NAFAS SISTEMASI (10 soat).
Maqsad: Nafas organlar sistemasini ahamiyati. Nafas organlarining tuzilishi,
tanada joylapgishi. Burutt bo’shlig’i xiqildoq, traxeya, bronxlar va o’pkalarki
tuzilishi. Hiqildoqning tovush hosil qilishi funktsiyasi. Nafas organlarning
takomillashuvi haqida bayonot.
Darsning rejasi:
1. Nafas organlarining takomili.
2. Hiqildoq tog’aylari, bo’g’imlari va muskullarining ta’rifi.
3. Kekirdak, bronx va o’pkalarning tuzilishi ahamiyati.
4. Plevra bo’shlig’i va uni ahamiyati.
Tayanch so’zlar: traxeya, bronx, nafas parenximiyasi, alviola, xaona, g’alvir
suyak, chig’anok,, kiprikli epitelin, qanot tog’ayi, lateral, medial, renit, gaymor
bo’shlig’i; jag’, peshona, ponasimon sinus bo’shliqlari. uzuksimon, qalqonsimon,
xiqildoq usti, shoxsimon va ponasimon toqaylari, cho’michsimon, ovoz boylami va
burmalari, ovoz yorig’i, fibroz, konus, egat i segmyont, bronxiola, atsinus, plevra,
vistserial.
Nafas a’zolariga burun bo’shlig’i, xiqildoq, traxeya : (kekirdak) bronx va
o’pkalar kiradi. Nafas sistemasini havo yo’llariga (burun bo’shlig’i, xiqildoq, traxeya
va bronxlar) o’pkaning nafas parenximasidagi nafas qismi alviolalar kiradi.
Burun bo’shlig’i nafas yo’lining boshlanish qismi orqali havo kirib orqa
tomonida joylashgan xona orqali burun-xiqildoq yo’liga ochiladi. Burun bo’shliri
yuqoridan peshona suyagi, g’alvir suyak va ponasimon suyaklari bilan chegaralanadi.
Burun bo’shlig’ini ikki yondosh tomonidan burun suyagi tepa jag’ suyagining
tanasi bilan peshona o’siqlari ko’z yoshi suyagi, g’alvir suyak, tanglay suyagining
perpendikulyar plastinkasi, ponasimon suyakning o’siq plastinkalari chegaralab
turadi: burun bo’shlig’ining pastki chegarasi tepa jag’ suyagining tanglay suyagi
o’sig’i bilan, tanglay suyagini gorizontal plastinkalari qo’shilib qattiq va yumshoq
tanglay hosil bo’lishidan tashkil topgan. Burun bo’shlig’i to’siq orqali ikkiga
bo’linadi. Burun bo’shlig’ida uchta turtib chiqqan chig’anoqlar bo’shliqni 3 yo’lga
bo’ladi: yuqori yo’li g’alvir suyakning tepa va o’rta burun chig’anoqlari orasida
joylashgan, bu yo’lga g’alvir suyakning orqa kataklari va ponasimon suyak tanasidagi
bo’shliq ochiladi. Burun bo’shlig’ida o’rta yo’li o’rta va pastki chiganoqlar oralig’ida
joylashgan. Burun bo’shlig’ining pastki yo’li pastki burun chig’anog’i bilan burun
bo’shlig’i pastki chegarask orasida joylashgan. Uning oldingi qismiga ko’z yoshi-
buruv, kanaliga ochiladi. Burun bo’shlig’i qon tomir va bezlarga boy shildiq qavati
kiprikli epiteliydan tuzilgan. Burun bo’shlig’ining yuqori qismdagi shilliq qavatda
(xidlash sohasida) xidlash nervlarning oxirlari joylashgan. Odatda burun
bo’shlig’ining o’rta va pastki qismga nafas olish bo’lagi deyiladi. Burunning qanot
tog’aylari uchburchak shaklli, bir juft bo’lib, yonbosh qismida burun qanotlarni,
pastda burun qirrasini hosil qiladi. Tog’aydan tuzilgan o’rta devor burun teshigink 2
ga bo’ladi. Burunni tog’ay qismi gialin va elastik tog’aydan iborat, toq va juft
tog’aydir. Bitta toq tog’ani o’rta devori hisoblanadi, to’rtburchak vertikal shaklda. Bu
tog’ay chap va o’ng burun bo’shliqlari oldingi toshi qismini ajratib turadi. Burunni
juft tog’aylariga-yon tog’ay va qanot tog’ay kiradi. Yon tog’ay-uchburchak shaklda
burunni qanotlarining yuqori qismlarini qoplaydi. Burun bo’shlig’ining ustki, pastki,
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
38
lateral va medial devorlari bor. Lateral devoridan 3 ta burun chanog’i: ustki, o’rta va
pastki chig’anog’i mavjud. Burun chanoqlarida 3 ta burun yo’li bor. Ustki burun yo’li
shilliq pardasida hidlov organi, o’rta va pastki burun yo’li nafas sohasidir. Shilliq
qavat tsilindrsimon kiprikli epiteliy bo’lib, havo tarkibidagi changni ushlab qoladi.
Burunni shilliq bezlari changlarni qamrab oladi. Burun shilliq qavati shamollashi rinit
deyiladi. Burun bo’shlig’i atrofida joylashgan peshona suyagi, yuqori jag’ va asosiy
suyak ichida bo’shliqlar bo’lib, ular burun bo’shlig’iga ochiladi. 1-Gaymor bo’shlig’i
yoki ustki jag’ sinusi, peshona sinusi, ponasimon sinus, galvirsimon suyak kataklari.
Burunning pastki yo’liga burun-ko’z yoshi kanali ochiladi.
Halqum muskulli kovak organ bo’lib, burun, xiqildoq va og’iz bo’shliqlarning
orasida joylashgan. U yuqoridan kalla asosini burunga, og’izga va xiqildoqqa qaragan
qismlari bor. Halqumning burunga qaragan qismi xaona yordamida burun
bo’shlig’iga, og’izga qaragan qismi tomoq vositasida og’iz bo’shlig’iga tushadi.
Halqum bo’shlig’i hiqildoq tomondagi qismida qizilo’ngachga o’tadi va xiqildoq
bo’shlig’iga tushadi. Halqum bo’shlig’i xiqildoq tomondagi qismida nafas yo’llari
bilan xazm yo’llari bir-birini kesishib o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |