  loyihani amalga oshirilishini majmuaviy ta’minlanishi; 
  ITK ning ta’rifi; 
  loyihaning ekspert xulosasi; 
  loyihani amalga oshirish mexanizmi va undovchi sabablar tizimi. 
Loyihani amalga oshirish mexanizmi o’z ichiga innovatsion tashkilotning tuzilishi, 
uning bo’linmalari va lavozimli ko’rsatmalari haqidagi qoidalar, operativ – kalendar rejalar 
va tarmoqli modellar (jadvallar), loyihani boshqarish dasturlari, loyihaning vazifalari, 
masalalari va maqsadlarini bajarilishini majmuaviy ta’minlash, nazorat qilish, 
muvofiqlashtirish va tartibga solish rejalarini oladi. 
Loyihani topshirilishi va shartnomani yopilishini o’z ichiga oluvchi loyihani 
yakunlash tartibini belgilash, innovatsion loyihalash masalalaridan biri bo’ladi. 
Innovatsion loyiha bo’lim – loyiha kontseptsiyalarini ishlab chiqishda buyurtmachi 
tomonidan qabul qilingan qarorlarning uni amalga oshirishda olingan natijalarga mos 
kelishini belgilash demakdir. Ishni topshirish va qabul qilishga nisbatan barcha talablar 
shartnoma tomonidan belgilanadi. Agar tayyor ob’ekt loyihani amalga oshirishning natijasi 
qabul qilish va foydalanish sinovlarini o’tkazish kerak. Ular quyidagilarni o’z ichlariga 
oladilar: ishlab chiqishning texnik – iqtisodiy parametrlarini rejalashtirilgan ko’rsatkich 
bilan soleshtirilishini o’tkazish; farq qilishlar sabablarini aniqlash, topilgan farq qilishlarni 
bartaraf qilish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish va chalalarni bartaraf qilish bo’yicha 
ishlarni tashkil qilish. 
Agar qabul qilish sinovlari natijasida loyiha talablariga javob beradigan mahsulot 
olinsa, unda komissiyaning tayyor ob’ektlarni qabul qilish bo’yicha bayonnomasi 
rasmiylashtiriladi. Sinovlar natijasi tayyor mahsulot (ob’ekt yangilik va h.k)ni topshirish – 
qabul qilish davrida javobgarlikni ishlab chiquvchi tashkilotlardan buyurmachiga topshirish 
uchun asos bo’ladilar. 
SHartnomani yopish quyidagi bosqichlarda o’tkaziladi: 
  moliyaviy hisobotni tekshirish; 
  rasfortlashtirish; 
  bajarilmagan majburiyatlarni aniqlash; 
  bajarilmagan majburiyatlarni yakunlash. 
  Moliyaviy hisobotlarni tekshirishga buyurtmachi va ijrochi tashkilotlar hisobotiga 
kiradi. Buyurtmachining moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
yakunlangan ishlarning butun hajmiga schyot – fakturadan ko’chirmalarni tekshirish; 
olingan to’lovlarni taqdim etilgan schet – fakturalar bilan muvofiqlashtirish; o’zgarishlar 
bo’yicha hujjatlarning mavjudligini tekshirish; buyurtmachi tomonida amalga oshirilgan 
ushlab qolingan summani nazorat qilishni. 
 Ijrochi 
moliyaviy 
hisobotini tekshirish o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
  etkazib beruvchilar va birgalikdagi ijrochilarning to’lovlarini tekshirish; 
100


  
 
  buyurtmalar summasini yetkazib beruvchilarning yuk xatlari bo’yicha xaridlarga 
mos kelishi; 
  etkazib beruvchiga muddati o’tgan to’lovlarni qidirib topish; 
  tegishli ushlab qolishlarni tasdiqlash. 
Bundan tekshirishlarning natijalari loyiha bo’yicha yakuniy moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlash uchun ma’lumotlar olishga imkon beradi. Ushbu bosqichda ijrochilar bilan 
yakuniy hisob kitoblar amalga oshiriladi. 
Pasportlashtirish shartnomani yopishni tashkil qilishning muhim elementlaridan 
biridan iboratdir. U quyidagi izchillikda o’tkaziladi: 
  bo’limlarning ijrochilari kerakli ilovalarga hisobotlarni bosh tashkilotga bo’lim 
bo’yicha taqdim etadilar
  keyingi yakuniy hisobotni ITKga bo’lim bo’yicha taqdim etadi; 
  ITK bo’lim bo’yicha hisobotlarni qabul qiladi va dalolatnomalarni 
rasmiylashtiradi; 
  bosh tashkilot umuman loyiha bo’yicha hisobot tayyorlaydi va uni Bosh 
buyurmachiga yuboradi. SHartnoma yopiladi. 

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish