Namangan muhandislik pedagogika instituti


ITTKIning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/223
Sana14.07.2021
Hajmi5,69 Mb.
#119196
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   223
Bog'liq
innovatsion menejment

8.1. ITTKIning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari 
 
Ilmiy – tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI)ning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
  tabiat va jamiyatni rivojlanishi sohasida yangi bilimlar olish, ularni qo’llashning 
yangi sohalari: 
  ishlab chiqarish sohasidagi materiallashtirishning tashkilot tovarlari 
raqobatbardoshligi me’yorlarining strategik marketingi bosqichida ishlab chiqilgan 
imkoniyatlarini nazariy va tajribaviy tekshirish; 
  yangiliklar va innovatsiyalar portfelini amalda bajarish. 
Sanab o’tilgan vazifalarni amalga oshirish resurslardan foydalanishning 
samaradorligi, tashkilotlarning raqobatbardoshligi, aholining turmush darajasini oshirishga 
imkon beradi: 
ITTKIning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
1. Har qanday muammolarni hal qilish ratsional boshqaruv qarorlarini qabul qilishda 
menejmentning avvaliroq ko’rib chiqilgan ilmiy yondashishlari, tamoyillari, vazifalari, 
usullarini bajarilishi. Ilmiy menejmentning qo’llaniladigan tarkibiy qismlarining miqdori 
boshqaruv ob’ektining murakkabligi, qiymati va boshqa omillar bilan belgilanadi. 
2. Innovatsion faoliyatni kishilik kapitalni rivojlanishiga qaratish. 
ITTKI ishlarning quyidagi bosqichlariga bo’linadilar: 
  fundamental tadqiqotlar (nazariy va izlanishli); 
  amaliy tadqiqotlar; 
  tajriba – konstruktorlik ishlari; 
  tajriba, eksperimental ishlar, ular o’tgan bosqichlardan har birida bajarilishlari 
mumkin. 
Nazariy tadqiqotlar natijalari ilmiy kashfiyotlar, yangi tushunchalar va tasavvurlarni 
asoslanishi, yangi nazariyalarini yaratilishida namoyon bo’ladilar. 
Izlanishlarga quyidagi tadqiqotlar kiradiki, ularni vazifasi buyumlar va 
texnologiyalarni yaratishning yangi tamoyillarini, materiallar va ularning birikmalarining 
yangi, oldin noma’lum bo’lgan xususiyatlarini, menejment usullarini ochishdan iboratdir. 
Izlanish tadqiqotlarida odatda mo’ljallangan ishning maqsadi, ma’lum, nazariy asoslar 
ko’proq yoki kamroq ravshan, ammo aniq yo’nalishlar ma’lum emas. Bunday tadqiqotlarni 
borishida nazariy taxminlar va g’oyalar tasdiq topadilar, ular ba’zida inkor etishlari va qayta 
ko’rib chiqilishlari mumkin. 
Fundamental fanning innovatsion jarayonlarni rivojlanishidagi ustuvor ahamiyati 
shuning bilan belgilanadiki, u g’oyalarning generatori sifatida bo’ladi, yangi sohalarga yo’l 
ochadi. Ammo fundamental tadqiqotlarni jahon faniga ijobiy kirish ehtimoli faqat 5% ni 
tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sohaviy fan bu tadqiqotlar bilan shug’ullanish 
imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko’ra, davlat byudjeti 
hisobidan tanlov asosida moliyalashtirilishlari kerak, hamda byudjetdan tashqari 
mablag’lardan ham qisman foydalanishlari mumkin:
12
 
Amaliy tadqiqotlar oldin kashf qilingan hodisalar, jarayonlarni amalda qo’llash 
yo’llarini tadqiqot qilishga qaratilganlar. Ular texnik muammolarni hal qilish, noaniq 
nazariy masalalarni aniqlab olish, keyinchalik tajriba konstruktorlik ishlari (TKI)da 
foydalaniladigan aniq ilmiy natijalar olishni o’zlariga maqsad qilib qo’yadilar. 
                                                 
12
 
Акофф Р., Магидсон Д., Эддисон Г. «Идеализированное проектирование: Как предотвратить 
завтрашний кризис сегодня. Создание будущего организации», 2007.
 
 
94


  
 
TKI – ITTKIning yakunlovchi bosqichi, bu laboratoriya sharoitlari va tajribali ishlab 
chiqarishdan sanoat ishlab chiqarishiga o’ziga xos o’tishdir. Ishlab chiqishlar ostida 
muntazam ishlash tushuniladi, ular ITI natijasida olingan mavjud bilimlar va yoki amaliy 
tajribaga asoslanganlar. 
Ishlab chiqishlar yangi materiallar, mahsulotlar yoki qurilmalarni yaratish, yangi 
jarayonlar, tizimlar va xizmatlarni tadbiq etish yoki ishlab chiqarilayotgan va amalga 
kiritilganlarni ancha takomillashtirishga qaratilganlar. Ularga quyidagilar kiradi: 
a) muxandislik ob’ekti yoki texnik tizimning belgilangan konstruktsiyasini ishlab 
chiqish (konstruktorlik ishlari); 
b) g’oyalar va yangi ob’ektiv variantlarini, shu jumladan notexnikni, chizma yo 
belgili vositalar tizim darajasida ishlab chiqish (loyiha ishlari); 
v) texnologik jarayonlarni, ya’ni fizik, kimyoviy, texnologik va boshqa jarayonlarni 
belgilangan foydali natijani ishlab chiqaruvchi mehnatning yaxlit tizimi bilan birlashtiruvchi 
usullarni ishlab chiqish (texnologik ishlar). 
Ishlab chiqishlar tarkibiga statistika yana quyidagilarni kiritadi: 
  tajribaviy namunalar (yaratilayotgan yangiliklarning printsipial xususiyatlariga ega 
noyob modellar)ni yaratish; 
  Ularni texnik va boshqa ma’lumotlar olish uchun zarur vaqt davomida sinovdan 
o’tkazish va tajriba to’plash, u keyinchalik yangiliklarni qo’llash bo’yicha texnik hujjatlarda 
o’z aksini topishi kerak; 
  qurilish uchun loyiha ishlarining belgilangan turlari, ular oldingi tadqiqotlarning 
natijalaridan foydalanishni ko’zda tutadilar. 
Tajriba, eksperimental ishlar ilmiy tadqiqotlar natijalarini tajribali tekshirish bilan 
bog’liq ishlab chiqishlar turlaridir. Tajriba ishlari yangi mahsulotlarning tajribali 
namunalarini tayyorlash va o’rganib olish, yangi (takomillashtirilgan) texnologik 
jarayonlarni o’rganib olish maqsadiga ega. Eksperimental ishlar ITTKI o’tkazish uchun 
zarur maxsus (nostandart) uskunalar, apparatlar, asboblar, qurilmalar, stendlar, matnlarni 
tayyorlash, ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatishga qaratilganlar. 
Fanning tajriba bazasi – tajriba, eksperimental ishlarni bajaruvchi tajribali ishlab 
chiqarishlar (zavod, tsex, ustaxona, tajriba – eksperimental bo’linma, tajriba stantsiyasi va 
h.k) majmuasidir. 
SHunday qilib, TKI ning maqsadi yangi texnika namunalarini yaratish 
(modernizatsiyalash) dan iborat, ular tegishli sinovlardan keyin seriyali ishlab chiqarishga 
yoki bevosita iste’molchiga topshirishlari mumkin. TKI bosqichida texnik tadqiqotlar 
natijalarining yakuniy tekshirilishi o’tkaziladi, tegishli texnik hujjatlar ishlab chiqiladi, 
yangi texnikaning namunalari tayyorlanadi va sinovdan o’tkaziladi. Istalgan natijalarni olish 
ehtimoli ITI dan TKI sari oshib boradi. 
Yangi mahsulotni sanoat ishlab chiqarishni o’zlashtirilishi ITTKI ning yakunlovchi 
bosqichi bo’ladi. 
ITTKI natijalarini tadbiq etishning quyidagi  darajalari (sohalari) ni ko’rib chiqish 
kerak: 
1. ITI natijalaridan yakunlangan ITI ning rivojlanishi bo’lgan yoki fan va 
texnikaning boshqa muammolari va yo’nalishlari  doirasida bajarilayotgan boshqa ilmiy 
tadqiqotlar va ishlab chiqishlarda foydalanish. 
2. ITTKI natijalaridan eksperimental namunalar va laboratoriya jarayonlarida 
foydalanish. 
3. TKI va eksperimental ishlar natijalarini tajribali ishlab chiqarishda o’zlashtirish. 
95


  
 
4. ITTKI va tajribali namunalar sinovlari natijalarini seriyali ishlab chiqarishda 
o’zlashtirish. 
5. Texnik yangiliklarni ishlab chiqarishga keng ko’lamda tarqatish va bozor 
(iste’molchilar)ni  tayyor mahsulotlar bilan to’ldirish. 
ITTKI ini tashkil qilish hujjatlarning quyidagi sohalararo tizimlariga asoslanadi: 
  Davlat standartlashtirish tizimi (DST); 
  Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KHYaT); 
  Texnologik hujjatlarning yagona tizimi (THYaT); 
  Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yagona tizimi (ICHTTYaT); 
  Mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga qiyin tizimi; 
  Davlat mahsulotlar sifati tizimi; 
  Davlat “Texnikadagi ishonchlik” tizimi; 
  Standartlar va mehnat xavfsizligi tizimi (SMXT) va boshqalar. 

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish