O'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/93
Sana09.07.2021
Hajmi1,01 Mb.
#114160
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93
Bog'liq
Qamariddin 2- qism

o'zing  asra" shiori  ostida  odamlarni  ogohlikka  chaqirish,  mahalla  posbonlarini
shakllantirish  va  ularning  faoliyatini  yo'naltirish,  oilaviy  tantanalar  va  marosimlarni
o'tkazishda dabdababozlik va manmanlikka yo'l qo'ymaslik ishlari bilan shug'ullanmoqda.
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari O'zbekiston Prezidentining 1999- yil
13-  yanvarda  chiqqan  ,,Aholini  aniq  yo'naltirilgan  ijtimoiy  madad  bilan  ta'minlashda
fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  rolini  oshirish  to'g'risida"  gi  farmoni  hamda
Vazirlar  Mahkamasining  2002-  yil  25-yanvardagi  ,,Aholining  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj
qatlamlarini  aniq  yo'naltirilgan  tarzda  qo'llab-quwatlashning  2002—2003-yillarga
mo'ljallangan  dasturini  amalga  oshirish  chora-tadbirlari  to'g'risida"  gi  Qarori  talablarini
amalga oshirmoqdalar.
Kam  ta'minlangan  oilalarga  yordam  ko'rsatish,  ko'p  bolali  muhtoj  oilalarga
nafaqalar  tayinlash  bo'yicha  ajratilgan  mablag'lardan  o'z  o'rnida  samarali  foydalanishni
ta'minlamoqdalar.  Faqat  2000-  yilning  o'zida  aholining  kam  ta'minlangan  qismiga
fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari  orqali  54,2  mlrd  so'm  miqdorida  nafaqa,
ko'mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. O'zini o'zi boshqarish organlari tarbiyaga oid
masalalar  yuzasidan  ta'lim  muassasalari  bilan  hamkorlik  qilish,  voyaga  yetmagan  yoshlar
bilan  ishlash,  ularning  huquqlarini  himoya  qilish,  qariyalarga  shafelik  qilish,  aholini  ish
bilan ta'minlash kabi ishlarga bosh-qosh bo'lmoqdalar.
Prezidentimiz  Islom  Karimov  tashabbusi  bilan  2003-yil  ,,Obod  mahalla  yili"  deb
e'lon  qilindi  va  ,,Obod  mahalla  yili"  dasturini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  bo'yicha
respublika  komissiyasi  tuzildi.  Mazkur  komissiya  yil  davomida  amalga  oshi-rilishi  zarur
bo'lgan tadbirlarning dasturini ishlab chiqdi. 2003-yil 7- fevralda O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining ,,obod mahalla yili" dasturi to'g'risida qarori e'lon qilindi.
Mazkur dastur quyidagi muhim maqsad va vazifalarni hayotda ro'yobga chiqarishga
qaratilgan:


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
mahallaning  davlat  va  jamiyat  boshqaruvidagi,  jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy  va
iqtisodiy hayotidagi roli va maqomini mustahkamlash;
mahalla  faoliyatining  amaldagi  me'yoriy-huquqiy  bazasini  takomillashtirish,  uning
vakolatlarini kengaytirish va fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi mas'uliyatini oshirish;
mahalla  faoliyatining  moddiy  bazasini  mustahkamlash,  mahalla  hududida
tadbirkorlikni, xizmatlar ko'rsatish va savdo sohalarini rivojlantirish, shular hisobiga yangi
ish o'rinlari barpo etish;
mahallaning 
ijtimoiy-infratuzilmasini 
rivojlantirish, 
uning 
hududlarini
obodonlashtirish, kommunal tarmoqlarni rivoj lantirish;
 mahalla  tomonidan  kam  ta'minlangan  oilalarga  aniq  yo'nalishli  moddiy  yordamni
va yosh oilalarni qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish;
keksa avlodga e'tibor va g'amxo'rlikni kuchaytirish;
mahalla  aholisiga  tibbiy  va  sanatoriy-kurort  xizmati  ko'rsatilishini  yaxshilash,
bolalar sportini rivojlantirish;
mahallaning  aholi  o'rtasida  sog'lom  turmush  tarzi,  ijtimoiy  adolat,  o'zaro
mehr-oqibat  va  ma'naviy-axloqiy  tarbiya  bilan  bog'liq  milliy  qadriyat  va  urf-odatlarimizni
keng targ'ib qilish, ularni asrab-avaylash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish.
,,Obod  mahalla  yili"  dasturini  bajarilishini  ta'minlash  maqsadida  fuqarolarning
o'zini  o'zi  boshqarish  organlarini  rivojlantirish  bo'yicha  maxsusjamg'armalar  tashkil  etildi.
Mahallalarda kichik va o'rta biznes, shuningdek, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shular
hisobiga  yangi  ish  o'rinlarini  yaratish,  aholini  tabiiy  gaz  va  toza  ichimlik  suvi  bilan
ta'rninlovchi  tarmoqlar  qurish,  uy-joy  fondini  va  yo'llarni  ta'mirlash,  mahallalarni
obodonlashtirish, zamonaviy mahalla guzarlarini va bolalar sport inshootlarini barpo etish
borasidagi ishlar hajmi aniq belgilandi. ,,Obod mahalla yili" dasturini to'la amalga oshirish
uchun  davlat  budjeti,  budjetdan  tashqari  jamg'armalar,  nodavlat  tashkilotlari,  xalqaro
tashkilotlar grantlari va kredit mablag'lari hisobiga 375,9 milliard so'm jalb etilishi nazarda
tutilgan.
Mahallalarimizni  yanada  obod  qilish  maqsadida  obodonlash-ti-rish  ishlari  amalga
oshirildi. 1,7 mlrd so'm miqdorida mablag' sarflanib 310 ta mahalla guzari bunyod qilindi.
Ming kilometrlik suv tarmog'i va 1 ming 322 kilometrlik gaz tarmog'i ishga tushirildi. Ma-
hallalarda  36,2  mlrd  so'mlik  kredit  mablag'lari  hisobiga  kichik  biznes  va  xususiy
tadbirkorlik  korxonalari  tashkil  etilib,  qariyib  155  mingta  yangi  ish  o'rinlari  yaratildi.  1,2
mlrd  so'mlik  xayriya  yordami  berildi.  2010-yilda  fuqarolar  yig'inlari  va  o'zini  o'zi
boshqarish organlari — mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etdi.
Mahalla  O'zbekistonda  tarixda  birinchi  marta  fuqarolarning  o'zini  o'zi
boshqaradigan  tashkilotga  aylandi.  Mahalla  yig'ini  raisi  (oqsoqol),  mas'ul  kotibi  lavozimi
qonuniy  asosda  ta'sis  etildi.  Mahalla  yig'ini  raisi  (oqsoqoli)  va  mas'ul  kotiblariga  oylik
maosh  beriladigan  bo'ldi.  Fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish  organlarining  mustaqillik
yillaridagi  faoliyatiga  baho  berib,  ishonch  bilan  aytish  mumkinki,  ular  jamiyatni
boshqarishning  sharqona  va  milliy  qadriyatlar  bilan  uyg'unlashgan  fuqarolik  jamiyatining
negizi, demokratik institut sifatida o'zini to'la oqladi.
Jamiyatni  demokratiyalashda,  ijtimoiy  adolatni  ro'yobga  chiqarishda  Vatan  ichra
kichik  bir  vatan  bo'lmish  mahal laning  roli  g'oyat  kattadir.  O'zbekistonda  mahalla  xalq
ishonchini qozongan adolat maskani hamda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash mexanizmi
bo'lib qoldi. Mahallalari obod bo'lgan


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
mamlakatgina ildam qadamlar bilan taraqqiy etadi, albatta.
Xorijiy mamlakatlarning rasmiy vakillari O'zbekistonda shakllangan mahalla tizimi
bilan qiziqib, uning faoliyati bilan yaqin-dan tanishmoqdalar. Ular O'zbekistondagi mahalla
tizimi fuqarolik jamiyatining asosi ekanligiga yuksak baho bermoqdalar.
9- §. Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va demokratik saylov tizimining
yaratilishi
Inson,  uning  huquqi  va  erkinligi  masalasi  demokratik  huquqiy  davlat,  fuqarolik
jamiyatining  muhim  belgilaridan  biri  bo'lib,  u  davlat  va  jamiyatning  qay  darajada
rivojlanganini ko'rsatuvchi mezondir.
Xalqaro huquq normalarining  tan olinishi
O'zbekiston  o'z  mustaqilligini  qo'lga  kiritgan  kundan  e'tiboran,  inson  huquqlari  va
erkinligini  aniq  belgilash,  ularning  kafolati  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratish  yo'lidan
bordi.  1991-  yil  31-  avgustda  qabul  qilingan  ,,O*zbekiston  Respublikasining  Davlat
mustaqilligi to'g'risida Oliy Kengash Bayonoti" da O'zbekiston Respublikasi xalqaro huquq
doirasida hamma e'tirof etgan qonun-qoidalar ustunligini tan oladi, deb bildirildi.
O'zbekistonda  inson  huquqlari  va  erkinliklariga  doir  BMT  Bosh  Assambleyasi
tomonidan  qabul  qilingan  ,,Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi"  (1948-  yil  10-
dekabr)  ,,Iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  huquqlar  to'g'risida  xalqaro  Pakt"  (1966-yil  19-
dekabr), ,,Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt" (1966- yil 19- dekabr)
kabi xalqaro hujjatlar tan olindi va ularga sadoqat bilan amal qilinmoqda. O'zbekiston BMT
kotibiyatining  inson  huquqlari  va  erkinliklariga  doir  21  ta  deklaratsiya,  pakt  va
konvensiyalarga qo'shildi.
O'zbekiston  Yevropa  Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Tashkiloti  hujjatlarini  tan  oldi  va
uning  demokratik  institut  va  inson  hu quqlari  bo'yicha  Byurosi  bilan  inson  huquqlarini
himoya qilish sohasida hamkorlik qilmoqda.
Inson huquqlan va erkinliklari-oily qadriyat 
O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasmmg  13-moddasida  O'zbekistonda
demokratiya  umuminsoniy  prinsiplarga  asoslanadi,  ularga  ko'ra  inson,  uning  hayoti,
erkinligi,  sha'ni,  qadr-qimmati  va  boshqa  daxlsiz  huquqlari  oliy  qadriyat  hisoblanadi.
Demokratik  huquq  va  erkinliklar  Konstitutsiya  va  qonunlar  bilan  himoya  qilinadi,  deb
belgilab qo'yildi.
Konstitutsiyada qonunlashtirib qo'yilganidek, O'zbekistonda barcha fuqarolar bir xil
huquq  va  erkinliklarga  ega  bo'lib,  jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini,  ijtimoiy  mavqeyidan  qat'i
nazar, qonun oldida tengdirlar.
O'zbekiston  Respublikasida  yagona  fuqarolik  qabul  qilingan,  ayni  vaqtda
Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarosi O'zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 7- bobida respublika fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari
quyidagicha ta'riflab berilgan:
· yashash huquqi;
· erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;
· aybsizlik prezumpsiyasi;
· shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va uy-joy daxlsizligi huquqi;


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
· bir joydan ikkinchi joyga ko'chish huquqi;
· fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi;
· fuqarolarning 
o'z 
huquq 
va 
manfaatlariga 
daxldor 
bo'lgan
hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi;
· vijdon erkinligi.
Mazkur  huquq  va  erkinliklarga  har  bir  shaxs  ega  bo'ladi  hamda  o'zi  tomonidan
mustaqil amalga oshiriladi. Inson hayoti qonun bilan qo'riqlanadigan muqaddas qadriyatdir.
Insonning  shaxsiy  huquq  va  erkinliklari  O'zbekiston  Res publikasining
Konstitutsiyasi,  ,,Fuqarolik  kodeksi"  (1995-  yil  21-  dekabr),  ,,Fuqarolarmng  murojaatlari
to'g'risida"  (1994-yil  6-  may),  „Fuqarolar  muhofazasi  to'gsrisida"  (2000-  yil  26-  may),
,,Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to'g'risida"  (1998-yil  1-  may  kuni  yangi  tahrirda
qabul qilingan) va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan.
Siyosiy  huquqlar,  ularning  kafolatlari  O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va
qonunlarida fuqarolar-  ning  siyosiy  huquqlari  mustahkamlangan.  Ular  quyidagilardan
iborat:
davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish;
o'z  ijtimoiy  faolliklarini  mitinglar,  namoyishlar  va  yig'ilishlar  shaklida  amalga
oshirish;
kasaba  uyushmalariga,  siyosiy  partiyalarga,  jamoat  birlashmalariga  uyushish,
ommaviy harakatlarda ishtirok etish;
vakolatli  davlat  organlariga,  muassasalariga  yoki  xalq  vakillariga  ariza,  taklif  va
shikoyatlar bilan murojaat qilish.
Fuqarolarning  siyosiy  huquqlari  Konstitutsiya,  ,,Jamoat  tashkilotlari  to'g'risida",
,,Ommaviy  axborot  vositalari  to'g' risida",  ,,Siyosiy  partiyalar  to'g'risida"  va  boshqa
Qonunlar bilan himoya qilinadi.  O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida
respublika  fuqarolarining  iqtisodiy  va  ijtimoiy  Iqtisodiy  huquqlari  mustahkamlanib
qo'yilgan:
. uy-joyga ega bo'lish;
mulkdor bo'lish va undan erkin foydalanish;
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ishsizlikdan himoyalanish;
yollanib ishlaganda dam olish;
qariganda,  mehnat  qobiliyatini  yo'qotganda,  boquvchisidan  mahrum  bo'lganda
ijtimoiy ta'minot olish;
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish;
bilim olish;
ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish.
Fuqarolarning  ijtimdiy  va  iqtisodiy  huquqlari  O'zbekiston  Respublikasining
iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy  sohalardagi  qonunlari  bilan  kafolatlangan.  Kafolat  deganda,
fuqarolarga  belgilab  qo'yilgan  huquq  va  erkinliklarni  amalga  oshirishni  ta'minlaydigan
vositalar,  usullar  va  shart-sharoitlar  tushuniladi.  Zarur  bo'lgan  hollarda  inson  huquqlari
sudda himoya qilinadi yoki tiklanadi. „ Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan
xatti-harakatlar  va  qarorlar  ustidan  sudga  shikoyat  qilish  to'g'risida"  gi  Qonun  (1995-  yil
30- avgust) ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
Fuqarolarning  burchlari  Fuqaro  va  davlat  bir-biriga  nisbatan  bo'lgan  huquqlari  va
burchlari  bilan  o'zaro  bog'langan.  Davlat  fuqarolar  huquqlari  va  erkinliklarini  ham  o'z
hududida,  ham  uning  tashqarisida  himoya  qiladi,  ularga  homiylik  qiladi.  Shuningdek,
barcha  fuqarolar  davlat,  jamiyat  va  boshqa  fuqarolar  oldida  muayyan  burchlarni,
majburiyatlarni  ham  o'taydi.  Fuqarolarning  burchlari,  majburiyatlari  Konstitutsiya  va
qonunlarda belgilab qo'yilgan. Fuqarolarning burchlari:

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish