o'zing asra" shiori ostida odamlarni ogohlikka chaqirish, mahalla posbonlarini
shakllantirish va ularning faoliyatini yo'naltirish, oilaviy tantanalar va marosimlarni
o'tkazishda dabdababozlik va manmanlikka yo'l qo'ymaslik ishlari bilan shug'ullanmoqda.
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari O'zbekiston Prezidentining 1999- yil
13- yanvarda chiqqan ,,Aholini aniq yo'naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta'minlashda
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari rolini oshirish to'g'risida" gi farmoni hamda
Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 25-yanvardagi ,,Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlarini aniq yo'naltirilgan tarzda qo'llab-quwatlashning 2002—2003-yillarga
mo'ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori talablarini
amalga oshirmoqdalar.
Kam ta'minlangan oilalarga yordam ko'rsatish, ko'p bolali muhtoj oilalarga
nafaqalar tayinlash bo'yicha ajratilgan mablag'lardan o'z o'rnida samarali foydalanishni
ta'minlamoqdalar. Faqat 2000- yilning o'zida aholining kam ta'minlangan qismiga
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari orqali 54,2 mlrd so'm miqdorida nafaqa,
ko'mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. O'zini o'zi boshqarish organlari tarbiyaga oid
masalalar yuzasidan ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilish, voyaga yetmagan yoshlar
bilan ishlash, ularning huquqlarini himoya qilish, qariyalarga shafelik qilish, aholini ish
bilan ta'minlash kabi ishlarga bosh-qosh bo'lmoqdalar.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2003-yil ,,Obod mahalla yili" deb
e'lon qilindi va ,,Obod mahalla yili" dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha
respublika komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya yil davomida amalga oshi-rilishi zarur
bo'lgan tadbirlarning dasturini ishlab chiqdi. 2003-yil 7- fevralda O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining ,,obod mahalla yili" dasturi to'g'risida qarori e'lon qilindi.
Mazkur dastur quyidagi muhim maqsad va vazifalarni hayotda ro'yobga chiqarishga
qaratilgan:
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy hayotidagi roli va maqomini mustahkamlash;
mahalla faoliyatining amaldagi me'yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, uning
vakolatlarini kengaytirish va fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi mas'uliyatini oshirish;
mahalla faoliyatining moddiy bazasini mustahkamlash, mahalla hududida
tadbirkorlikni, xizmatlar ko'rsatish va savdo sohalarini rivojlantirish, shular hisobiga yangi
ish o'rinlari barpo etish;
mahallaning
ijtimoiy-infratuzilmasini
rivojlantirish,
uning
hududlarini
obodonlashtirish, kommunal tarmoqlarni rivoj lantirish;
mahalla tomonidan kam ta'minlangan oilalarga aniq yo'nalishli moddiy yordamni
va yosh oilalarni qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish;
keksa avlodga e'tibor va g'amxo'rlikni kuchaytirish;
mahalla aholisiga tibbiy va sanatoriy-kurort xizmati ko'rsatilishini yaxshilash,
bolalar sportini rivojlantirish;
mahallaning aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzi, ijtimoiy adolat, o'zaro
mehr-oqibat va ma'naviy-axloqiy tarbiya bilan bog'liq milliy qadriyat va urf-odatlarimizni
keng targ'ib qilish, ularni asrab-avaylash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish.
,,Obod mahalla yili" dasturini bajarilishini ta'minlash maqsadida fuqarolarning
o'zini o'zi boshqarish organlarini rivojlantirish bo'yicha maxsusjamg'armalar tashkil etildi.
Mahallalarda kichik va o'rta biznes, shuningdek, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shular
hisobiga yangi ish o'rinlarini yaratish, aholini tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan
ta'rninlovchi tarmoqlar qurish, uy-joy fondini va yo'llarni ta'mirlash, mahallalarni
obodonlashtirish, zamonaviy mahalla guzarlarini va bolalar sport inshootlarini barpo etish
borasidagi ishlar hajmi aniq belgilandi. ,,Obod mahalla yili" dasturini to'la amalga oshirish
uchun davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg'armalar, nodavlat tashkilotlari, xalqaro
tashkilotlar grantlari va kredit mablag'lari hisobiga 375,9 milliard so'm jalb etilishi nazarda
tutilgan.
Mahallalarimizni yanada obod qilish maqsadida obodonlash-ti-rish ishlari amalga
oshirildi. 1,7 mlrd so'm miqdorida mablag' sarflanib 310 ta mahalla guzari bunyod qilindi.
Ming kilometrlik suv tarmog'i va 1 ming 322 kilometrlik gaz tarmog'i ishga tushirildi. Ma-
hallalarda 36,2 mlrd so'mlik kredit mablag'lari hisobiga kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik korxonalari tashkil etilib, qariyib 155 mingta yangi ish o'rinlari yaratildi. 1,2
mlrd so'mlik xayriya yordami berildi. 2010-yilda fuqarolar yig'inlari va o'zini o'zi
boshqarish organlari — mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etdi.
Mahalla O'zbekistonda tarixda birinchi marta fuqarolarning o'zini o'zi
boshqaradigan tashkilotga aylandi. Mahalla yig'ini raisi (oqsoqol), mas'ul kotibi lavozimi
qonuniy asosda ta'sis etildi. Mahalla yig'ini raisi (oqsoqoli) va mas'ul kotiblariga oylik
maosh beriladigan bo'ldi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining mustaqillik
yillaridagi faoliyatiga baho berib, ishonch bilan aytish mumkinki, ular jamiyatni
boshqarishning sharqona va milliy qadriyatlar bilan uyg'unlashgan fuqarolik jamiyatining
negizi, demokratik institut sifatida o'zini to'la oqladi.
Jamiyatni demokratiyalashda, ijtimoiy adolatni ro'yobga chiqarishda Vatan ichra
kichik bir vatan bo'lmish mahal laning roli g'oyat kattadir. O'zbekistonda mahalla xalq
ishonchini qozongan adolat maskani hamda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash mexanizmi
bo'lib qoldi. Mahallalari obod bo'lgan
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
mamlakatgina ildam qadamlar bilan taraqqiy etadi, albatta.
Xorijiy mamlakatlarning rasmiy vakillari O'zbekistonda shakllangan mahalla tizimi
bilan qiziqib, uning faoliyati bilan yaqin-dan tanishmoqdalar. Ular O'zbekistondagi mahalla
tizimi fuqarolik jamiyatining asosi ekanligiga yuksak baho bermoqdalar.
9- §. Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va demokratik saylov tizimining
yaratilishi
Inson, uning huquqi va erkinligi masalasi demokratik huquqiy davlat, fuqarolik
jamiyatining muhim belgilaridan biri bo'lib, u davlat va jamiyatning qay darajada
rivojlanganini ko'rsatuvchi mezondir.
Xalqaro huquq normalarining tan olinishi
O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan kundan e'tiboran, inson huquqlari va
erkinligini aniq belgilash, ularning kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo'lidan
bordi. 1991- yil 31- avgustda qabul qilingan ,,O*zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi to'g'risida Oliy Kengash Bayonoti" da O'zbekiston Respublikasi xalqaro huquq
doirasida hamma e'tirof etgan qonun-qoidalar ustunligini tan oladi, deb bildirildi.
O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga doir BMT Bosh Assambleyasi
tomonidan qabul qilingan ,,Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" (1948- yil 10-
dekabr) ,,Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida xalqaro Pakt" (1966-yil 19-
dekabr), ,,Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt" (1966- yil 19- dekabr)
kabi xalqaro hujjatlar tan olindi va ularga sadoqat bilan amal qilinmoqda. O'zbekiston BMT
kotibiyatining inson huquqlari va erkinliklariga doir 21 ta deklaratsiya, pakt va
konvensiyalarga qo'shildi.
O'zbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hujjatlarini tan oldi va
uning demokratik institut va inson hu quqlari bo'yicha Byurosi bilan inson huquqlarini
himoya qilish sohasida hamkorlik qilmoqda.
Inson huquqlan va erkinliklari-oily qadriyat
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasmmg 13-moddasida O'zbekistonda
demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti,
erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb
belgilab qo'yildi.
Konstitutsiyada qonunlashtirib qo'yilganidek, O'zbekistonda barcha fuqarolar bir xil
huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan qat'i
nazar, qonun oldida tengdirlar.
O'zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda
Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarosi O'zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 7- bobida respublika fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari
quyidagicha ta'riflab berilgan:
· yashash huquqi;
· erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;
· aybsizlik prezumpsiyasi;
· shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va uy-joy daxlsizligi huquqi;
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
· bir joydan ikkinchi joyga ko'chish huquqi;
· fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi;
· fuqarolarning
o'z
huquq
va
manfaatlariga
daxldor
bo'lgan
hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi;
· vijdon erkinligi.
Mazkur huquq va erkinliklarga har bir shaxs ega bo'ladi hamda o'zi tomonidan
mustaqil amalga oshiriladi. Inson hayoti qonun bilan qo'riqlanadigan muqaddas qadriyatdir.
Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari O'zbekiston Res publikasining
Konstitutsiyasi, ,,Fuqarolik kodeksi" (1995- yil 21- dekabr), ,,Fuqarolarmng murojaatlari
to'g'risida" (1994-yil 6- may), „Fuqarolar muhofazasi to'gsrisida" (2000- yil 26- may),
,,Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida" (1998-yil 1- may kuni yangi tahrirda
qabul qilingan) va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan.
Siyosiy huquqlar, ularning kafolatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlarida fuqarolar- ning siyosiy huquqlari mustahkamlangan. Ular quyidagilardan
iborat:
davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish;
o'z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, namoyishlar va yig'ilishlar shaklida amalga
oshirish;
kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish,
ommaviy harakatlarda ishtirok etish;
vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va
shikoyatlar bilan murojaat qilish.
Fuqarolarning siyosiy huquqlari Konstitutsiya, ,,Jamoat tashkilotlari to'g'risida",
,,Ommaviy axborot vositalari to'g' risida", ,,Siyosiy partiyalar to'g'risida" va boshqa
Qonunlar bilan himoya qilinadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida
respublika fuqarolarining iqtisodiy va ijtimoiy Iqtisodiy huquqlari mustahkamlanib
qo'yilgan:
. uy-joyga ega bo'lish;
mulkdor bo'lish va undan erkin foydalanish;
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ishsizlikdan himoyalanish;
yollanib ishlaganda dam olish;
qariganda, mehnat qobiliyatini yo'qotganda, boquvchisidan mahrum bo'lganda
ijtimoiy ta'minot olish;
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish;
bilim olish;
ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish.
Fuqarolarning ijtimdiy va iqtisodiy huquqlari O'zbekiston Respublikasining
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi qonunlari bilan kafolatlangan. Kafolat deganda,
fuqarolarga belgilab qo'yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishni ta'minlaydigan
vositalar, usullar va shart-sharoitlar tushuniladi. Zarur bo'lgan hollarda inson huquqlari
sudda himoya qilinadi yoki tiklanadi. „ Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan
xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to'g'risida" gi Qonun (1995- yil
30- avgust) ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
Fuqarolarning burchlari Fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo'lgan huquqlari va
burchlari bilan o'zaro bog'langan. Davlat fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ham o'z
hududida, ham uning tashqarisida himoya qiladi, ularga homiylik qiladi. Shuningdek,
barcha fuqarolar davlat, jamiyat va boshqa fuqarolar oldida muayyan burchlarni,
majburiyatlarni ham o'taydi. Fuqarolarning burchlari, majburiyatlari Konstitutsiya va
qonunlarda belgilab qo'yilgan. Fuqarolarning burchlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |