Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Download 479,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/72
Sana12.07.2021
Hajmi479,73 Kb.
#117057
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72
Bog'liq
odam anatomiyasifiziologiyasi va gigiyenasi

Tayanch 

so’zlar 

Gomeosta, 

solishtirma 

massa, 

gemoliz, 

plazma, 

eritrotsit, 

trombotsitgleykotsit,  gemofiliya,  aglyutinogen,  aglyutining  donor,  retsipient, 

fagotsitoz, sepsis, antitello, immunitet, sindrom, trombin. 

Qon organizmning ichki muhitining bir qismi hisoblanadi. Organizmning ichki 

muhitiga hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi suyuqlik 

kiradi. 


Hujayra 

tashqarisidagi  suyuqlik  o’z  navbatida  hujayralararo  va  tomirlar  ichidagi  (qon  va 

limfa) suyuqliklarga bo’linadi. 

Odam  tanasi  massasining  o’rtacha  60%ini  suv  tashkil  qiladi.  Shundan  35%i 

hujayra  ichidagi  va  25%i  hujayra  tashqarisidagi  suyuqlikdir.  Qon  hujayra 

tashqarisidagi  suyuqlik  tarkibiga  kiradi.  Uning  miqdori  tana  massasining  o’rtacha 

7%ini  tashkil  qiladi.  Shundan  qon  plazmasi  tana  massasining  4,4-5%  ini  tashkil 

qiladi.  Organizm  kancha  yosh  bo’lsa  tana  massasining  kattaroq  qismini  suv  tashkil 

qiladi. Bu holat yosh organizmda moddalar almashinishi jarayoni keksalarga nisbatan 

jadal o’tishini ta’minlaydi. 

Organizmning  ichki  muhitining  nisbiy  doimiylik  xussusiyati  gomeostaz  deb 

ataladi.  Ichki  muhitning  nisbiy  doimiyligi  organizmning  kupchilik  organlar 

sistemasining birgalikdagi faoliyati orqali ta’minlanadi. Biror organning ish faoliyati 

buzilsa ichki muhitning nisbiy doimiyligi ham buziladi. Natijada hujayra ichidagi va 

qon  suyuqligining  miqdori  hamda  kimyoviy  tarkibi  o’zgaradi.  Bu  esa  organizmda 

kasallik belgilarining yuzaga kelishiga olib keladi. 

Qonning qon tomirlardagi uzluksiz harakati yurakning avtomatik ish faoliyati 

tufayli ta’minlanadi. Qon organizmda quyidagi muhim vazifalarni bajaradi. 

1.Qonning  tashuvchilik  vazifasi.  Oshqozon  ichaklarda  xazm  bulgan  oziq 

moddalar  qon  va  limfa  tomirlariga  surilib,  qon  orqali  hujayralarga  etkaziladi. 

Shuningdek qon upkadan kislorod qabul qilib, hujayralarga olib boradi. Hujayralarda 

moddalar  almashinuvi  natijasida  hosil  bulgan  qoldiq  moddalar  va  karbonat  kislota 

qonga  o’tadi.  Bu  moddalar  qon  orqali  ayirish  va  nafas  olish  organlariga  etkazilib 

tashqariga chiqarib yuboriladi. 

2.Qon  barcha  tukima  va  organlar  funktsiyasini  gumoral  yul  bilan 

boshqarilishida ishtirok etadi. 

3.Qon  organizmni  himoya  qilish  funktsiyasini  bajaradi.  Qon  tarkibidagi 

leykotsitlar  organizmga  kirgan  mikroblarni  yutish,  parchalash  va  eritib  yuborish 

xususiyatiga ega. Bundan tashqari qon zardobida maxsus oqsil zarrachalar antitellolar 

bo’lib ular mikroblarni bir biriga yopishtiradi va eritib yuboradi. 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com




 

29

4. Qon tana xaroratining nisbiy doimiyligini saqlashda ishtirok etadi. Qonning 



uzluksiz  harakati  orqali  moddalar  almashinuvi  natijasida  hosil  bulgan  issiqlik 

energiyasi  tananing  barcha  qismlariga  tarqalib  ulardagi  harorat  doimiyligini 

ta’minlaydi. 

Qonning solishtirma massasi suvnikiga nisbatan bir oz kattaroq 1,050-1,060ga 

teng.  Qon  plazmasining  solishtirma  massasi  1,025-1,034ga  teng  massali 

elementlarining solashtirma massasi 1,090 ga teng. Ma’lumki suvning yopishqoqligi 

1,0  bo’lsa  qonning  yopishkokligi  5,0ga  teng.  Qonning  yopishqoqligi  suvnikiga 

nisbatan  yuqori  bo’lishi  tarkibidagi  oqsil  moddalar  va  shaklli  elementlar  miqdoriga 

bogliq.  Qonning  osmotik  bosimi  7,6-8,1  atm  ga  teng  Uning  60%ini  qonda  erigan 

natriy xlorid tashkil qiladi. Osh tuzining 0,9%li eritmasi odam va barcha issiq qonli 

hayvonlar  uchun  fiziologik  eritma  bo’lib  hisoblanadi.  Bundan  yuqori 

kontsentratsiyali eritmasi qon uchun gipertonik past kontsentratsiyali eritmasi qonga 

nisbatan  gipotonik  eritma  hisoblanadi.  Qon  osmotik  bosimining  nisbiy  doimiyligi 

ayirish organlarining faoliyati orqali boshqariladi. 

Probirkaga 

bir 


tomchi 

geparin 


moddasini 

quyib, 


ustiga 

2-3 ml qon quyib, tsentrofugada bir necha minut davomida aylantirilsa u ikki qismga 

ustki qismi rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq 

qismi shaklli elementlarga ajraladi. Qon umumiy hajmining 55-50%ini qon plazmasi 

va  40-45%ini  shaklli  elementlar  tashkil  qiladi.  Qonning  o’rtacha  miqdori  katta 

odamda  5  l  u  tana  massasining  o’rtacha  7%ini  tashkil  qiladi.  1kg  tana  massasiga 

o’rtacha  70  ml  qon  tug’ri  keladi.  Qon  plazmasi  qonning  suyuq 

qismi 


bo’lib, 

murakkab 



aralashmadir. 

Uning 


tarkibida 

oqsillar,  yog’lar,  uglevodlar,  mineral  tuzlar,  gormonlar,  fermentlar,  antitellalar  va 

erigan  holdagi  gazlar  bo’ladi.  Qon  plazmasi  tarkibida  organizmning  hayoti  uchun 

zarur  barcha  oziq  moddalar  bo’lib,  ular  ovqat  hazm  qilish  organlaridan  qonga 

suriladi. 

Qonning shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar kiradi. 

Ular qonning kuyuk qismini tashkil qiladi. Eritrotsitlar suyaklarning kumik qismida 

hosil  bo’ladi.  Etilmagan  yosh  eritrotsitlarda  boshqa  hujayralardagi  singari  yadro 

bo’ladi.  Etilgan  eritrotsitlarda  yadro  yo’qoladi.  1  mm  qonda  4-6  million  o’rtacha  5 

million  dona  eritrotsit  bo’ladi.  Eritrotsitlarning  hosil  bo’lishi  va  soni  normal 

miqdorda  bo’lishi  odamning  sog’ligiga,  quyoshning  ultrabinafsha  nurlarini  etarli 

qabul  qilishiga  bog’liq.  Ayniqsa  ovqat  tarkibida  oqsillar  temir  moddasi  vitaminlar 

bo’lishi zarur. Suyak kumigida hosil bo’lib qonga o’tgan eritrotsitlar 120 kun atrofida 

yashaydi, so’ngra ular jigarda va taloqda parchalanadi. Parchalangan eritrotsitlardan 

ajralgan  temir  moddasi  suyak  kumigida  yosh  eritrotsitlar  hosil  bo’lishi  uchun 

sarflanadi.  Parchalangan  eritrotsitlarning  gemoglobini  tarkibidagi  gem  moddasi 

jigarda  bilirubin  moddasiga  aylanib  ut  suyuqligi  hosil  bo’lishi  uchun  sarflanadi. 

Eritrotsitlarning  asosiy  vazifasi  organizmning  barcha  hujayralarini  kislorod  bilan 

ta’minlashdan  iborat.  Eritrotsitlarning  soni  va  ularning  charkibidagi  gemoglobin 

miqdorining kamayishi kamqonlik anemiya kasalligi deyiladi. 

Leikotsitlar  yadroliqon hujayralari bo’lib  yadrosining shakliga  va buyalishiga 

karab  uch  turga  monotsitlar,  donador  leykotsitlar,  granulotsitlarga  bo’linadi. 

Bularning  yadrosi  kupshaklli  1mm  qonda  6-8  ming  dona  leykotsit  bo’ladi. 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com



 

30

Leykotsitlar  soning  kupayishi  leykotsitoz,kamayishi  leykopeniya  deyiladi. 



Leykotsitlar  suyaklarning  kumik  qismida  va  taloqda  hosil  bo’ladi.  Leykotsitlarning 

asosiy  fazifasi  organizmni  yuqumli  kasalliklardan  himoya  qilishdan  iborat.  Ular 

organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisa fagotsitoz deyiladi. 

Odam yuqumli kasallik bilan kasallanganda leykotsitlarning soni kupayib ketadi. 

Trombotsitlar  suyaklarning  kumik  qismida  va  taloqda  hosil  bo’ladi.  Yadrosi 

bulmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombotsitlarining yadrosi bo’ladi. 1mm 

qonda  300-400  ming  dona  trombotsit  bo’ladi.Ular  leykotsitlarga  uxshab  2-5  kun 

yashaydi.  Trombotsitlarning  asosiy  vazifasi  qonning  ivishini  ta’minlashdan  iborat. 

Ularning  soni  kamayganda  qonning  ivish  xossasi  buziladi.  Qonning  ivishi 

organizmning  muhim  himoya  reaktsiyasi  hisoblanadi.  Qonning  bu  xossasi  turli 

jaroxatlanishlarda  organizmni  ortiqcha  qon  yuqotishlardan  saqlaydi.  Qonning  ivishi 

murakkab  biologik  jarayon  qon  plazmasidagi  fibrinogen  mayda  zarrachalardan 

ingichka tolachalarga aylanadi. Fibrin tolachalari qon tomirining jaroxatlangan joyida 

tur hosil qiladi va unga qonning shaklli elementlari ilinibtusik hosil qiladi. Sog’lom 

odamda qon 3-4 minutda iviydi. 

1901  yili  avstriyalik  olim  K.Landshteyner  1907  yili  chex  olimi  Ya.Yanskiy 

turli  odamlar  qoni  kimyoviy  biologik  xossalariga  kura  bir-biridan  fark  qilishini 

aniqlaganlar  qonning  eritrotsitlari  tarkibida  agglyutinogen  plazmasi  tarkibida 

agglyutinin  moddsi  bo’lib,  ularning  har  biri  kimyoviy  xossalariga  kura  ikki  turga 

bo’linadi,  ya’ni  aglyutinoge  A  va  B  aglyutinin  A  va  B  bitta  odam  qonining 

eritrotsitlari va plazmasida bir xil belgili modda bulmasligi kerak. Ana shunga kura 

barcha odamlar qoni turt gruppaga bo’linadi. 

I-Gpynna-eritrotsitlarda  agglyutinogon 

umuman 


bo’lmaydi, 

plazmada 

agglyutinin A va B bo’ladi. 

II-Gruppa-eritrotsitlarda agglyutinogen A plazmada agglyutiyain V bo’ladi. 

III-Gruppa-eritrotsitlarda agglyutinog-en V plazmada agglyutinin A bo’ladi. 

IV. Gpynna-eritrotsitlarda agglyutinogen A va V bo’lib,plazmada agglyutinin 

umuman bulmaydi. 

Dunyodagi  ko’p  mamlakatlarda  yashovchi  odamlarning  qon  gruppalarini 

aniqlash shuni ko’rsatdiki qoni I gruppa bo’lgan odamlar aholining o’rtacha 40% ini, 

II gruppa-39% ini, III gruppa-15% ini va IV gruppa-6 % ini tashkil etadi. 

1940 yili K. Landshteyner ap Viner qonning eritrotsitlarida agglyutinogen A va 

V  dan  tashqari,  yana  bir  modda  borligini  aniqlab;  uni  rezus  faktor  (Rh-faktor)  deb 

atadilar. Bu faktor 85% odamlar qonida bo’ladi va ular rezus musbat qonli odam deb 

ataladi.  15%  odamlarning  qonida  bu  faktor  bo’lmaydi.  Rezus  musbat  qon  rezus 

manfiy odam qoniga qo’yilsa birinchi martasida hech qanday noxush reaktsiya ro’y 

bermaydi.  Lekin  rezus  manfiy  qonli  odam  qonida  qo’yilgan  rezus  musbat  qonga 

qarshi antitellar hosil bo’ladi. Shu odamga ikkinchi marta rezus musbat qon qo’yilsa 

uning  qonida  agglyutinatsiya  hodisasi  ro’y  beradi.  Qon  gruppalari  va  rezus  faktor 

nasldan-naslga o’tadi. Agar erkakning qoni rezus musbat bo’lib, ayolning qoni rezus 

maifiy bo’lsa, bino bo’lgan homila qon onadan o’tsa, uning qoni rezus manfiy bo’ladi 

bundan  sog’lom  tug’iladi.  Aksincha  bo’lsa  bunday  bola  gemolitik  kasallik  bilan 

tug’iladi  uning  terisi  va  ko’zlari  sariq,  jigar  va  talog’i  kattalashgan  qorni  shishgan, 

tug’ilgan vaqtdan boshlab umumiy ahvoli og’ir bo’ladi, bolaning qoni almashtiriladi. 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com



 

31

Odam organizmda kasallik qo’zgatuvchi turli mikroblar, viruslar, zamburug’lar 



va  boshqalar  kirishi  natijasida  yuzaga  keladigan  xastaliklar  yuqumli  kasalliklar  deb 

ataladi.  Yuqumli  kasalliklarni  mikroblar  qo’zg’atishi  frantsuz  olimi  Lui  Paster 

tomonidan  aniqlangan.  Hozir  mikroblarning  1500  ga  yaqin,  viruslarning  100  ortiq 

turlari  ma’lum.  Ular  odamga  turli  yo’llar  bilan  ya’ni  havo,  teri,  oziq-ovqat,  jinsiy 

aloqa  orqali  va  kasal  odamning  qoni  yoki  qon  plazmasi  bemorga  quyilganda, 

yaxshilab  sterillan  magan  shpritslar  bilan  ukol  qilinganda,  kasal  hayvon  va 

parrandalar  maxsulotini  yaxshi  pishirmasdan  iste’mol  qilinganda,  kassallangan 

hasharotlar chaqqanda kirishi mumkin. Odam organizmi ulardan o’zini himoya qilash 

xususiyatiga ega. O’zini himoya qilish usullari bir necha xil. Organizm o’zini himoya 

qilishining  birinchi  bosqichi  teri,  burun,  nafas  yo’llari,  ovqat  hazm  qilish 

organlarining ichki shilliq pardasi hisoblanadi. 

Organizm himoyalanishining ikkinchi bosqichida qonning leykotsitlari xizmat 

qiladi, leykotsitlar odam tanasigsha kirgan mikroblarni yutib, erit yuborishi fagotsitoz 

deyiladi. Bu hodisani 1893 yilda rus olimi I.I.Mechnikov ixtiro etgan. 

Leykotsitlarning orginizmni yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblardan 

himoya  qilish  xususiyati  yana  shundan  ko’rinadiki  bunday  kasalliklar  bilan 

xastalangan  bemor  qonida  leykotsitlarning  soni  keskin  ortadi  ya’ni  normada  6-9-8 

ming  bo’lsa,  kasallikda  10-12  mingga  etadi.  Bu  hodisa  rrganizmni  kasallikdan 

qutilish  uchun  o’zini  himoya  qilish  imkoniyatlarini  safarbar  qilganligini  ko’rsatadi. 

Organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishining uchinchi bosqichi antitellar va 

antitoksinlar ishlab chiqarilishi hisoblanadi. Bular organizmning maxsus to’qmalarida 

ishlab  chiqariladi.  Antitellar  organizmga  kirgan  mikroblarni  bir-biriga  yopishtirib 

eritib yuboradi. Antitoksinlar esa mikroblar ajratadigan zaharli moddalarni parchalab 

neytrallaydi.  Odam  organizmning  antitella  va  antitoksinlar  ishlab  chiqarish  v  ular 

orqali  yuqumli  kasalliklarni  qo’zg’atuvchi  mikroblarga  qarshi  kurashish,  o’zini 

himoya qilish xususiyati immunitet deyiladi. Immunitet tug’ma va ortirilgan bo’ladi. 

Tug’ma  immunitet  onadan  bolaga  o’tadi.  Lekin  u  doimiy  bo’lmaydi.  Bolaning 

birinchi  yoshidayoq  o’z  kuchini  yuqotadi.  Odamning  hayotiy  davomida  ortirilgan 

ya’ni  uning  o’z  organizmida  ishlab  chiqarilgan  immunitet  o’z  navbatida  ikki  xil: 

tabbiiy va sun’iy bo’ladi. 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com




 

32


Download 479,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish