imkoniyatlarini keskin oshirdi. Bu zamonaviy texnologiya jamiyat turmushining
barcha sohalariga o`z amaliy ta’sirini o`tkazmoqda.
Agar 70-yillarda EHM-lar maxsus hisoblash markazlarida joylashtirilib,
faqat mutaxassis-operatorlar bu EHM-larda ishlagan bo`lsa, hozir esa
kompyuterlar ixcham, lekin juda imkoniyati keng bo`lgan qurilma bo`lib,
mutaxassislarga avtomatlashtirilgan ravishda ma’lumotlar va bilimlar bankiga
bevosita murojaat qilish imkonini ta’minlaydi.
Ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash bo`yicha kompyuterlarni
samarali qo`llash doirasi kundan-kunga kengayib bormoqda. Informatikani tatbiq
etishning asosiy sohalari quyidagilardir:
- ishlab chiqarishni to`liq avtomatlashtirish va robotlashtirish;
- ilmiy izlanishlar va loyihalashtirishni avtomatlashtirish;
- tashkiliy - iqtisodiy boshqarishda informatikani qo`llash;
-
maktablar, kollejlar, oliy o`quv yurtlarida o`qitish va kadrlar tayyorlashni
kompyuterlashtirish;
- xizmat ko`rsatish, sog`liqni saqlash va aholi turmush sohalariga
informatikani tatbiq etish.
Xususiy kompyuterlarning paydo bo`lishi informatikani tatbiq etish va
"kompyuter bo`yicha savodsizlik"ni tugatishni tezlatishga asosiy turtki bo`ldi.
Hozirgi zamon kompyuterlariga bo`lgan qiziqish shuning uchun ham oshdiki, ular
masalani yechishda mehnat unumdorligini keskin oshirdi. Masalan, katta integral
sxemalarini loyihalashtirishni avtomatlashtirishda kompyuterlarning qo`llanishi
loyihalarni ishlab chiqishni bir necha yildan bir necha oygacha qisqartirish
imkonini berdi. Bu integral sxemalar yangi kompyuterlarda qo`llanishini hisobga
olsak, kompyuterlarning mukammallashib borishi juda tez yuz berishi va yaqin
orada juda ham mukammal kompyuterlar yaratilishi
kutilishiga umid qilishimiz
mumkin.
Xususiy kompyuterlarning imkoniyatlari avtomatlashtirilgan ish o`rinlari
(AIO’)- ning yangi avlodini yaratish imkonini beradi. Bunday aqlli stantsiyalar
programma ta’minotining asosiy qismlaridan biri bo`lib funktsional protsessorlar
xizmat qiladi.
Funktsional protsessorlar turli xildagi ma’lumotlardan qulay holda
foydalanish, foydalanuvchi va kompyuter orasida samarali dialog rejimini
ta’minlash bilan birga katta hajmli ma’lumotlar bazasi bilan ham ishlash imkonini
beradi.
Hisoblash texnikasidan hisob-kitob, ma’lumotlarni qayta ishlash va
boshqarish ishlarini bajarishda foydalanish, bu ishlarni yuqori saviyada
bajarishdan tashqari boshqaruv apparatidagi xizmatchilar
sonini kamaytirish,
to`liq va aniq ma’lumotlarni istalgan vaqt oralig`i uchun olish imkonini beradi.
Hozirgi zamon aloqa sistemalari kompyuterlarni istalgan uzoqlikdagi elektron
ma’lumot manbalariga ulash imkonini beradi. Bunga misol bo`lib, sun’iy
9
yo`ldoshlar orqali bog`langan kosmik aloqa sistemasi hamda dunyoning 30 dan
ortiq mamlakatidagi 1500 dan ortiq ilmiy markazlarni bog`lovchi xalqaro
kompyuter tarmog`i xizmat qilishi mumkin.
Bu sohada chet ellarda juda ko`p ibratli ishlar qilingan. Shularni tarixiy
jixatdan qisqacha ko`rib o`tamiz.
1976 yilda Frantsiyada
Videotex deb nomlangan milliy tarmoq yaratishga
kirishildi. Bu tarmoqdan foydalanish uchun har bir telefon apparati bor bo`lgan
xonadan o`z xonadoniga terminalni o`rnatishi mumkin. Bu terminal yordamida
telefon tarmog`i orqali kerakli tashkilot nomerini terib, u yerdagi kompyuterdan
foydalanib turli xil xizmatlarni, shu jumladan
bank xizmatlarini ham olish
mumkin. 1986 yilga kelib 2,5 million shunday terminallar o`rnatildi. Shulardan bir
qismi tekinga o`rnatildi.
Teletal nomli loyihaga binoan 2 ming xil xizmat ko`rsatish turi mavjud
bo`lib, shulardan 30 xili bank xizmatlari ko`rsatish uchun mo`ljallangan. 1986 yil
boshida 150 ming iste’molchilar uchun va 50 ming ishbilarmon uchun elektron
schetlar ochildi. 1986 yil oxirida Frantsiyaning taxminan 2% xonadon egalari o`z
uylarida banklarning bo`limlariga ega bo`ldilar.
Bu yo`nalishlarni Buyuk Britaniyada "
Nottingxem Bilding Sosayeti" va
"
Benk of Skotland", Germaniyada "
Kelьn jamg`arma banki” va Gamburgdagi
"
Ferbrauxer Bank" tashkilotlari boshlab berdi. Shvetsiyada uylardagi banklar
bilan ishlashni Stokgolьmdagi "
Gota banken" boshlab berdi.
O’zbekiston Respublikasi uchun ko`rib chiqilayotgan muammo juda ham
dolzarbdir. Bank tizimini keskin ravishda rivojlantirishda faqat yangi texnik
bazaga tayanish kerak. Yetarli darajada avtomatlashtirilgan holda bank bo`limi o`z
kassasi bilan birlashtirilishi va terminallari aloqa bo`limlari, magazinlarda,
vokzallarda va hokazolarda joylashgan hisoblash tarmog`ini
tashkil qilish
mumkin.
Germaniyaning "
Niksdorf" kompaniyasi elektron pullarni tatbiq qilish
bo`yicha ilg`orlardan biri hisoblanadi. Bu kompaniyada
Eurocard nomli standart
kredit kartochkalar ishlatilib, hozirgi davrda dunyo bo`yicha 5,8 mlndan ortiq
kishi bu kartochkalardan foydalanadi. Har bir kredit kartochkasiga ma’lumot
tashuvchi vosita-magnit karta o`rnatilgan bo`lib, unda xususiy schet nomeri, bank
nomi, mamlakat, mijozning to`lash qobiliyati ko`rsatkichi, berilgan kredit qiymati
va hokazolar yozilgan bo`ladi. Yangi mijozni bu tarmoqka qo`shish uchun unga
kamida 2 ming Germaniya markasida kredit ochilgan bo`lishi kerak.
Frantsiyada aqlli kredit kartochkalarini joriy qilish boshlandi.
Bunday
kartochkalarga 7 kilobaytli operativ xotiraga ega bo`lgan mikroprotsessor
o`rnatilgan bo`lib, 200 xil to`lov operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi.
AQShda magnitli to`lov kartochkalari tatbiq qilingan. Bu kartochkalarga ham
tegishli xajmda operativ xotiraga ega bo`lgan mikroprotsessor o`rnatilgan bo`lib,
hech qanday terminalsiz uydagi telefon yordamida to`g`ridan-to`g`ri bank bilan
hisob-kitobni amalga oshirish mumkin.
10
Butun dunyo bo`yicha naqd pulsiz hisob-kitob sistemalariga ega bo`lgan
bank tarmoqlari jadal tatbiq etilmoqda. Bulardan biri Bankwire bo`lib, u kredit
iste’molchilari uchun emas, balki banklararo hisob-kitobga mo`ljallangan edi.
Tarmoq orqali faqat bank hujjatlari emas, balki mas’uliyatli moliya qarorlarini
ham qabul qilish uchun ishlatiladigan muhim ma’lumotlar ham yuborilar edi.
AQSH federal rezerv sistemasi tomonidan yaratilgan
Fedwire sistemasi
mamlakat ichida sodir bo`lgan oldi-berdilarning 60% ini qamrab oladi. Bu
taxminan bir kunda 360 milliard dollarga to`g`ri keladi. Uning xizmatidan 800 dan
ortiq bank foydalanadi. Nьyu Yorkda joylashgan
SNIPS (Claring House
Do'stlaringiz bilan baham: