6 Adabiyot II qism 2017. p65


Xonning buyrug‘i bilan shoirni 200 darra urib



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/92
Sana14.07.2021
Hajmi1,46 Mb.
#118601
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92
Bog'liq
adabiyot 2qism 6 uzb

Xonning buyrug‘i bilan shoirni 200 darra urib
jazolaydilar, hatto, uni aqldan ozganga chiqarib,
yomonotliq qiladilar. Tazyiq va xo‘rliklardan bezgan
shoir saroyni tark etadi va ota kasbi – sartaroshlik
bilan tirikchilik qila boshlaydi, ijod bilan qizg‘in
shug‘ullanadi.
Biroq shoirga nisbatan tazyiqlar qaytadan davom etadi. Xiva
xoni Muhammad Rahimxon II vafotidan so‘ng otasi o‘rniga
taxtga o‘tirgan Isfandiyorxon ham unga zulm qiladi, sog‘lig‘i
busiz ham nochor bo‘lgan Avazni bog‘lab 50 darra urdiradi.
Ma’naviy va jismoniy qiynoqlardan muttasil azob chekkan
shoir uzoq yashay olmaydi – o‘ttiz besh yoshida vafot etadi.
Avaz O‘tar mumtoz she’riyatning g‘azal, muxammas, mas-
naviy, mustazod, ruboiy, qit’a kabi keng tarqalgan janrlarida
ajoyib asarlar yaratdi. Shoir o‘z she’rlarini to‘plab kattagina
devon tuzgan va uni «Saodat ul-iqbol» deb nomlagan. Asarlar
to‘plami bir necha marta nashr etilgan.
Avaz O‘tar turli mavzularda qalam tebratdi. Uning muhabbat
haqidagi nozik hislarni uyg‘otuvchi she’rlari hozirgacha kuyga
solinib ijro etilayotgan bo‘lsa, ma’rifatparvarlik ruhidagi asarlari
ilm olishga, ma’rifatli bo‘lishga da’vat bo‘lib yangramoqda. Ular


6 5
orasida, ayniqsa, «Til» she’ri alohida diqqatga sazovordir. U
g‘azal shaklida bitilgan bo‘lib, Siz-u bizni til o‘rganishga, ay-
niqsa, «g‘ayri tilini bilishga sa’y qilish»ga, ya’ni chet tillarni
o‘rganishga da’vat qilishi bilan muhim. Darhaqiqat, xalqimiz
«Til bilgan el biladi» deb bejiz aytmaydi. Shoir tilni insonlar,
turli millatga mansub kishilarni birlashtiradigan, do‘stlashtira-
digan «robitai olamiyon» – kishilarning aloqa vositasi deb atay-
di. Shuning uchun ham o‘zgalar tilini ona tilidek bilish «foida
kondur» deydi. Shoirning ma’rifatparvarlikni targ‘ib etuvchi
asarlaridan yana biri «Maktab» she’ridir. G‘azal shaklidagi bu
she’rda Avaz maktabni ilm-madaniyat manbayi sifatida ta’riflab
shunday deydi:
Avaz himmatni qil oliy ocharg‘a emdi maktabkim,
Baloi jahl-u nodonlikni barbod etgusi maktab.
Yuqorida biz ta’rif bergan «Til», «Maktab» she’rlarining o‘zi
ham shoirning ilm-fan jonkuyari, ma’rifat kuychisi bo‘lganidan
dalolat beradi.
Avaz O‘tarning «Fidoyi xalqim» deb boshlanuvchi g‘azalida
shoirning mazlum xalq ahvoliga achinishi, uning mashaqqatli
hayotidan cheksiz afsuslanishi yaqqol sezilib turadi. Shoir o‘zi
mansub xalqqa jonini fido qilishga tayyor:
Fidoyi xalqim bo‘lsun tanda jonim,
Bo‘lub qurbon anga ruhi ravonim.
Gar o‘lsam darbadar mazlumlar uchun,
Budur maqsudi qalbi notavonim.
Na yaxshi o‘ylakim, ma’qul-u manzur,
Avaz, xalqim uchun to‘kulsa qonim.
Avaz O‘tar she’rlari mazmun jihatdan chuqur, ta’sir-
chanligidan tashqari, ixcham va ravon bitilgan. Ushbu asarlar
o‘quvchini charchatib qo‘ymaydi. Har bir she’rda kishi yuragini


6 6
jizillatadigan his, joziba sezilib turadi. Shuning uchun ular ravon
o‘qiladi, tez tushuniladi va tez yodda qoladi.
Avaz O‘tarning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni buyuk. Shoir
Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Hamza kabi shoirlar qatorida hurmat
bilan tilga olishga loyiq ijodkor. Chunki Avaz O‘tar ham xuddi
ulardek ma’rifatparvarlik she’riyatini yuqori bosqichga ko‘ta-
rishga o‘z hissasini qo‘shdi.
* * *
Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositai robitai olamiyondur.
G‘ayri tilini sa’y qiling bilgani, yoshlar,
Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur.
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni g‘ayrat eting, foida kondur.
Ilm-u fan uyig‘a yuboringlar bolangizni,
Onda o‘qug‘onlar bori yaktoyi zamondur.
Zor o‘lmasun onlar dog‘i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidan oni bag‘ri to‘la qondur.
*   *    *
Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab,
O‘qusin yoshlarimiz ko‘nglini shod etgusi maktab.
Dil-u jon birla el maktab ocharga ijtihod etsin,
Nedinkim, bizni g‘am qaydidin ozod etgusi maktab.
Ko‘ngullarning sururi, dog‘i ko‘zlar nuridur farzand,
Alarning umrini, albatta, obod etgusi maktab.


6 7
Ota birla onaga farz o‘qitmoq bizni majburiy –
Ki bizni yaxshiliq qilmoqqa mu’tod etgusi maktab.
Qayu millatga bizdek gar nasimi inqiroz yetsa,
Anga, albatta, mustahkamlik ijod etgusi maktab.
Bu ne navmidlikdur, maktab ochsak, oqibat bizni,
Aro‘si kom ila maqsudga domod etgusi maktab.
1
Avaz, himmatni qil oliy ocharg‘a emdi maktabkim,
Baloyi jahl-u nodonlikni barbod etgusi maktab.
*  *  *
Fidoyi xalqim o‘lsun tanda jonim,
Bo‘lub qurbon anga ruhi ravonim.
Gar o‘lsam darbadar mazlumlar uchun,
Budur maqsudi qalbi notavonim.
Mani solsa fano yo‘liga davron,
Yurur ustimdin avlodi zamonim.
Umidim: yashasin maktab bolasi,
Alar har biri bir sheri jayonim.
Na yaxshi o‘ylakim, ma’qul-u manzur,
Avaz, xalqim uchun to‘kulsa qonim.
* * *
Biling, ushbu zamon g‘amnokidurman,
Kuyib o‘rtanmish elning xokidurman.
Avazkim, nazm elin cholokidurman
2
,
Boshin olmoqqa xonning pokidurman.

M a z m u n i: Maktab bizni yaxshi tilak va orzularimizga yetishtiradi.

Cholok – chaqqon, ziyrak.


6 8
1. Avaz O‘tar hayoti va ijodi haqida so‘zlab bering.
2. Avaz O‘tarning hukmdorlar tomonidan ko‘plab tahdid va
tazyiqqa uchrashining sabablari to‘g‘risida mulohaza yuriting.
3. Shoirning xon saroyida uzoq tura olmasligining sabablari
nimada deb o‘ylaysiz?
4. Shoir «Til» she’ri orqali xorijiy tillarni bilish kishi va jamiyat
hayotiga qanday ijobiy ta’sirlar ko‘rsatishini bashorat qiladi?
5. «Til» she’ridagi «Til vositai robitai olamiyondur» degan
jumlaning ma’nosini tushuntirib bering.
6. Avaz O‘tar «Fidoyi xalqim...» she’rida xalqqa o‘z mu-
habbatini qanday badiiy vositalar orqali ifoda etgan? Fik-
ringizni misollar bilan isbotlang.
7. Uyda «Til» she’rini yod olib keling.

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish