Bo’yin fastsiyalari. Bo’yin sohasidagi organlar va muskullar 5 ta fastsiya bilai
o’ralgan. 1. Bo’yinni yuza fastsiyasi teri ostida yupqa varaq holda joylashgan. Teri
osti muskulni o’rab yuqoriga yuz fastsiyasigacha pastdan ko’krak fastsiyasiga o’tadi.
2. Bo’yinni xususiy fastsiyasining yuza varag’i. U pastki jag’ bilan to’sh suyagi
dastasi va umrov suyaklari oralig’ida joylashadi va bo’yinni hamma tomondan o’rab
turadi. 3.Bo’yinning xususiy fastsiyasining chuqur varag’i til osti suyagi bilan umrov
suyaklari orasida joylashgan. Bu fastsiya qisqarganda til ostida joylashgan
muskullarda vena qonini oqimini osonlashtiradi. 4.Bo’yinning ichki fastsiyasi
pariental va vistseral varaqdan iborat. Pariental varag’i halqum, xiqildoq,
qalqonsimon bez, kekirdak, qizilo’ngach va qon tomirlari ustidan o’rasa, vistseral
varag’i xar bir organni alohida o’raydi. Natijada ular kekirdak oldida bo’shliq hosil
qiladi. Bu bo’shliq ko’k oralig’i bilan. Qo’shiladi. 5. Umurtqa oldi fastsiyasi-ensa
suyagining asosidan boshlanib, pastda ko’krak qafasi fastsiyasiga o’tadi,
narvonsimon muskullarini o’raydi.
Bosh muskullari va fastsiyalariga mimika va chaynov muskullari kiradi.
Mimika muskullari qisqarganda turli-tuman mimika vujudga keladi. U organizmni
biologik yoki psixik holatini ko’rsatadi. Mimika muskullari bosh suyakning
chiziqlari yoki fastsiyalarida boshlanib, bosh va yuz terisiga yopishadi. Ular asosan
og’iz, burun, quloq va ko’z kosasi tevaragida joylashadi. Mimika muskullari
sfipkterlar (qisuvchi muskuli) teshigidai xalqa shaklda va dilatatorlar (kengaytiruvchi
muskullar) teshikdan nur shaklda tarqatuvchidir. Kalla ustidagi muskul kalla
gumbazining teri ostidagi muskuli. U muskul va pay qismlardan iborat. Pay qalpoq
kalla suyagiga bo’sh yopishadi, lekin bosh terisiga mahkam yopishib ketadi. U
muskul peshona va ensa muskulining pay qalpoqqa kirib ketgan. Ensa peshona
muskuli serbar yupqa muskulli qismi peshona va ensa qismida joylashgan, fibroz
plastinka (aponevroz) qismi ikki muskul o’rtasida joylashib kallani tepa qismini
qoplaydi. Bu muskul qisqarganda qoshni ko’taradi, peshonada ajin paydo bo’ladi,
Aponevrozi esa kalla terisini orqaga tortadi. Takabburlik muskuli peshona suyagini
burun qismidan boshlanib, ikki qosh o’rtasidagi teriga yopishadi. Muskullar
qisqarganda ikki qosh o’rtasida ajin paydo bo’ladi, Ko’zning doyra muskuli ko’z
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
24
tevarag’ida bo’lib ko’z qovoqlarini juftlashtiradi, peshona terisini pastga tortadi ko’z
yosh xaltasini kengaytiradi, ko’z yumiladi, qoshlar pastga tortiladi. Ko’zdan yosh
oqadi. Qoshning chimiruv muskuli ikki qoshni o’rtasida ko’ndalangiga joylashgan
bo’lib, qoshlar terisiga yopishgan. Muskullar qisqarganda qoshlar o’zaro yainlashadi,
uzunasiga ajin paydo bo’ladi. Yuqori labni ko’taruvchi muskul ko’z kosasini pastki
qirgogidan boshlanib burun qanotlari, lab lunj terisiga yopishadi. Muskul
qisqarganida yuqori labni ko’taradi, burun katagini kengaytiradi, Yonoqning katta va
kichik muskuli yonoq suyagidan boshlanib, og’iz burchagi terisiga va lunjga
yopishadi, muskul kiskaoganida og’iz burchagini yuqori va yon tomonga tortadi,
oqibatda yuzda tabassum paydo bo’ladi. Qo’lgu muskuli quloq oldi fastsiyasidan
boshlanib og’iz burchagiga yopishadi. Inson qo’lganida 2. Yuzida chuqurcha hosil
bo’ladi. Og’iz burchagini pastga tortuvchi muskul pastki jag’ qirg’og’idan boshlanib
lab terisiga va og’iz burchagiga yopishadi. Muskul qisqarganida og’iz burchagini
pastki labni pastga tortadi. Pastki labni pastga tortuvchi muskul pastki labni pastga
tortuvchi muskul pastki jag’ni qirg’oridan boshlanib pastki lab terisiga yopishzdi,
muskul qisqarganida pastki labni pastga va chetga tortadi. Ogiz burchagipi
ko’taruvchi muskul yuqori jag’ suyaginipg oldingi yuzasidan boshlanib, og’iz
burchagiga yopishadi. Og’iz burchagani yuqoriga tortadi. Engak muskuli pastki jag’
suyagining tish tepachalaridan boshlanib; iyak terisini ko’tarib pastai labni yuqoriga
ko’taradi. Lunj muskuli pastki va yuqori jag’ suyaklarining oziq tishlari sohasidan
boshlanib. Og’izni aylana muskullariga qo’shilib ketadi va og’iz bo’shlig’ini yonbosh
devorlarini hosil qiladi, og’iz burchagini orqaga tortadi, tish, milj, lunj, lablarni
tashqariga chiqaradi. Og’izni aylana muskuli og’iz teshigini atrofida pastki va yuqori
lablarning terisi ostida joylashtan-og’izni yumadi. Burun muskuli burun qanotlaridan
yuqorida joylashgan, Qisqarganda burun teshigi torayadi. Chaynov muskullari
to’rtburchak shaklda bo’lib, pastki jag’ shohining tashqi yuzasida yotadi, yonoq
ravog’inin!1 pastki chekkasidan boshlanadi va pastki burchagining tashqi yuzasiga
yopishadi. Pastki jag’ni ko’taradi, 2. Chaxka muskuli yassi bo’lib, tugamlari elpigich
shaklida yig’ilib, yonoq ravoridan ichkariga o’tadi va pastki jag’ning toj o’sig’iga
yopishadi. Pastki jag’ni ko’taradi, orqadagi tutamlari esa pactki jag’ni orqaga tortadi.
3. Lateral qanotsimon muskul ponasimon suyak qanotlarining pastki yuzasidan
boshlanib, pastki jag’ning bo’tin yuzasiga yopishadi. Bir tomonda qisqarganda pastki
jag’ni bir tomonga 2 tomonlama qisqarganda pastki jag’ni oldinga chiqaradi. 4.
Medial qanotsimon muskul ponasimon suyakning qanotsimon o’sig’idan boshlanib
pastki jag’ga yopishadi. Pastki jag’ni ko’taradi. Til osti suyagining ustidagi muskullar
qisqarganda pastga harakatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |