kelishi mumkinligini va ularga qarshi kurashish uchun
nima qilish lozimligini
puxta bilib olish zarur bo`ladi. Hozirgi paytda virus va antiviruslarning turlari shu
qadar k
qaratilg
o`p, hamda ularni xosil qilishda shunchalik ko`p programmistlar bandki,
agar masalaning mohiyatini tushunmasangiz, bu g`oyalar to`fonida g`arq bo`lib
ketishingiz ham mumkin. Bunda "Ahmoqqa qarshi osongina kurashish mumkin,
lekin topqir ahmoqqa qarshi kurashish juda ham qiyin", - degan iboraning
to`g`riligi yana bir karra isbot bo`ladi, desak xech ham yanglishmagan bo`lar edik.
Kompyuter virusi iborasi 1984 yilda paydo bo`lib, u ommaviy axborot
vositalari, seminarlar va konferentsiyalarda har tomonlama yoritilib borilayapti. Ilk
kompyuter virusi Amerikalik Fred Koen tomonidan yozilgan programma bo`lib,
uning asosiy vazifasi programmalarni noqonuniy ko`chirib olishga qarshi
an edi. Ya’ni, biror-bir programma noqonuniy ko`chirib olib ketilsa, ushbu
yaratilgan programmacha ham unga qo`shilib ko`chiriladi va o`sha
ishlatilgan
kompyuterdagi qimmatli axborotlarni diskdan o`chirishi, fayllarni yo`qotishi va
shunga o`xshash noma’qul ishlarni amalga oshirishi mumkin. Koenning bu ishi
kompyuterlar xavfsizligini ta’minlash bo`yicha anjumanda e’lon qilingandan
so`ng, "XX asr kompyuter vabosi", ya’ni kompyuter viruslari ko`payib, G`arbiy
Yevropa va AQSH bo`ylab tarqaldi. Obrazli qilib aytganda, «Jaxon bo`ylab bir
sharpa kezib yuribdi – u xam bo`lsa kompyuter virusi sharpasidir» . Ular juda
ko`plab firmalar, davlat tashkilotlari, ilmiy laboratoriyalar
kompyuter tizimlarini
ishdan chiqardi yoki ularga jiddiy zarar yetkazdi. Hozirgi paytga qadar
kompyuterlarni viruslar xujumidan asrash dolzarb vazifalardan biri bo`lib
qolmoqda. Bizga ma’lum bo`lgan kompyuter viruslari asosan bir xil tuzilishga ega.
Ular to`rt qismdan iborat bo`lib, uning birinchi qismi virusning kompyuter
xotirasiga kirishini ta’minlaydi, ikkinchi qismi virusni qattiq yoki egiluvchan
diskka nushalashga xizmat qiladi. Bunda virus fayllarga qo`shilib olishi yoki
diskning ishga tushirish sektoriga joylashib olishi mumkin. Uchinchi qismda virus
o`z faoliyatini qanday sharoitlarda boshlashi zarurligi ko`rsatilsa, to`rtinchi qismda
uning algoritmi bayon etiladi.
Agar kompyuter virusi kompyuteringizga tushib kolsa,
u uzini kuyidagicha
namoyon kiladi:
• Ba’zi bir programmalar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi
• Ekranga boshkacha xabarlar yoki simvollar chika boshlaydi
• Kompyuterning ishlash tezligi ancha sekinlashadi
• Ba’zi bir fayllar buziladi, uzgaradi yoki kattalashadi
• Operativ xotiraning bush joyi kiskaradi
• Programmalarni yuklash sekinlashadi.
Kompyuter virusining o`z
faoliyatini qanday bajarishini Lehigh virusi
misolida ko`rib chiqamiz. Ushbu virus ko`payish nuqtai-nazarida juda qulay
bo`lgan joyda, ya’ni operatsion sistemaning
command.com faylida yashirinadi. Bu
fayl operatsion sistemaning barcha asosiy buyruqlari -
DIR, DEL, COPY va
boshqalar ishlatilganida ta’sir qilishi mumkin. Demak, ushbu xolda virusning
tarqalishiga juda ham qulay imkoniyat mavjuddir. Bundan tashqari virus bilan
bog`liq kodlar sistemasini saqlash uchun faylning stek deb atalmish bo`lagi
90
(ma’lumotlar ketma-ketligini vaqtincha saqlash uchun mo`ljallangan qism)
tanlangan bo`lib, buning natijasida zararlangan
COMMAND.COM fayli
zararlanmagan fayldan o`lchami bilangina farq qiladi.
Har bir diskli operatsion
sistema
(DOS) buyrug`i kiritilganida, virus zararlanmagan fayl borligini tekshiradi
va bunday fayl mavjud bo`lsa, uni berilgan programma vositasida zararlaydi.
Zararlangan fayllar soni to`rttaga yetganda, virus o`z faoliyatini boshlaydi, ya’ni
qattiq diskdagi barcha ma’lumotlarni o`chirib tashlaydi.
Hozirgi paytda viruslarni ularning faoliyatiga qarab to`rt asosiy turga
bo`lish mumkin: "qopqon", "mantiqiy bombalar", "chuvalchanglar" va "troyan
otlari".
Do'stlaringiz bilan baham: