Yumshoq tanglay muskullardan iborat bo’lib, orqa tomoni xalqumga osilib
turadi. Uning o’rtasida tilcha joylashgan. Qatgiq tanglay shilliq pardasi yumshoq
tanglayiga bevosita davom etadi. Yumshoq tanglaydan oldinda til-tanglay ravog’i,
orqada tanglay xalqum ravog’i uchraydi. Bu ravoqlar orasida murtak bo’shlig’i
bo’lib, tanglay murtagi joylashgan, Yumshoq tanglay tarkibiga quyidagi muskullar
kiradi: tanglay-xalqum muskuli, tanglay-til muskuli.
Bu muskul qisqarganda tanglay chodiri pastga tortiladi. va xalqumga o’tish
teshigi kichrayadi. Tanglay chodirini ko’taruvchi va taranglovchi muskullari. Bu
muskullar ko’ndalang yo’nalishda tanglay chodirini taranglaydi va kutaradi. Og’iz
bo’shlig’idan halqumga o’tish joyida-bo’g’iz teshik bo’lib, yuqoridan yumshoq
tanglay chodiri, ikki yon tomondai tanglay ravoqlari, pastdan tilning orqa yuzasi va
til ildizi bilan chegaralanib turadi. Til-muskullardan tuzilgan bo’lib, og’iz
bo’shlig’ida joylashgan. Til xazm a’zolariga mansub bo’lmasdan, so’zlashda,
talaffuzda bevosita faol qatnashadi, tilning oldida til uchi, o’rtasida til tanasi va orqa
kengaygan qismida til ildizi bo’ladi. Tilning ustki yuzasida 4 xil surgich: insimon
surgichlar-tilning ust yuzasida, zamburug’simon surgichlar-tilning uchi va yonlarida
joylashgan bo’lib, ta’m bilishda xizmat qiladi xalqa bilan o’ralgan (tarnovsimon)
surgichlar 7-15 ta bo’lib, tilning ildizi, va tana chegarasida, varaqsimon yoki
bargsimon so’rg’ichlar kitob varaqalari kabi tilning yonlarida joylashib, ta’m bilishda
qatnashadi. Til murtagi-tilning shilliq qavatida yakkama-yakka yoki to’planib
joylashgan limfoid to’qimadai iborat. Murtaklar ko’prok til ildizi sohasida uchraydi:
til muskullari xususiy va skelet muskullaridan iborat.
1. Engak-til osti muskuli-pastki jag’ suyagining engak o’simtasidan boshlanib, tilga
tutashadi. Muskul qisqarib tilni pastga va orqaga tortadi.
2. Til osti-til muskuli-til osti suyagidan boshlanib, tilning yon tomonlariga tutashadi.
Tilni pastga va orqaga tortadi.
3. Bigiz,-til muskuli-chakka suyagining bigizsimon o’sig’idan boshlanib, tilning
yonboshiga tutashadi. Muskul tilni yuqoriga va orqaga tortadi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
43
Tilning xususiy muskul tolalari turli tomonga yo’nalgan. Bu holat tilda ustki va
pastki uzunasiga ketgan muskuli, ko’ndalang va tikka yo’nalgan muskullar borligini
ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |