shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq
deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir", deb aniq belgilab
qo'yildi. Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va tumanga bo'ysunuvchi shaharlarda
vakillik organlari tuzilmaydi. ,,Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga
saylov to'g'risida" gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to'lgan fuqarolar saylanadi.
Saylovlar ko'ppartiyaviylik, muqobillik asosida o'tadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent
shahar Kengashlariga 60 tadan ko'p bo'lmagan, tuman va shahar Kengashlariga esa 30
tadan ko'p bo'lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi. Mustaqillik yillarida 1994-
yildan e'tiboran har 5 yilda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga
ko'ppartiyaviylik, muqobillik asosida saylovlar bo'lib o'tdi. Jumladan, 1999-yilgi saylovda
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 6145 na-far deputat saylandi.
Hokimlikning tashkil etilishi
O'zbekiston Respublikasida mahalliy ijroiya hokimiyati organi qayta tashkil etildi.
Bu borada milliy davlatchilik tarixi tajribasidan ijodiy foydalanildi. Jumladan, Amir Temur
davridagi davlatchilikka nazar tashlasak, o'sha zamonlarda viloyatlar, shaharlar hokimlar
tomonidan yakkaboshchilik asosida boshqarilganiga guvoh bo'lamiz.
1992-yil 4-yanvarda ,,O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini
qayta tashkil etish to'g'risida" Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq
respublikaning hamma hududida mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida hokim lavozimi
ta'sis etildi. Hokimlar faqatgina ijro hokimiyati organlarigagina emas, shuningdek, mahalliy
vakillik organlariga ham rahbarlik qiladigan organ sifatida mustahkamlandi. Hokimning
vakolat muddati 5 yil bo'lib. u tegishli hududda vakillik organiga ham, ijro hokimiyatiga
ham boshchilik qiladigan mansabdor shaxs hisoblanadi.
Ijro organlarida bog'liqlikni ta'minlash maqsadida, viloyat hokimlari O'zbekiston
Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari
Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi, Vakillik organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi
tumanlarda va tumanga bo'ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta'sis etildi, ularning
apparati — hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi
O'zbekiston Prezidentining shu joylardagi vakili hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari
hokimlari esa Toshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi.
1992-yilda Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 159 ta qishloq tumani va 18 ta
shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning
apparati — hoki miyatlar tuzildi.
Mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kiradigan masalalar va vazifalar
Konstitutsiyaning 100- va 101- moddalarida aniq belgilab qo'yilgan. Ular quyidagilardan
iborat:
· qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsiz ligini ta'minlash;
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
· hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
· mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig'imlarni
belgilash, budjetdan tashqari jamg'armalarni hosil qilish;
· mahalliy kommunal xo'jalikka rahbarlik qilish;
· atrof-muhitni muhofaza qilish;
· fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlash;
· normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan
boshqa vakolatlarni amalga oshirish;
· O'zbekiston Pespublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, davlat hokimiyati
yuqori organlarining qarorlarini amalga oshirish;
· xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qi lish, respublika va
mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashish.
Mustaqillik yillarida mahalliy hokimiyatni shakllantirish bo'yicha amalga oshirilgan
islohotlar natijasida ijro hokimiyati bilan vakillik hokimiyati bir-biridan rasman ajratildi.
Hokimlar xalq deputatlari Kengashlariga bo'ysunmaydi, ammo Kengash oldida liisob berib
turadi. Shu bilan birga hokimlarni joylarda ham vakillik, ham ijro hokimiyati organlariga
boshchilik qilish holati-ni vakillik organlari hokimlarga bo'ysunadi, deb tushunmaslik
kerak. Vakillik organlari hokimlarga bo'ysunmaydi, vakillik or ganlari ishini tashkil qilishga
hokimlar boshchilik qiladilar.
Hokim mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni fuqaro-laming manfaatiga
mos ravishda hal qilish bilan shug'ullanadi. Shu maqsadda barcha korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ba-jarilishi rnajburiy
bo'lgan qarorlar qabul qiladi. Hokimlar o'zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va
faoliyati uchun shaxsan javobgardir.
O'zbekistonning mustaqil taraqqiyot tarixi guvohlik beradiki, ayrim hokimlar o'z
faoliyatida jiddiy xatolarga yo'l qo'ymoqdalar. O'zlariga yuklatilgan mas'uliyatli vazifalarni
bajarishni uddalay olmagan, o'z lavozimini suiiste'mol qiluvchi hokimlar ham uchrab
turadi. Bunday hollarda ular vakolat muddatidan oldin hokimlik lavozimidan
chetlashtirilmoqda.
Shunday qilib, Mustaqillik yillarida markaziy, viloyat, sha har va tumanlar
darajasidagi davlat hokimiyati va boshqaruv tartiblari tubdan yangi shaklda barpo etildi.
Mahalliy davlat hokimiyatini shakllantirishda o'zbek milliy davlatchiligining tari-xiy
an'analari, rivojlangan davlatlarning zamonaviy tajribalari inobatgaolindi.
Sud hokimiyati
Demokratik davlat qurilishida sud ho kimiyatini shakllantirish muhim aha miyatga
ega. Sud hokimiyati demokratik davlatda mustaqil ho-kimiyat hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish
yuritadi. (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasi).
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993- yil 2-sentabrda qabul
qilingan »Sudlar to'g'risida" &. qonun asosida sud islohotlari o'tkazildi. O'zbekiston
tarixida birinchi marta O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Qoraqalpo g'iston
Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo'mitasi tuzildi. Konstitutsiyaviy sud siyosat va
huquq sohasidagi mutaxassislardan tuziladi.
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi:
qonunlarning, Prezident farrnonlarining, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy
organlari qarorlarining, O'zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa
majburiyatlarning O'zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog'iston Res publikasi qonunlarining O'zbekiston Respublikasi
qonunlariga muvofiqligi to'g'risida xulosa beradi;
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qo nunlari bilan berilgan vakolat
doirasida boshqa ishlarni ham ko'rib chiqadi.
O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi sud tizimining boshqa
tarmoqlari tashkil etildi (12- chizma).
O'zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan yangi
tahrirdagi ,,Sudlar to'g'risida" va 2001- yil 29- avgustda qabul qilingan „ Jinoiy jazolarni
liberallashtirilishi
munosabati
bilan
O'zbekiston
Respublikasining
jinoyat,
jinoyat-protsessual kodekslari hamda ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga
o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish haqida" gi qonunlar asosida yanada takomillashib
bormoqda. Sud ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,
sudlanuvchining sud himoyasi huquqi bilan ta'minlanishiga, fuqarolar huquq va
erkinliklarining himoyalanishiga e'tibor tobora yaxshilanib bormoqda. Sud hokimiyati
qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta'minlash yo'lida
faoliyat ko'rsatmoqda.
O'zbekistonda sudlar ixtisoslashtiriladi, fuqorolik va jinoiy ishlar bo'yicha alohida
sudlar tashkil etildi. Sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi o'zlariga xos bo'lmagan
vazifalardan ozod qilindi. 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda o'lim jazosi bekor qilindi,
fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o'tkazildi.
Demak, mamlakatimizda jinoiy jazolashning eng insonparvar huquqiy tizimi tashkil etildi.
Muxtasar aytganda, O'zbekiston Respublikasida prezidentlik-respublika boshqaruv
tizimi qaror topdi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir-biriga daxlsiz
holda faoliyat yuritmoqda.
8- §. Mahalliy o'zini o'zi boshqarishning tashkil etilishi
O'zbekiston taraqqiyotining bosh yo'li jamiyatni demokratlashtirish, adolatli, ochiq
fuqarolik jamiyati qurishdan iboratdir.
Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andazalar
yo'q. Islom Karimov dunyoda bir-biriga o'xshagan ikkita inson bo'lmaganidek, bir-biriga
aynan o'xshagan ikki davlat ham yo'q deganida haqlidir. To'g'ri, demokra tik jamiyatning
xalqaro miqyosda e'tirof etilgan tamoyillari bor: insonning o'z xohish-irodasini erkin
bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikning ko'pchilikka bo'ysunishi; davlat va jamiy at
boshqaruvida qonun ustuvorligi; davlat hokimiyat organlarining saylab qo'yilishi va
ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O'zbekiston demokratik jamiyat
qurishda ana shu tamoyillarga, umumjahon sivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek,
xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma'naviy taraqqiyotining hosilini, milliy
davlatchiligimiz negizlarini, buyuk madaniyatimiz tomirlarini, ma'naviy merosimiz
ildizlarini, milliy xususiyatlarimiz va boy an'analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
etish yo'lidan bormoqda.
Demokratik jarayonning individualizm falsafasiga tayanuvchi, inqilobiy
o'zgarislilarga moyil g'arb namunasi O'zbekistonga unchalik to'g'ri kelavermaydi. Sharq
falsafasi va islom dini ta'limotlarini aks ettiruvchi hamjihatlik g'oyasi va jamoatchilik
fikrining ustuvorligiga tayanuvchi sharqona demokratik qadriyatlar O'zbekiston uchun asos
qilib olindi. O'zbekistonda shoshmashosharlikka yo'l qo'yilmasdan, odamlarning tafakkuri
va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o'zgarishlar darajasi va sur'atlari bir-biriga qanchalik
mutanosib ekanligi hisobga olinmoqda.
O'zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g'oyasiga asoslanmoqda.
Respublikamizda odamlar o'z qobiliyati va ehtiyojlarini to'la namoyon qilish va amalga
oshirishlari uchun zarur bo'lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga
keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e'tibor berildi. Negaki, busiz adolatli
jamiyat qurib bo'lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir
insonning taqdiri, turmushi, jamiyatdagi o'rni uning o'ziga, salohiyatiga, mehnat qilish
istagi, oqilu uddaburonligiga bog'liq bo'ladi.
Mahalla
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish masalalari fuqarolik jamiyatini
shakllantirishning ajralmas qismidir. Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, O'zbek jamiyatida
jamoa bo'lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. „ Mahalla" so'zi arabcha ,,Mahallun"
so'zidan kelib chiqqan bo'lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan ma'noni
anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi kichik hududiy birlik bo'lib, o'tmishdan meros bo'lib
kelmoqda. Ma'lum bir mahallada istiqomat qiluvchi odamlar faqat qo'ni-qo'shnichilik
rishtalari bilangina emas, balki ichki tartib-qoida, ma'naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar,
an'analar, umumiy manfaatlar va majburiyatlar bilan ham bog'liqdir. Agar Yevropa
mamlakatlaridagi shaharlarda odamlar ijtimoiy kelib chiqishiga qarab »aslzodalar
Do'stlaringiz bilan baham: |