O'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari


Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/93
Sana09.07.2021
Hajmi1,01 Mb.
#114160
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93
Bog'liq
Qamariddin 2- qism

Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish;
Vatanni himoya qilish;
harbiy yoki muqobil xizmatni o'tash;
boshqa  kishilarning  huquqlari,  erkinliklari,  sha'ni  va  qadr  qimmatini  hurmat
qilish;
O'zbekiston  xalqining  tarixiy,  ma'naviy  va  madaniy  meros  obyektlarini
avaylab-asrash;
qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig'imlarni to'lash;
tabiat  va  atrof-muhitni  saqlash,  tabiiy  boyliklarga  ehtiyotkorona  munosabatda
bo'lish.
O'zbekiston  Respublikasining  ,,Tabiatni  muhofaza  qilish  to'g'risida",  ,,Yer
to'g'risida", ,,Suv va suvdan foydalanish to'g'risida", ,,Atmosfera havosini muhofaza qilish
to'g'risida"  va  boshqa  Qonunlarida  fuqarolarning  tabiat  bilan  bo'ladigan  muloqotdagi
majburiyatlari belgilab berilgan.
Inson huquqlari bo’yicha vakil
Inson  huquqlarini    himoya  qiluvchi  tizimga  Qljy  Majlisnjng  inson  huquqlari
bo'yicha vakili (ombuds man), inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz kiradi.
1995- yil 23- fevralda birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
birinchi sessiyasida Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) lavozimi
ta'sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi.
Inson  huquqlari  bo'yicha  vakil  o'z  faoliyatida  huquqni  himoya  qiluvchi  organlar
bilan  aloqada  ishlaydi,  shaxslar  va  davlat,  shaxslar  va  hokimiyat  orasida  munosabatlarni
yaxshilashga ko'maklashadi.
Inson huquqlari bo'yicha vakilning maqomi va faoliyat doirasi 1997- yil 26- aprelda
qabul  qilingan  ,,Inson  huquqlari  bo'yicha  vakil  (ombudsman)  to'g'risida"  gi  Qonun  bilan
belgilab berildi. Vakil faohyatining asosiy yo'nalishlari:
inson huquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish;
shikoyatlarni  ko'rib  chiqish  bo'yicha  aniq  mexanizmni  yaratish  va  fuqarolar
huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko'rish;
vakilning  fuqarolar,  nohukumat  tashkilotlari  va  ommaviy  axborot  vositalari  bilan
inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash;
vakilning  inson  huquqlari  masalalari  bo'yicha  xalqaro  tashkilotlar  bilan
hamkorligini rivojlantirish.
Inson  huquqlari  bo'yicha  vakil  yil  oxirida  sohadagi  ishlar  haqida  parlament  va
Prezidentga  ma'ruzalar  kiritadi.  O'z  faoliyatini  olib  borish  paytida  vakilning  daxlsizligi
ta'minlanadi va u tergov ishlari sohasida katta vakolatlarga ega.
Vakil  BMT  ning  inson  huquqlari  bo'yicha  markazi,  EXHT  ning  demokratik
institutlar  va  inson  huquqlari  bo'yicha  burosi  bilan  hamkorlik  qiladi,  uchrashuvlar  va


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
xalqaro seminarlar uyushtiradi.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Prezident farmoniga asosan 1996-
yilning  noyabrida  tashkil  etilgan  ,,Inson  huquqlari  bo'yicha  Milliy  markaz"ning  ahamiyati
ham kattadir. Milliy markaz inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquq-larning muhofaza
qilinishi  yuzasidan  ilmiy  ma'ruzalar  tayyorlaydi.  Milliy  markaz  inson  huquqlari  bo'yicha
davlat  hoki-miyati,  boshqaruv  idoralari  va  jamoat  birlashmalariga  maslahatlar,  takliflar
berib  turmoqda,  sotsiologik  tadqiqotlar  o’tkazmoqda.  Milliy  markaz  fuqarolarning
huquqlarini  amalga  oshirish  va  rivojlantirish  bo'yicha  ma'lumotlarning  axborot  bazasini
barpo etdi, Shuningdek, Milliy markaz xalqaro va milliy tash-kilotlar, hukumatga qarashli
bo'lmagan  tashkilotlar  bilan  ham-korlik  qilmoqda,  inson  huquqlari  sohasida  davlatlararo
ikki  to-monlama  va  ko'p  tomonlama  bitimlar  ishlab  chiqish,  ekspert  baholash  ishlarida
qatnashmoqda.
Respublikamizda  qabul  qilinayotgan  qonun  hujjatlarining  in son  huquqlari
sohasidagi  xalqaro  me'yorlarga  muvofiqligini,  xalqaro  huquqiy  me'yorlarini
mamlakatimizning  amaldagi  qonun  hujjatlariga  joriy  etilishini  ta'minlashda  1996-  yil
dekabrda  tashkil  etilgan  Oliy  Majlis  huzuridagi  Amaldagi  qonun  hujjatlari  monitoring!
instituti ham ijobiy tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Demokratik saylov tizimining huquqiy asoslari
Davlat  hokimiyatining  birdan  bir  manbayi  xalqdir.  Demokratik  huquqiy  davlatda
xalq  hokimiyatchiligi,  asosan,  vakilliklar  yoli  bilan,  ya'ni  hokimiyat  organlari  umumxalq
saylovlari orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo'lgan muhim masalalar xalq
muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo'yiladi.
Odamlarning  saylov  huquqini,  o'z  hohish-irodasini  erkin  ifodalash,  o'z
manfaatlarini  ro'yobga  chiqarish  va  himoya  qilish  huquqini  ta'minlash  uchun  haqiqiy
shart-sharoit,  qonuniy-huquqiy  zamin  yaratib  berish  demokra-tiyaning  eng  muhim
tamoyilidir.
Demokratiyaning  bosh  talabi  bu  erkin  va  adolatli  say-lovlardir.  O'zbekistonda
xalqaro  huquq  andazalari  va  talablariga,  ilg'or  chet  el  tajribasiga  mos  saylov  qonunchiligi
yaratildi.  O'zbekistonda  mustaqillikning  dastlabki  yilida  ,,O'zbekiston  Respublikasining
referendum!  to'g'risida"  (1991-  yil  18-  noyabr)  va  ,,O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti
saylovi  to'g'risida"  (1991-  yil  18-  noyabr)  Qonunlari  qabul  qilindi.  1991-  yil  29-dekabrda
fuqarolarning  yuksak  faolligi  asosida  o'tgan  saylovlarda  xalqimiz  tomonidan  O'zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi ma'qullandi va Islom Karimov O'zbekiston Pre zidenti
etib saylandi. O'zbekistonda demokratik saylov o'tka-zishda ilktajriba to'plandi.
O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  qabul  qilinishi  natijasida  saylov
tizimining  huquqiy  asoslari  mustahkamlandi.  O'zbekiston  Respublikasining  fuqarolari
vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga
ega. O'z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O'zbekiston  Respublikasida  Prezident  saylovi,  hokimiyatning  vakillik  organlari
saylovi  umumiy,  teng,  to'g'-ridan  to'g'ri  saylov  huquqi  asosida  yashirin  ovoz  berish  yo'li
bilan  o'tkaziladi.  O'zbekiston  Respublikasining  18  yoshga  to'lgan  fuqarolari  saylash
huquqiga egadirlar. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117- modda.
Saylovlar  haqida,  saylov  o'tkazish  tartiblari  to'g'risida  bir  qa tor  qonunlar  qabul
qilindi.  ,,O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov  to’g’risida"  gi  (1993-  yil  28-
dekabr), ,,Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to'g'risida" gi


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
(1994- yil 5- may), ,,Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to'g'risida" gi (1994- yil 5-
may)  Qonunlar  shular  jumlasidandir.  1997-  yildan  boshlab  amaldagi  saylov  qonunlariga,
referendum to'g'risidagi qonunga bir qator o'zgartirishlar kiritildi, bo'lajak saylovlar uchun
zartir huquqiy asoslar yaratildi.
Saylov komissiyalari      
O'zbekistonda  saylovlarni  tashkil  tpoish uchun  mustaqil  Markaziy  say lov
komissiyasi  tuziladi.  Uning  maqomi  va  ish  yuritish  tartibi  1998-  yil  30-  aprelda  qabul
qilingan  ,,Markaziy  saylov  komissiyasi  to'g'risida"  gi  Qonunda  belgilab  qo'yildi.
Shuningdek,  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Oliy  Majlisga  saylov  o'tkazuvchi
okrug  va  uchastka  saylov  komissiyalari  tuziladi.  Saylov  uchastkalari  kamida  20  nafar  va
ko'pi  bilan  3000  nafar  saylovchidan  iborat  etib  tuziladi.  Masalan,  1999-  yilda  saylovlarni
tayyorlash va o'tkazish uchun respublikamizda 7684 ta saylov uchastkalari tuzildi.
Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylovni  tashkil  etish
ishlarini viloyat, tuman va shaharlarda tuziladigan saylov komissiyalari bajaradi, saylovlar
okrug  va  uchast ka  komissiyalari  tomonidan  o'tkaziladi.  Saylov  organlari  o'z  faoliyatida
qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mustaqillik, adolatlilik prinsi plariga rioya qiladi.
Respublika  saylov  tizimi  saylov  kunigacha  18  yoshga  to'lgan  har  bir  fuqaroning
ovoz berishda bevosita ishtirok etishini ta'minlaydigan demokratik tamoyillarga asoslanadi.
Sud  tomoni dan  huquqiy  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilgan  yoki  sud  hukmiga  ko'ra
ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saylovlarga qatnasha olmaydilar.
Saylov o'tkazish prinsiplari
O'zbekistonda  saylovlar  umumiy  va  tenglik  prinsipiga  asoslanadi.  Buning  ma'nosi
shuki, har bir saylovchining ovozi teng, ya'ni har bir saylovchi bitta ovozga ega.
Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqish, irqiy yoki milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tili,
dinga  munosabatidan  qat'i  nazar  teng  saylov  huquqiga  ega.  Saylovchilar  saylov
uchastkalariga teng, erkin kirish imkoniyatiga ega.
O'zbekistondagi  saylovlar  nomzodni  to'g'ridan  to'g'ri,  bevosita  saylashni
ta'minlovchi saylovlardir. Buning ma'nosi shuki, Prezident, Oliy Majlis va mahalliy vakillik
hokimiyatiga  saylovlarda  fuqarolar  bevosita  ishtirok  etadi,  AQSHda  Prezidentni  saylash
uchun  avval  saylovchilar  tanlanadi,  keyin  ana  shu  tanlangan  vakillar  Prezident  saylovida
qatnashadilar.
Saylovlarda yashirin ovoz berish ta'minlanadi, ovoz beruv-chining xohish-irodasini
nazorat  qilishiga  yo'l  qo'yilmaydi.  Say lov  uchastkalarida  ovoz  beriladigan,  byulletenlar
to'ldiriladigan alohida xonacha — kabinalar tuziladi. Xonachada ovoz beruvchidan boshqa
biron-bir  kishining  bo'lishi  man  qilinadi.  Byul-letenni  mustaqil  to'ldirish  imkoniga  ega
bo'lmagan saylovchi o'z xohishiga ko'ra, saylov komissiyasi a'zosidan boshqa biror shaxsni
xonachaga taklif etishi mumkin.
Saylovlar bir mandatli okruglarda hududiylik tamoyillari bo'yicha o'tkaziladi.
O'zbekistonda  saylovlar  ko'p  partiyaviylik  prinsipida  o't kaziladi.  O'zbekiston
Prezidentligiga,  Oliy  Majlis  deputatligi ga  nomzod  ko'rsatish  huquqi  siyosiy  partiyalarga,
Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Jo'qorg'i  Kengesi,  Toshkent  shahar  va  viloyatlar  xalq
deputatlari  Kengashiga  va  fuqarolar  tomoni-dan  shakllantiriladigan  tashabbuskor
guruhlariga berilgan. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari xalq deputat lari tuman
va shahar kengashlari deputatligiga nomzod ko'rsatish huquqiga ega. Respublika bo'yicha
barcha  darajalardagi  davlat  hokimiyati  vakillik  organlariga  7  mingdan  ziyod  deputatlar


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
saylanadi.  Har  bir  deputatlik  o'rniga  kamida  3—4  tagacha  nomzodlar  qo'yiladi  va  ular
o'rtasida qizg'in bahs, kurash ketadi.
Saylov natijalarini aniqlash
O'zbekistonda saylov natijalari eng demokratik majoritar usulda aniqlanadi. Saylov
natijasida  saylovda  qatnashganlarning  50  foizi  +  1  ovoz  olgan  nom zod  saylangan
hisoblanadi.  Agar  saylovchilarning  ro'yxatiga  kiritilgan  saylovchilarning  yarmidan  kami
saylov  yoki  referen-dumda  ishtirok  etgan  bo'lsa,  saylov  yoki  referendum  o'tmagan  deb
hisoblanadi.
Basharti saylov okrugi yoki uchastkasida saylov o'tmagan deb topilsa, nomzodning
saylanganligini  aniqlash  imkoni  bo'lmasa  qo'yilgan  nomzodlardan  birontasi  50  foiz  +  1
ovoz  olol-masa  takroriy  saylov  o'tkaziladi.  Takroriy  saylov  asosiy  saylovdan  keyin  ko'pi
bilan bir oy ichida o'tkaziladi. Takroriy say lovda ovoz berish asosiy saylov o'tkazish uchun
tuzilgan  saylovchilarning  ro'yxatlari  bo'yicha  o'tkaziladi,  ovoz  berish  byulleteniga  asosiy
saylovda  boshqalarga  nisbatan  ko'proq  ovoz  olgan  ikki  nomzod  kiritiladi,  oddiygina  ko'p
ovoz olgan nomzod yutib chiqadi.
Mustaqillik  davrida  yaratilgan  demokratik  saylov  tamoyillari  asosida  Prezident
saylovi,  Oliy  Majlis  saylovi,  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlari  deputatlari  saylovi,
muhim  masalalar  bo'yicha  referendumlar  bo'lib  o'tdi.  Ularning  yakunlari  respublika
fuqarolarining faol qatnashganligini yaqqol namoyon etdi.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda mustaqillik yillarida demokratik saylov tizimi
yaratildi,  O'zbekistonning  saylov  qonunchiligi,  saylovni  o'tkazish  tartiblari  xalqaro
andazalar (standanlar)ga to'la mos keladi.
10-  §.  Siyosiy  partiyalar,  jamoat  tashkilotlari  va  ommaviy  axborot  vositalarining
rivojlanishi
Har bir mamlakatda demokratiya va fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik, yetuklik
darajasi  siyosiy  partiyalar,  harakatlar,  nodavlat  va  notijorat  tashkilotlarining  mavjudligi,
jamiyatdagi  o'rni  va  faolligi  bilan  belgilanadi.  Shuiu  yaxshi  uqub  olishimiz  kerakki,
jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari
bo'Imas  eltan,  davlat  hokimiyatining  barcha  bo'g'inlarida  o'zboshimchalik,  valuntarizm,
avtoritar  tafakkur  va  boshqaruv  apparatining  korrupsiyasi  singari  illatlar  paydo
bo'lmasligiga jiddiy kafolat ham bo'lmaydi. Islom Karimov. Asarlar. 5-jild, 121- bei
Siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, nodavlat va notijorat tashkilotlari, ommaviy
axborot vositalari jamiyatda fikrlar erkinligi va muxolifatni shakllantiradi, aholining siyosiy
faolligi va siyosiy madaniyatini o'sib borishiga xizmat qiladi. Afsuski, sovetlar hukmronligi
davrida  XX  asr  boshlaridayoq  Vatanimizda  shakllana  boshlagan  siyosiy  tashkilotlar  va
ularning  rahbarlari  yo'q  qilib  tashlandi,  kommunistik  partiyadan  boshqa  siyosiy  partiyalar
tuzish taqiqlandi.
Mustaqillik sharofati bilan O'zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun
zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalarini shakllantirishning huquqiy asoslari
O'zbekiston  Respublikasining  Kons-titutsiyasi  va  ,,Jamoat  tashkilotlari  to'g'risida"
gi Qonunida jamoat bir-lashmalarining huquqiy maqomlari belgilab berildi.
Konstitutsiyaning  56-moddasiga  muvofiq,  O'zbekiston  Respublikasida  qonunda


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
belgilangan  tartibda  ro'yxatdan  o'tka-zilgan  kasaba  uyushmalari,  siyosiy  partiyalar,
olimlarning  jamiyatlari,  xotin-qizlar,  faxriylar  va  yoshlar  tashkilotlari,  ijodiy  uyushmalar,
ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e'tirof
etilgan.
O'zbekiston  fuqarolari  siyosiy  partiyalarga  va  boshqa  jamoat  birlashmalariga
uyushish,  ommaviy  harakatlarda  ishtirok  etish  huquqiga  egadirlar.  Siyosiy  partiyalar  turli
tabaqa  va  guruhlarning  siyosiy  irodasini  ifodalaydilar  va  o'zlarining  demokratik  yo'l  bi lan
saylab qo'yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar.
O'zbekiston  Respublikasining  ,,Siyosiy  partiyalar  to'g*risida"gi  (1996-  yil  25-
dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va
mustahkamlandi. Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:
o'z  faoliyati  to'g'risidagi  axborotni  erkin  tarqatish,  o'z  g'oyalari,  maqsadlari  va
qarorlarini targ'ib qilish;
qonunda  belgilab  qo'yilgan  tartibda  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  Oliy
Majlis, mahalliy vakillik hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish