Protsessor. O’zining barcha ishlarini kompyuter ma’lum ketma-ketlikda programmaga
asosan bajaradi. Bu programma xotirada saqlanib, buyruqlar ketma-ketligidan
iboratdir. Protsessor xotiradan navbatdagi buyruqni oladi va uni bajaradi. Ya’ni
xotiradagi saqlanayotgan ma’lumotlar ustida arifmetik va mantiqiy amallarni
bajaradi, tashqi qurilmalar ishini boshqaradi, ularga ma’lumotlar uzatadi va
ulardan ma’lumotlarni qabul qilib oladi.
Boshlang`ich davrlarda IBM PC tipidagi kompyuterlarda Intel 8088 (PC
va PC/XT), 80286 (PC/AT) va 80386, 80486, Pentium 1,2,3,4 kabi protsessorlar
ishlatilgan. Ular bir-biridan ishlatiladigan buyruqlar to`plami va ishlash
samaradorligi bilan farq qiladi. Protsessorning ishlash tezligi bir sekundda
bajaradigan elementar operatsiyalar (tsikllar) soni bilan o`lchanadi va u takt
chastotasi deb yuritiladi. Takt chastotasi 8088 standart protsessori uchun u 4,77
Mgts, 80286 protsessori uchun u 6-12 MGts ga, 80386 protsessori uchun esa 12-
30
33Mgts, 80486 protsessori uchun 66- 100 MGts, Pentium protsessorlari uchun esa
75-360 Mgts ga tengdir. 1 MGts esa bir sekundda 1 million tsikl bajarilishini
bildiradi.