Hiqildoq nafas yo’li bo’lib, o’zidan havo o’tkazishidan tashqari ovoz paydo
qiluvchi organ. Hiqildoq bo’yinning o’rta qismida 4-6 bo’yin umurtqalarining old
tomonida joylashgan, yuqorida til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa biroz torayib,
kekirdakka o’tadi. Hiqildoq juft va tok. tog’aylardan tuzilgan.
Tok tog’aylar-uzuksimon tog’ay, qalqonsimon tog’ay, hiqildoq usti
tog’aylaridan iborat. Juft tog’aylar-chumichsimon tog’ay, shoxsimon tog’ay va
ponasimon tog’aylardan iborat. Uzuksimon tog’ay gialin tog’ayidan tuzilgan.
Kalqonsimon tog’ay xiqildoq tog’aylari ichida eng kattasi bo’lib, gialin tog’aydan
tuzilgan. Uning ikkita yaxlit plastinkasi bo’yin old tomonida burchak hosil qilib
qo’shiladi. Hiqildoq usti tog’ayi yutish jarayonida xiqildoqqa kirish teshigini yopib,
ovqatni xalqumdan qizilo’ngachga o’tishini ta’minlaydi. Bir juft cho’michsimon
tog’ay piramidaga o’xshaydi.
Uning kengaygan, pastki asosiy qismi uchburchak shaklli bo’lib, uzuksimon
tog’ayning ustki yuzasi bilan birlashadi. Cho’michsimon tog’ayning uchi yuqoriga
karab turadi. Chumichsimon tog’ay asosining old tomonida ovoz boylami
birlashadigan ovoz o’sig’i bo’lsa, lateral tomonida muskullar yopishadigan o’siq
ko’rinadi.
Shoxsimon tog’aylari juft tog’aydan iborat, ular shoxga o’xshab
cho’michsimon tog’aylar ustida joylashgan. Ovoz boylami orqada cho’michsimon
tog’ayning ovoz o’sig’iga birlashsa, old tomonda qalqonsimon tog’ay burchagining
ichki yuzasiga yopishadi. Hiqildoqning muskullari ko’ndalang-targ’il muskullardan
tuzilgan, ular odam ixtiyori bilan qisqaradi. Ularking qisqarib tovush boylami holatini
o’zgartirishi natijasida o’rtadagi yoriq kengayib torayadi. Shuning uchun xiqildoq
muskullari funktsiyalariga qarab uch guruhga: qisuvchi, bushashtiruvchi va ovoz
boylamini holatini o’zgartiruvchilarga bo’linadi:
1. Uzuksimon va cho’michsimon tog’aylar o’rtasidagi muskul qisqarganda ovoz
boylamlari taranglatadi: ichkariga burilib, yoriq torayadi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
39
2. Qalqonsimon va cho’michsimon tog’aylar o’rtasidagi kvadrat shaklli muskul
qalqonsimon ikki tomondan barobar qisqarganda ovoz boylamlari bo’shashadi,
xiqildoqning ovoz boylamidan yuqori qismi esa torayadi.
3. O’ng va chap cho’michsimon tog’aylar o’rtasida Ko’ndalang joylashgan toq
muskul qisqarganda ovoz yorigining orqa qismi torayadi.
4. Chumichsimon tog’ayning qiyshiq muskulp qisqarib xiqildoqqa kirish teshigini
toraytiradi.
5. Uzuksimon-cho’michsimon tog’aylar o’rtasidagi orqa muskul qisqarib ovoz
yorig’ini kengaytiradi.
6. qalqonsimon tog’ay bilan hiqildoq usti o’rtasidagi muskul ovoz boylamlarini
taranglatib xiqildoqka kyrish teshigini kengaytiradi.
7. Uzuksimon tog’ay bilan qalqonsimon tog’ay o’rtasidagi muskul ovoz boylamlari
taranglashadi.
8. Ovoz muskuli bir juft bo’lib, ovoz burmalari bag’rida yotadi.
Qalqonsimon tog’ay ichki yuzasidan boshlanib, cho’michsimon tog’ayning
ovoz o’sig’iga yoiishadi. Muskul qisqarganda oboz boylamlari bo’shashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |