Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


Xususiy kompyuterlarning yaratilish tarixi, ochiq arxitektura printsipining



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/402
Sana12.07.2021
Hajmi4,66 Mb.
#116492
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   402
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyasi

2. Xususiy kompyuterlarning yaratilish tarixi, ochiq arxitektura printsipining 
ishlatilishi va ahamiyati. 
 
Xozirgi zamonda eng keng miqyosda ishlatiladigan kompyuterlardan 
biri xususiy yoki shaxsiy kompyuterlardir. Ularning ko`rinishi kichik va ixcham 
bo`lishigi qaramay, iqtisodiyot va texnikaning deyarli barcha soxalarida 
muvaffaqiyatli ravishda qo`llanilib kelmoqda. Lekin ular qachondan boshlab va 
nima sabablarga ko`ra paydo bo`lgan? Qanday printsiplarning qabul qilinishi va 
qaysi texnik yechimlar ularning ommabop bo`lishiga va keng miqyosda 
qo`llanilishiga sabab bo`lgan? Ushbu muammolarni to`g`ri xal qilish uchun 
 
26


xususiy kompyuterlarning iqtisodiyotning turli soxalarida ishlatilishi va u 
foydalanuvchiga qanday imkoniyatlar yaratib berishi xaqida biroz fikrlash 
lozim bo`ladi.  
Yarim o`tkazgichli bir necha minglab elementlardan tashkil topgan yaxlit 
mikrosxemalarning kristal plastinkaga integratsiya qilish texnologiyasining 
rivojlanishi mikroprotsessorlarning, xotirasi katta integral sxemalarining, kiritish-
chiqarish katta integral sxemalarining paydo bo`lishiga olib keldi. Demak, 
arifmetik-mantiqiy qurilma, ichki registrlar va boshqaruv qurilmasidan tashkil 
topib, bitta yoki bir necha katta integral sxemalarda bajarilgan, hamda funktsional 
jihatdan tamoman to`liq bo`lgan qurilmani mikroprotsessor deb tushuniladi, yoki, 
oddiy qilib aytganda, EHM-da qayta ishlanayotgan axborotlar elektr signallari 
ko`rinishida tasvirlanib, ular elektron qurilmalar orqali qayta ishlanadi. Xususan 
ushbu elektron qurilmalar ming va xatto minglab bahamjihatlik bilan ishlaydigan 
elementlardan iborat bo`ladi. Mana xuddi shunday qurilmalar mikrosxemalar deb 
ataladi. Mikrosxema deb, bir butun protsessorni tushunish ham mumkin. Agar 
protsessorning barcha zarur elementlarini bitta mikrosxemaga joylashtirishga 
erisholmasa, u holda bir qancha mikrosxemalar bitta plataga o`rnatiladi. Plata-
plasmassali plastinka bo`lib, uning ustki qismida mikrosxemalar ko`rinishda 
bog`langan metalli o`tkazgichlar bo`ladi. 
Mikroprotsessorlarning paydo bo`lishiga asosiy sabab nimada degan tabiiy 
savol ko`ndalang bo`ladi, unga javob berishga harakat qilamiz. 
Yarim o`tkazgichli katta integral sxemalarning - mikrokalьkulyatorlar va 
xotirlovchi qurilmalarni tayyorlashdagi to`plangan boy tajriba hamda mukammal 
o`zlashtirilib olingan texnologiyalarda mikroprotsessorlarning asosiy element 
bo`lishi katta integral sxemalarning yaratilishiga va zudlik bilan o`zlashtirilishiga 
sharoit yaratib berdi. Buning oqibatida hisoblash texnikasining rivojlanish tarixida 
birinchi marta shunday holat qaror topdi, ya’ni mikroprotsessor o`zini qabul 
qilishga tayyor bo`lmagan bozordan oldin yuzaga keldi, shuning uchun 
foydalanuvchilar ularga nisbatan talablarini shakllantira olmadilar.  
Yuqoridagi tarzda EHMning rivojlanish taraqqiyoti xususiy EHM-larning 
yaratilishiga olib keldi. Uning 1-chi qaldirg`ochi 1975 yilda AKSH-da ishlab 
chiqildi (ushbu xususiy kompyuter MITS firmasi tomonidan INTEL-8080 
protsessori asosida ishlab chiqilib, Altair 8800 deb nomlangan) va tarixan qisqa 
muddat ichida, ya’ni 1987 yilga kelib, jahonda xususiy kompyuterlarning soni 30 
mln. donaga o`sgan. 
Xususiy EHM hamma harid qilish narxidagi qudratli universal instrument 
bo`lib, har xil sohadagi mutaxassislar aqliy mehnatining ish unumini bir necha 
marta oshiradi. EHM-ni xususiy EHM deb atash uchun u quyidagi asosiy 
talablarni qondirishi shart: 
•  katta bo`lmagan o`lchamlarga ega bo`lib, alohida ishlay oladi; 
•  xususiy EHM-ning apparatli vositalari mikroprotsessorli texnika asosida 
qurilgan bo`lishi kerak; 
 
27


•  xususiy EHM foydalanuvchi bilan suhbatli rejimda ishlaydi; 
•  universal bo`ladi, ya’ni qulay texnik va programma vositalari yordamida 
bitta foydalanuvchi tomonidan yechiladigan har xil masalalarni yechishga 
mo`ljallangan; 
•  hisoblash texnikasi bilan notanish bo`lgan foydalanuvchiga uni ishlatishni 
oddiy qilib beradi; 
•  xususiy foydalanuvchilar harid qila oladigan narxda bo`ladi; 
Mana shu ko`rib o`tilgan fikrlar xususiy EHM-lar to`g`risida to`liq 
tushunchani beradi. 
1976 yilda Pol Allen va Bill Geyts Beysik tili uchun interpretator 
ishlab chiqqandan so`ng, xususiy kompyuterga bo`lgan talab keskin 
ravishda ortgan hamda uning xilma-xil turlari va ularga mos bo`lgan 
programmaviy ta’minotlar xosil bo`la boshlagan. 1981 yilda esa hozirgi 
paytda keng miqyosda tarqalgan IBM PC turidagi xususiy kompyuterlarning 
birinchisi ishlab chiqarilgan.  
Xususiy kompyuterlardan biri, ya’ni IBM PC turiga mansub bo`lgan   
kompyuterlar yaratilganidan so`ng, ularda ochiq arxitektura printsipi 
ishlatila boshlangan. Uning moxiyati shundan iboratki, kompyuterni 
foydalanuvchi tomonidan kengaytirish va uni yangi tashqi qurilmalar bilan 
boyitish imkoniyati yaratilgan. Har qanday xususiy kompyuterni xuddi 
bolalar konstruktoriga o`xshab, bir qancha bir-biriga mos keluvchi aloxida 
elementlardan yasash va ishlatish mumkin. Bunday elementlarning bir-
biriga moslashuvi va ulanishi xech kimdan sir tutilmagan, balki barchaga 
reklama qilinib tushuntirilgan xam. Bu xolat ochiq arxitektura printsipi deb 
nomlanib, xususiy kompyuterlar bozorining tezlik bilan kengayishiga olib 
kelgan. Shunday qilib, ochiq arxitektura printsipi foydalanuvchilarga o`z 
kompyuterlarining imkoniyatlarini xoxlaganlaricha kengaytirish 
imkoniyatiki berdi. Buning uchun ular tegishli funktsional qurilmalarni 
harid qilishlari va o`z kompyuterlarining sistemaviy platasidagi bo`sh 
joylarga o`rnatishlari kifoya xolos.  

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish