joylashgan orqaning yuza fastsiyasi trapetsiyasimon va orqaning serbar muskullarini
ustini o’raydi. Ko’krak-bel fastsiyasi esa qalin bo’lib ikki varaqli. Yuza varag’i
umurtqa poronasini tiklovchi muskulini ustki tomonidai o’tib, bel umurtqalarining
o’tkir qirrali o’siqlari va yonbosh suyagining qirrasiga yopishadi. Fastsiyani chuqur
kiradi. Ko’krak muskullari yuza, serbar va chuqur xususiy guruh muskullaridan
suyagining dastasidan II-VII-qovurg’alarning tog’ay qismidan va qorin to’rli
muskulning qinidan boshlanib, elka suyagining katta do’mboqchasidan pastrog’iga
g’adir-budir qirrasiga yopishadi. Funktsiyasi elka suyagini tepaga yaqinlashtiradi va
ichkariga aylantiradi. Qo’l qimirlamaganda qovurg’alarni ko’taradi, nafas aktida
qatnashadi. 2.Ko’krakning kichik muskuli ko’krakning katta muskul ostida II-V-
qovurg’alardan 4 ta tish bilan boshlanib, kurak suyagining tumshuqsimon o’sig’iga
yopishadi. Muskul qisqarib elka kamarini pastga tortadi va nafas olishda qatnashadi,
ko’krak qafasini kengaytiradi. 3. Umrov osti muskuli umrov suyagidan boshlanib 1-
qovurg’aga yopishadi. Vazifasi umrov suyagini pastga tortadi. 4. Oldingi tishli
muskul keng to’rt qirrali muskul, yuqori qovurg’alarning 8-9 tasidan alohida tishlar,
bo’laklar shaslida boshlanib kurak suyagining chetiga yopishadi. Muskul qisqarganda
21
kurakning pastki burchagini oldinga buradi va qo’lni yuqoriga ko’taradi. Qo’l
qimirlamaganda qovurg’alar ko’tarilib, nafas olish engillashadi.
Ko’krak qafasining xususiy muskullariga qovurg’alararo tashqi va ichki
muskullar, qovurg’a osti va ko’krakning ko’idalang muskullari, hamda diafragma
kiradi. Qovurg’alararo muskullarning teppasiga tolalari yuqoridan pastga va orqadan
oldinga yo’naladi, yuqori qovurg’a suyagini-pastki chetining tashqi yuzasidan
boshlanadi va pastki qovurg’aning yuqori chetiga yopishadi. Muskul qisqarganda
qovurg’ani ko’taradi. Ichki qovurg’alararo muskullar qisqarganida qovurg’alarni
pastga. totadi. Qovurg’a osti muskuli ko’krak qafasining pastida joylashgan. Muskul
qisqarganida qovurg’alarni pastga tortadi. Kurakning ko’ndalang muskuli tish
suyagining ichki yuzasidan ko’ndalang yo’nalgan tolalaridan boshlanadi. 2-5-
qovurg’alarning tog’ay qismiga yopishadi. To’sh qovurg’alar bo’g’imini
mustahkamlaydi, qovurg’alarni pastga tortadi. Nafas chiqarishda qatnashadi.
Diafragma -
ko’krak va qorin o’rtasidagi to’siq gumbaz shaklida
yupqa yassi muskul-pay plastinkalardan iborat. Diafragaaning pastki qismida muskul
to’qimasidan, gumbazi esa pay to’qimasidan tuzilgan bo’lib, payda markazi bor.
Diafragmaning muskul tuqimalari, bel umirtqalaridan qovurg’alardan va to’sh
suyagidan boshlanib uchburchak joylari hosil bo’ladi. Diafragmaning muskul qismida
2 ta yirik-teshik bo’lib, orqadagi teshik aorta teshik undan aorta o’tadi, oldingi
qizilo’ngach teshigi. Diafragmaning pay markazidan pastki kavak vena o’tadi. Teshik
atrofini o’ragan muskul tolalari qisqarib-ochilib, qizilo’ngachdan ovqatning o’tishini
tartibga soladi. Diafragma qisqarganda gumbaz yassilanadi va ko’krak qafasi
kengayib nafas olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: