"Tarmoq viruslari" - bunday turdagi viruslar umumiy tarmoqqa ulangan
kompyuterlarning bir-biri bilan muloqot qilishi orqali tarqalib, hozirgi informatsion
jamiyatda juda ham xavfli va kattadan-katta miqyoslarda zarar keltirishi mumkin.
Internet tarmog`i orqali xilma-xil mamlakatlardagi informatsion sistemalarni
zararlashi, jinoyatlarga olib kelishi va boshqaruv tizimlarining barbod bo`lishiga
olib kelishi mumkin. Bunday viruslarning faoliyati tufayli xalqaro mojarolar kelib
chiqishi, harbiy harakatlar boshlanishi, xalqaro terrorchilik harakatlari amalga
oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |