Ko’krak fastsiyasi: uchta fastsiyalarga-yuza, xususiy va ko’krak qafasining
ichki yuzasiga ajratiladi. Ulardan biri teri er qavatining ostida joylashgan ko’krak
muskullarini ustki tomonidan qoplab turadi. To’sh suyagi ustki pardasi tepadan, ichki
tomonidai umrov ustki pardaga qo’shilgan. Ko’krakning xususiy fastsiyasi ko’krakni
pastki muskulini o’rab qin hosil qiladi. Umrov ko’krak fastsiyasi ko’krakni kichik
muskuli bilan umrov osti muskuli sohasida qalinlashadi. Ko’krakni ichki fastsiyasi
ko’krak qafasining devorini ichki tomonidan o’rab turadi.
Qorin
muskullari-ikki
qismdan:
oldingi
lateral
va
orqadagi
gruppalariga
bo’linadi.
Oldingi-lateral
gruppasiga
qorinni
to’g’ri
va 3 ta serbar muskullari kiradi: 1. Qorinning to’g’ri muskuli qorin
devorining
old
qismida
joylashgan,
pastki
5-7-qovurg’alarning
tog’ay qismi ichki yuzasidan va to’sh suyagining xanjarsimoi o’sig’idai
boshlanib, qov suyagiga yonishadi. Muskul tolasi 3-4 joyda pay,
belborlar
hosil
qiladi.
2.Qorinning
tashqi-qiyshiq
muskuli
pastdagi 8 ta qovurg’aning tashqi yuzalaridan tishchalar yordamida
boshlanadi.
Tolalari
orqadan
oldinga
va
yuqoridan
pastga
qarab
yo’naladi. 3. Qorinning ichki qiyshiq muskuli tashqi qiyshiq: muskulining ostida
joylashgan, yonbosh suyagining qirrasi chov boylamining tashqi 2
/3 qismi va ko’krak
bel fastsiyasidan boshlanada. Bu muskul bir necha pay hosil qilib, ulardan biri
qorinni oq chizig’ini hosil qilishda qatnashadi. 4. Qorinning ko’ndalang muskuli,
muskul tolalari ko’ndalang yo’nalgan pastki 6 ta qovurg’ani ichki yuzasidan ko’krak
bel fastsiyasini varag’idan yonbosh suyagini qirrasi chov boylamini tashqi yuzasidan
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
22
boshlanib qorinning oddingi qismida serbar payga aylanadi va qorinni to’g’ri
muskulini orqa tomonidan qarama-qarshi joylashgai aponevroz xodda qorinni ok
chizig’ini hosil qiladi. Belni kvadrat muskuli qorin bo’shlig’ini orqa sohasida
joylashga pastki bel umurtqasining ko’ndalang o’sig’idan boshlanadi. 1-5-bel
umurtqalarini ko’ndalang o’sig’i va XII-qovurg’alarga yopishadi. Qorin devorining
yuza, xususiy va chuqur joylashgan fastsiyalari mavjud. Diafragmani o’rab turgan
qorin fastsiyasi, diafragma fastsiyasi, qorinni ko’ndalang va yonbosh fastsiyasidir.
Qorin muskullari qisqarganida qorin bo’shlig’i torayadi, bosim oshadi, bu holda
ayollarda tug’ish, qusish yoki defekatsiya jarayonlari va kuchanish sodir bo’ladi.
Muskullari bir tomonlama qisqarsa gavda oldinga bukiladi, qovurg’alar pastga
tortiladi, ko’krak qafasi torayadi, nafas chiqarishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |