Informatsion mos kelish deganda bir guruhdagi turli EHMlarda umumiy
kodlar, yagona ma’lumotlarni ifodalash formatidan foydalanish ko`zda tutiladi,
ya’ni bu ma’lumotlar bir xildagi informatsiya tashuvchilar va mashinalar
yordamida ishlanadi. Mashinalar buyruqlari darajasidagi programmaviy mos
kelishi mantiqiy struktura (adresatsiya sistemasi,
bir xil umumiy buyruqlar
to`plami, tashqi qurilmalarga ulashning standart usullari) birligini nazarda tutadi.
Bu mos kelishlik ko`pincha ierarxik (quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich
bo`ysunish, bu yerda EHMga nisbatan) tarzda amalga oshadi. Bu yerda ham
unumli mashinalar uchun tuzilgan programmalar nisbatan yuqori unumli
mashinalarda ishlatilishi yoki bajarilishi mumkin; lekin aksincha bo`lishi mumkin
emas. Shunday tarzdagi programmali mos kelish "pastdan yuqoriga" deb ataladi.
Oila guruxli EHMlari uchun yagona programma ta’minoti unifikatsiyalashgan (bir
xillashtirilgan) vositalar mavjudligini ko`rsatadi. Bular ma’lumotlar massivi,
programma fayllarning standart usulini, bu massivlarning bir xildagi kutubxonasi
va
muomala usulini, EHM xotirasida massivlarni muxofaza qilish usulini o`z
ichiga oladi. Oila-guruxning barcha modellari shu gurux uchun qayd qilingan
algoritm tilida yozilgan programmalarni qabul qilishi, o`zlashtirishi kerak.
Shuning uchun shu oila-guruxning har qaysi modeli muvofiq ravishda tegishli
translyatorga, tarjimonga ega bo`lishi kerak. Konstruktiv va texnologik
bazalarning birligi mantiqiy elementlar sistemasi, funktsional modullarning
platalar hajmi, bloklarning va hokazolarning konstuktiv o`lchamlarini
standartlashtirishga olib kelishni taqozo qiladi. Operatsiyalarning bajarilish tezligi,
funktsional imkoniyatlaridan tashqari hisoblash sistemasining iste’molchilar
uchun hammabopligi masalasi yanada keskin ko`tarilishi kutilmoqda. Bu
qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun EHMdan
foydalanuvchilarga keng
ko`lamda axborotlarning turli ko`rinishlari (matn, nutq, tasvir va boshqalar) bilan
murojaat qilish imkoniyatini ta’minlashni yo`lga qo`yish kerak. Bundan tashqari
amaliy programmalar sistemasining mavjudligi va ularning foydalanuvchi
tomonidan kerak bo`lgan konkret yo`nalishga moslashtirish hamda sig`imi katta
bo`lgan ma’lumotlar bazasining mavjudligi EHM ko`rsatkichlarini yaxshilashni
talab qiladi. Intellektual xususiyatlariga binoan kelajak EHMlari o`z ichiga bir
necha asosiy podsistemalarni oladi. Bilimlar bazasi umumiy tarzda ifodalangan
interfeys
bilimlar bazasi, ya’ni tilni tushunish, muloqotda bo`lish bilan bog`liq
bilimlar sistemasi bazasi (sistemaning o`zini tushunishi bilan bog`liq) va amaliy
bilimlar bazasi (turli qo`shimcha maxsus bilimlarni o`z ichiga oluvchi) ni o`z
ichiga oladi. Interfeys bilimlar bazasi EHMlar tatbiq qilish doirasini ma’lum
darajada kengaytirib, mashinada tarjima qilish sistemasi, nutqni farqlash, mos
yechimlarni topish va boshqa vazifalarni o`z zimmasiga oladi. Intellektual
interfeys podsistemasi masalalarni yechish jarayonida foydalanuvchini bevosita
o`zaro bog`liqlikni ta’minlovchi EHMga taqsimlangan
kirish vositasi bilan
muloqotini ta’minlaydi. Bunda foydalanuvchi-iste’molchi mashina bilan
muloqotda informatsiyani ifodalashning xaqiqiy formalari (nutq, tabiiy tilda, matn,
tasvir) tarzida va har bir konkret foydalanuvchi o`z professional
terminologiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lishi kerak. EHM
taraqqiyotining qonuniy bosqichi EHM avlodlarining mikdoriygina emas, sifat
23