Xotira qurilmasi
Kompyuterda ishlanadigan ma’lumotlar uning operativ xotira qurilmasida
saqlanadi. Bu yuqori tezlikda ishlaydigan xotira qurilmasi bo`lib, u juda katta
integral sxemalar asosida qurilgan. Xotira sig`imi baytlarda o`lchanadi. Har bir
bayt sakkizta ikkilik ma’lumot razryadlaridan iborat bo`lib, masalan, bitta belgini
(harfni) saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari o`lchov birligi sifatida
kilobayt (1kilobayt=1024 bayt) va megabayt (1 megabayt=1024 kilobayt) ham
ishlatiladi. IBM PC ning eng kichik operativ xotirasi asosan 640 kilobaytni tashkil
etadi, lekin hozirgi paytda 512 megabayt va undan ortiq operativ xotiraga ega
kompyuterlar ham mavjud.
Operativ xotiradagi ma’lumotlar kompyuter o`chirilganida yo`qolib ketadi.
Ma’lumotlarni uzoq muddat saqlash uchun tashqi xotira qurilmalari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |