Qon aylanishining aylanish sistemasi.(6 soat)
Qon aylanishining katta doirasi yurakning chap qorinchasidan aorta bilan
boshlanadi. Kislorod va oziq moddalar bilan boyigan qon katta doiradagi arterial
tomirlar orqali yo’nalib, barcha organ va to’qimalarning kapillyar sistemasiga boradi.
Vena qoni organ va to’qimalarning kapillyaridan mayda venalarga, so’ngra yirikroq
venalarga kiradi va pirovardida yuqori hamda pastki kavak katta doirasi shu tariqa
o’ng bo’lmada tugaydi. Qon aylanishining kichik doirasi o’ng qorinchadan o’pka
arteriyasining stvoli bilan boshlanadi, bu stvol yng va chap o’pka arteriyalariga
bo’linadi. Vena qoni o’pka arteriyalari orqali o’pka kapillyarlariga etib boradi, bu
erda ortiqcha karbonat angidrid gazidan xalos bo’lib, kislorod bilan boyiydi va to’rtta
o’pka venasi orqali (har bir o’pkadan ikkitadan vena boshlanadi) yurakning chap
bo’lmasiga qaytadi. Qon aylanishi kichik doirasi o’pqa arteriyasining stvoli bilan
boshlanadi. O’pka arteriyasining stvoli yurakning oldingi-yuqori yuzasida o’ng
qorinchadan boshlanadi. O’pka arteriyasi 5-6 sm etvoli yuqoriga va chapga ko’tarilib,
o’zining orqasida yotgan aortapi ravog’ining ostida (4-ko’krak umurtqasinnng
ruparasida) o’pka arteriyasi stvoli ikki tarmoqqa; o’ng o’pka arteriyasi va chap o’pka
arteriyasiga bo’linadi. O’pka arteriyalari bo’lak, segmentar va subsegmentar
turmoqlarga bo’linadi. Subsegmentar tarmoqlar bronxlarning tarmoqlari bilan birga
borib, o’pka alverlalarini qalin kapillyar turni hosil qiladi, shu erda qon bilan
alverlalardagi havo o’rtasida gazlar almashinadi. Kislorod bilan boyigan qon o’pka
kapillyarlaridan subsegmentar, segmentar venalarga, so’ngra bo’lak venalariga
ketma-ket o’tadi. Bo’lak venalari har bir o’pkada ikkita o’ng va ikkita chap o’pka
venalarini hosil qiladi. Qon aylanishining katta doirasidagi asosiy stvol aorta chap
qorinchadan boshlanadi. Uning ko’tariluvchi qismi, ravog’i va tushuvchi qismi bor.
Aortaning ko’tariluvchi qismi boshlang’ich bo’lagida ancha kengayib, piyoz hosil
qiladi. Ko’tariluvchi aortaning uzunligi 5-6 sm. To’sh suyagi dastasining pastki
chekkasi ro’narasida aortaning ko’tariluvchi qismi aorta ravog’iga o’tadi. Aorta
ravog’i orqaga va chapga yo’l olib, chap bronxni oshib o’tadi va 4-ko’krak
umurtqasining damida x aortaning to’shuvchi qismiga aylanadi. Aortaning
ko’tariluvchi qismidan, piyoz sohasida o’ng va chap toj arteriyalar boshlanadi. Aorta
ravog’ining qabariq; yuzasidai o’ngdan chapga qarab tartib bilan elka-bosh stvoli,
so’ngra chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasi va chap tomondagi o’mrov osti
arteriyasi boshlanadi.
Qon aylanish katta doirasining oxirgi tomirlari yuqori va pastki kavak
venalardir. Yuqori kavak vena yirik, ammo kalta stvol bo’lib (uzunligi 5-6 sm),
aortaning ko’tariluvchi qismidan o’ng tomonda va birmuncha orqada yotadi. Yuqori
kavak vena o’ng va chap elka-bosh venalarining qo’shilishidan vujudga keladi. Bu
venalarning qo’shilgan joyi 1-o’ng qovurg’aning to’sh suyagiga qo’shilgan joyi
ro’parasida proektsiyalanadi. Yuqori kavak vena-bosh, bo’yin, qo’l, ko’krak
bo’shlig’i organlari va devorlaridan, umurtqa kanali vena tomirlarining chigallaridan
va qisman qorin bo’shlig’ining devorlaridan qon yig’ib oladi.
Pastki kavak vena eng yirik vena stvoli bo’lib, 4-bel umurtqasining ruparasida
o’ng va chap tomondagi umumiy yonbosh venalarining qo’shilishidan vujudga
keladi. Pastki kavak vena yuqoriga ko’tarilib, diafragmaning pay markazidagi
to’rtburchak teshikka egib boradi, shu teshikdan o’tib, ko’krak bo’shlig’iga kiradi va
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
33
darxol yurakning o’ng bo’lmasiga qo’yiladi. O’pg bo’lma shu joyda diafragmaga
taqalib turadi.
Bosh va bo’yin soxalariga aorta ravog’ining qabariq yuzasidan boshlanuvchi
yirik tarmoqlar: chelka-bosh stvoli, chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasi va chap
tomondagi o’mrov osti arteriyasidan arteriya qoni keladi. Elka-bosh stvoli kalta tomir
bo’lib (uzunligi 3-4 sm), aortadan chiqqach yuqoriga, o’ngga va orqaga qarab
yo’naladi. O’ng to’sh-o’mrov bo’g’imining ro’parasida elka-bosh stvoli o’ng
tomondagi umumiy uyqu arteriyasi va o’ng tomondagi o’mrov osti arteriyasiga
bo’linadi.
Chap tomondagi umumiy uyqu arteriyasi aorta ravokidai mustakil boshlanadi.
Umumiy uyqu arteriyalari yuqoriga ko’tarilib, traxeya va qizilo’ngachdan yon
tomonda yotadi. Bu erda umumiy uyqu arteriyalari bo’yindagi
Tomir-nerv tutamining tarkibiga kiradi. Bu tutam umumiy uyqu arteriyasi,
ichki bo’yinturuq venasini hosil
qiladi.
Qalqonsimon
og’ayning
yuqori
chekkasi ro’parasida umumiy-uyqu arteriyalari tashqi va ichki uyqu arteriyalariga
bo’linadi.
Tashqi uyqu arteriyasi umumiy uyqu arteriyasining yo’nalishini davom ettirib,
yuqoriga ko’tariladi, qo’loq oldi so’lak bezidan o’tadi. Tashqi uyqu arteriyasi
qalqonsimon bez, qo’loq oldi, jag’ va til ostidagi bezlari, til, xalqum, yuz bilan ensa
terisi va muskullarini hamda bo’yin muskullarini qon bilan ta’minlaydi. Tashqi uyqu
arteriyasining asosiy tarmoqlari: qalqonsimon bezning yuqori arteriyasi, til arteriyasi,
yuz arteriyasi, ensa arteriyasi, xalqumning ko’tariluvchi arteriyasi, jag’ arteriyasi,
chakkaning yuza arteriyasi va shu kabilar. Ichki uyqu arteriyasi yuqoriga ko’tariladi
va chakka suyagining uyqu kanali orqali bo’shlig’iga kiradi. Bosh miyani, orqa va
ko’z soqqasini qon bilan ta’minlaydi. Chap tomondagi o’mrov osti arteriyasi aorta
ravog’idan mustaqil boshlanadi. Ikkala o’mrov osti arteriyasi qabariq tomoni
yuqoriga qaragan ravoq hosil qiladi, bu ravoq plevra gumbazini aylanib o’tadi.
So’ngra narvon muskullari orasidagi kamgaklardan o’tib, shu kamgaklar doirasida 1-
qovurg’aning yuqori yuzasidagi shu nomli ettida yotadi. So’ngra o’mrov osti
arteriyalari qo’ltiq chuqurchasida davom etib, qo’ltiq arteriyalariga aylanadi. Umrov
osti arteriyalarining tarmoqlari: a) umurtqa pog’onasining arteriyasi; b) qalqonsimon
bo’yin stvoli, 4-shoxli qalqonsimon bez, xiqildoq, bo’yin va ko’krak muskudlarini
qon bilan ta’minlaydi; v) ko’krakning ichki arteriyasi ko’krak muskullarini, sut
bezini, ayrisimon bez, diafragmani va kindikni qon bilan ta’minlaydi.
O’mrov osti arteriyasinini davomi bo’lgan qo’ltiq arteriyasidan chiqadigan
tarmoqlar elka kanalining muskullarini va terisini, ko’krakning katta va kichik
muskullarini, oldingi tishli muskulni va orqaning eng serbar muskulini qon bilan
ta’minlaydi. Qo’ltiq arteriyasining eng yirik tarmog’i kurak osti arteriyasidir. Bu
arteriyaning tarmoqlaridan biri umrov osti arteriyasidan bog’lanuvchi kurak usti
arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. Elka arteriyasining yirik tarmog’i-elkaning
chuqur arteriyasi, elka muskullarining orqadagi gruppasini va elka terisini qon bilan
ta’minlaydi. Elka arteriyasi tirsak chuqurchasida bilak arteriyasi va tirsak arteriyasiga
bo’linadi. Bu arteriyalarning muskul va teri-muskul tarmoqlari sohasini qon bilan
ta’minlaydi. Bilak va tirsak arteriyalari qo’l panjasiga o’tadi: har bir arteriyasidan
chuqur va yuza tarmoqlar chiqadi, bu tarmoqlar bir-biri bilan anastomoz hosil qiladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
34
Aortaning tushuvchi qismi 4-ko’krak umurtqasi tanasining ro’parasidan
boshlanib, 4-bel umurtqasining ro’parasida tugaydi. Ko’krak va qorin bo’shliqlaridan
o’tadi va ko’xrak ; aortasi bilan qorin aortasiga ajratiladi. Ko’krak aortasining
tarmoqlari ko’krak bo’shlig’ining devorlari va organlarini qon bilan ta’minlaydi.
Boshlang’ich bo’limi qizilo’ngachdan chapda va orqada, pastki bo’limi
qizilo’ngachdan o’ngda va orqada bo’ladi. Uning parietad tarmoqlar ko’krak
bo’shlig’ining devorlarini qon bilan ta’minlaydi. Vistseral tarmoqlar ko’krak
bo’shlig’ida joylashgan organlarga qon etkazib beradi. Ko’krak aortasining parietal
tarmoqlariga 10 juft qovurg’a aro arteriyalar kiradi. Qorin aortasi bel umurtqalarining
tanalaridan oldinda, o’rta chiziqdan chap tomonda yotadi. 4-bel umurtqasining
ro’parasida qorin aortasi umumiy yonbosh arteriyalari dumg’aza-yonbosh;
bo’g’imining ruparasida tashqi yonbosh arteriyasi bilan ichki yonbosh arteriyasiga
bo’linadi.
Tashqi yonbosh arteriyasi tomirlar sonning oldingi yuzasiga o’tib, son,
arteriyasiga aylanadi. Ichki yonbosh arteriyasi kichik chanoq bo’shlig’iga kiradi.
Qorin bo’shlig’ining devorlarini qorin aortasining parietal tarmoqlari (diafragma
arteriyalar, to’rt juft bel arteriyalari, Qorin ustining yuqori arteriyasi), o’mrov osti
arteriyasi sistemasidan ko’krakning ichki arteriyasi, tashqi va ichki yonbosh
arteriyalarining parietal tarmoqlari qon bilan ta’minlaydi. Qorin aortasining vistseral
varaqlaridan va ichki yonbosh arteriyasidan qon oladi. Qorin aortasining vistseral
tarmoqlari juft toq tarmoqlarga bo’linadi.
Qorin aortasining juft tarmoqlariga buyrak usti va buyrak arteriyalariga
bo’linadi. Qorin aortasining toq tarmoqlariga qorin stvoli 12-ko’krak umurtqasi
ro’parasida uch tarmoqqa bo’linadi: a) me’daning chap arteriyasi; b) taloq arteriyasi;
v) jigarning umumiy arteriyasiga bo’linadi qorin stvoli jigar, o’t pufagi, taloq, me’da
osti bezi va me’dani qon bila ta’minlaydi. Ichak tutqichning yuqori va pastki
arteriyalari mavjud. Son arteriyasining eng yirik tarmog’i sonning chuqur
arteriyasidir. By arteri son muskullari va terisiga (sonni o’rab turuvchi o’ng va chap
arteriyalar teshib o’tuvchi uchta arteriyasi tarmoqlari) qon etkazib beradi. Son
arteriyasi, son-taqim kanalidan chiqib, taqim arteriyasiga aylanadi, arteriya taqim
bo’g’imiga tarmoq beradi va boldir-taqim kanalidan o’tib katta boldirning oldingi va
orqa arteriyalariga bo’linadi.
Venalar ustki va pastki kavak vena tomirlari va darvoza venadan iborat. 1-
qovurg’ani to’sh suyagi bilan birikish joyidan o’ng va chap elka-bosh venaga
qo’shilib ustki kavak venalarni qo’shilishidan hosil bo’ladi, toq vena o’ng va chap
elka-bosh venalarning har biri o’mrov osti venasi bilan ichki bo’yinturuq venasini
qo’shilishida hosil bo’ladi. Elka-bosh venalarga qalqonsimon bez venasi bilan
ko’krakning ichki venalariquyiladi. Bosh va bo’yin venalari stvoli: ichki, tashqi,
oldingi bo’yinturuk venasiga quyiladi. Eng yirigi bo’yinturuq venasi-kalla
bo’shlig’idan miyadan qonni olib keladk. Jag’ orqasi til halqum venasi qalqonsimon
ustki va o’rta venalaridir. Tashqi bo’yinturuq venasi quloq suprasini orqasida
boshlanib, ensa suprasidan qon yig’adi va umrov venasiga quyiladi. Oldingi
bo’yinturuq venasi til osti bo’yini oldingi bo’limidan qonni olib o’mrov ostiga
qo’yadi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
35
Qo’l venalariga: tirsakni o’rta venasi qo’ltiq venasi, umrov osti venasi ko’krak
bo’shlig’i venalari kiradi. Pastki kavak vena eng yo’g’on vena bo’lib chap umumiy
yonbosh venalari, diafragma, buyrak, jigar venalari quyiladi. Oyoq venalarga: son,
umumiy yonbosh venalari kiradi. Darvoza vena sistemasiga; jigar arteriyasi bilan
jigarga kiradi. Taloq venasi ichak tutqich ustki va pastki venalar qonni yig’adi.
Do'stlaringiz bilan baham: |