O’t pufagi jigarni o’ng bo’laganing pastki yuzasida, o’t pufagi chuqurchasida
joylashish, nok shaklidagi a’zo bo’lib, uning tubi-tanasi va bo’yni bor. O’t pufagining
tubi eng kengaygan joydir. O’t pufagi bo’lib turganda biroz oldinga chiqib, qorin
devoriga tegib turadi. O’t pufagi o’rta qismi tanasidan iborat bo’lib, ko’pchilik
qismini tashkil etadi. O’t pufagi tanasining oldingi toraygan qismi o’t pufagining
bo’yni hisoblanadi, o’t nayiga qo’shilib ketadi. 3-4 sm dagi o’t nayi jigardan
kelayotgan umumiy jigar o’t yo’li bilan qo’shilib, umumiy o’t yo’lini hosil qiladi. O’t
shirasi jigar hujayralarida tinmasdan ajralib turadi va o’g yo’llari sistemasi orqali o’n
ikki barmoq ichakka qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |