chuqurchasigacha boradi. Bez alohida-alohida bo’lakchalardan iborat bo’lib, ularning
naychalari markaziy nayga qo’shiladi. Bezning og’irligi 25-30 g; fibroz parda bilan
o’ralgan. Yuqori jag’ning ikkinchi oziq tishlar sohasida ochiladi. Quloq oldi bezi
joylashgan. Uning "chiqaruv nayi til ostidagi so’rg’ichlarga ochiladi.
3. Til osti bezining og’irligi-5 g bo’lib, pastki jag’ suyagi ichki yuzasidagi shu
kalla suyagining tubi (asosi)dan boshlanib, og’iz va burun bo’shliqlariga keng ochilib
turadi. Halqumning (orqa tomondan) umurtqa pog’onasi va undagi muskullar
Halqum bo’shlig’i uch qismi (burun, og’iz va xiqildoq qismlari)dan iborat.
Xalqumning burun qismi eng tepa qismi, burun bo’shlikiga bir juft xoana
(bo’shliq)lar orqali qo’shilib tzfadi. Unrng pastki chegarasi yumshoq tanglay
ro’parasida bo’lib, unga o’sha erdan quloq bilan tutashtiruvchi eshituv nayi
bo’shlig’iga tutashadi. Shu qismdan havo ovqat o’tadigan umumiy yo’l uni yumshoq
tanglay tartibga solib turadi. Halqumning xiqildoq qismi bir muncha kalta u
44
xiqildoqni orqa tomonida joylashgan, pastdan esa qizilo’ngach qo’shshshb ketadi.
Xalqumning devori 3 qavatdan ichki-shilliq, parda, o’rta-muskul parda va tashqi
biriktiruvchi to’qima pardadan iborat.; Muskul parda-kundalang targ’il muskullardan
tuzilgan. Cherepitsaga o’xshab ustma-ust joylashgan xalqumning 3 ta (yuqori, o’rta
va pastki) qisuvchi muskullari-tafovut qilinadi. Bundan tashqari xalqumning
ko’taruvchi, ikki juft-muskul mavjud: bigizsimon o’siq-xalqum muskuli, xalqum-
tanglay muskuli.
Kizilo’ngach 25-30 sm uzunlikdagi muskuldan tuzilgan bo’lib, yuqorida VI-
bo’yin umurtqasining ro’parasidagi xalqumdan boshlanadi. U bo’yin va ko’krak
sohasidan diafragma orqali qorin bo’shlig’iga o’tib, 11-ko’krak umurtqasi ro’parasida
me’daning kirish qismiga ulanadi. Qizilo’ngach joylashishiga qarab 3 bo’limga
bo’linadi: yuqori bo’yin qismi 6-7 bo’yin umurtqalari chegarasiga to’g’ri keladi,
o’rta-ko’krak qismi-eng uzun qismi bo’lib, 1 va 10-11 ko’krak umurtqalari
ro’parasiga tug’ri keladi. Pastki qorin qismi eng kalta (taxminan 1-2 sm) bo’lib,
diafragma orqali me’daning kirish qismiga qo’shiladi.
IX-ko’krak umurtqasi sohasida, qizilo’ngachning oldi tomonida aorta
joylashadi va u biroz chap tomonga surilib diafragma orqali qorin bo’shlig’iga o’tib
ketadi. Qizilo’ngachning yuqori 1
/3 qismi kundalang-targ’il muskuldan tuzilgan
uning pastki 2
/3 qismi silliq, muskuldan iborat. Shilliq osti qavatida joylashgan
qizilo’ngachning xususiy bezlari o’z suyuqliklarini qizilo’ngach bo’shligaga
chiqaradi.
Qizilo’ngachning uch fiziologik toraygan joyi mavjud: birinchi-
qizilo’ngachning boshlang’ich qismi (xalqumdan boshlagan joyida), ikkinchi-
kekirdakning ikkita bronxga bo’lingan eri (qizilo’ngachning bronx bilan kesishgan
sohasida) uchinchi-qizilo’ngachning diafragmadan o’tish joyi.
Me’da xazm kanalining eng kengaygan qismi bo’lib, qorin bo’shlig’ining
yuqori sohasida joylashgan. Uning ko’p qismi chap tomondagi qovurg’a osti
sohasida, oz qismi esa qorin bo’shlig’i tepa bo’lagining o’rta qismida joylashgan.
Me’daning shakli nokka yoki retortaga (idishga) o’xshaydi. O’rta yoshdagi
odamlarda hajmi taxminan bir-uch litr (ba’zida undan ko’proq bo’ladi. Me’daning old
va orqa devorlari, yuqorida kichik pastda katta egriliklarni hosil qiladi. Me’daning
kirish va chiqish qismlari tafovut qilinadi. Me’daming oldingi devori qorin devoriga
tegib tursa, orqa devori me’da osti bezi, chap buyrak va uning ustki beziga, taloqqa
tegib turadi. Me’da qorin parda bilan atrofdan o’ralgan. Me’da bezlari joylashishiga
qarab qo’yidagi uch turga bo’linadi va birgalikda me’da shirasini ishlab chiqaradi:
1) Kardial bezlar; 2) me’da (xususiy) bezlari, ular me’daning tubi va tanasidan
juda ko’p miqdorda hujayralar-pepsinogen fermenti, qoplovchi hujayralar esa xlorid
kislotasi ishlab chiqaradilar; 3) pilorik bezlar-asosan shilliq modda ishlab chikaradi.
Bundan tashqari shilliq parda tarqoq joylashgan limfatik follikulalar uchraydi.
Me’daning chiqish qismida shilliq parda xalqasimon burma hosil qiladi o’ziga
xos qopqoq klapan deyiladi. Muskul pardasi ancha baquvvat bo’lib uch yo’nalishda
joylashgan, uning tashqi qismi uzunasiga yo’nalgan, o’rta qavati xalqasimon
joylashgan, ichki qismidagi muskul tolalari esa qiyshiq yo’nalgan. Uzunasiga
yo’nalgan muskul tolalari odatda kichik va katta egrilikda yaxshi rivojlangan bo’ladi.
Xalqasimon yo’nalgan muskul tolalari esa me’daning hamma qismlarida yaxshi
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com