Bo’yin muskullari.
Bo’yindagi muskullar 2 guruhga bo’linadi: yuza va chuqur. Bo’yinning yuza
muskullariga-bo’yinning teri ostidagi muskuli yupqa serbar plastinkadan tuzilib
uning tolalari fastsiyasidan 11-qovurg’a sohasidan, pastki jag’, quloq ostidagi bez
bilan chaynov muskulini koplagan, fastsiyada tugaydi, qolgan qismi esa og’iz
muskullariga davom etadi. Bo’yin terisini taranglatadi va oldinga surilishiga yordam
beradi, og’iz burchagini pastga tortadi, venada qon oqimini yaxshilaydi.
To’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon muskul umrov va to’sh suyagidan ikkita
boshcha xolda boshlanib, chakka suyagining so’rg’ichsimon o’sig’iga yopishadi.
Ikkita
tomonidan
muskul
bir
vaqtda
qisqarganda
boshni
orqaga
engashtiradi. Bir tomondagi muskul qisqarganda eca bosh ysha tomonga
engashadi va qarama-qarshi tomonga buriladi. Agar ikki tomondan
muskul
qisqarsa,
bosh
qimirlamaydi,
ko’krak
qafasi
yuqoriga
ko’tarilib, nafas olishni osonlashtiradi.
Til osti suyagiga birlashuvchi muskullar shu suyakdan yuqoriroqda va
pastroqda bo’lib shu suyakdan boshlanadi. Til osti suyagidan yuqorida joylashgan
muskullarga: jag’-til osti muskuli Bigazsimon o’siq-til osti muskuli, ikki qorinli
muskuli iyak-til-osti muskuli kiradi. 1.Jag’-til osti muskuli keng plastinka shakg’ida,
muskul tolalari yuqoridan pastga qarab parallel joylashadi. Ikki tomondagi muskul
bo’yinning o’rta chizig’ida uchrashib, og’iz bo’shlig’i tubini hosil qiladi. Bu muskul
pastki jag’ning ichki yuzasidan boshlanib, til osti suyagiga yopishadi. Muskul
qisqarganida hiqildoqni ko’taradi, faqat pastki jag’ suyagi qimirlamay turgan
holatida. Til osti suyagi va xiqildoq qimirlamaganda pastki jag’ni pastga tushiradi. 2.
Ikki qorinli muskulning oldingi qorinchasi pastki jag’ suyagining ichki-yuzasidan
orqa qorinchasi esa chakka suyagining so’rg’ichsimon o’sig’i o’ymasidan boshlanib,
o’zaro pay orqali til osti suyagiga birlashadi. 3. Bigizsimon o’siq-til osti muskuli
chakka suyagining bigizsimoi o’sig’idan boshlanib til osti suyagiga birikadi. 4. Iyak-
til osti muskuli pastki jag’ning qiltanoq do’mboqchasidan boshlanib til osti suyagiga
yopishadi. Til-osti suyagidan yuqoridagi 4 ta guruh muskullar pastki jag’ qimirlamay
turgan holatida qisqarsa til osti suyagini va kekirdakni yuqoriga ko’taradi, yoki
aksincha pastki jag’ni pastga tortadi. Ovqat yutishga, chaynashga xizmat qiladi, faqat
bigizsimon o’siq-til osti muskuli qatnashmaydi. Til osti suyagidan pastda joylashgan
muskullarga: 1. To’sh-o’mrov muskuli to’sh suyagini dastasini orqa tomonidan
boshlanadi, til osti suyagini pastki yuzasiga yopishddi. 2. To’sh-qalonsimon muskuli
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
23
to’sh-til osti muskulini orqasiga joylashgan to’sh suyagining dastasini orqa yuzasidan
birinchi qovurg’a-tog’ayidan boshlanadi va yuqorida qalqonsimon tog’ayiga
yopishadi. 3. Qalqonsimon-til osti muskuli qalqonsimon tog’ayining qiyshiq
chizig’idan boshlanib til osti suyagining tanasiga yopishadi. 4.Kurak tul osti muskuli
( muskul kurak o’ymasidan boshlanib til osti suyagining tanasiga pishadi, til osti
suyagidan pastdagi muskullar qisqarganida, til osti suyagi va xiqildoqni pastga
tortadi.
Bo’yinning chuqur muskullari: medial gruppasi-bo’yinning uzun muskuli
hamda birinchi bo’yin umurtqasi bilan kalla o’rtasidagi ikkita kalta muskuli kiradi.
Bu muskullar ko’krak umurtqalarining va jami bo’yin umurtqalarini oldingi yuzasida
yotadi. Qisqarganda umurtqa pog’onasining bo’yin bo’limini va boshini engashtiradi
Lateral rruppaga oldingi o’rta va orqadagi narvonsimon muskullar kiradi. Bu
muskullar III-IV va barcha bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’siqlaridan
boshlanib, oldingi va o’rta muskul 1 ta qovurg’aga, orqadagi muskul II-qovurg’aga
yopishadi. Bu muskul qovurg’alarni ko’taradi, yugurganda nafas olishda qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |