adabiyoti o’zining buyuk istiqlol sari asta-sekin ilgarilab borishi davomida tez
o’zgaruvchan tarixiy jarayonlarning kutilmagan ne-ne sinovlariga, hukmron
tuzumning zarbalariga duch kelganligi shubhasiz. Shu nuqtai nazardan o’zbek
ijodkorlari faoliyatiga baho beradigan bo’lsak, so’z sa’natkorlari vaziyat taqozosi
bilan hukmron tuzum siyosati va mafkurasi talablari va yo’l-yo’riqlarini
bajarishga majbur etildilar. Shu bois ular sinfiylik, partiyaviylikka, marksizm-
leninizm aqidalariga asoslangan holda ijod qildilar. Ijod erkinligining bunday
cheklanganligi, tabiiyki, ijod ahlining emin-erkin faoliyat yuritishiga halaqit
berar, ko’plab muhim ijtimoiy masalalarni haqqoniy, to’laqonli yoritishdan
mahrum etardi. Shunday tarzda ijod etishga majbur bo’lishlik ko’plab shoiru
adiblar uchun o’sha zamonda qismat bo’lgan.
kishilari» uchun ochib bergan «mislsiz» imkoniyatlarini ko’klarga ko’tarib
maqtash ohanglari «ufurib» turadi. Bu hol amaliy, tasviriy san’at yoxud
monumental san’at asarlariga ham birdek xosdir.
Chunonchi, sovet hokimiyati davrida O’zbekistonda yaratilgan mahobatli
haykallarning asosiy qismi «Inqilob yo’lboshchisi» - Leninga bag’ishlanganligi
aniqdir. Shuningdek, Lenin va kompartiya mavzularini keng rejada yoritish va
ulug’lash respublikada ishlangan va ekranlarga chiqarilgan behisob
kinofilmlarning bosh mazmuni,mohiyatini tashkil etgani faktdir. Bunday filmlar
sirasiga «Inqilob tongi», «Inqilob chavandozlari», «Yo’lchi yulduz», «Lenin
yo’llanmasi bilan», «Olovli yo’llar» singari kino mahsulotlarini nisbat berish
mumkin. Ularning bosh qahramonlari, «harakatlantiruvchi» kuchlari
hamishagidek Lenin va uning yaqin safdoshlari, komfirqa rahnomalari edi.
Bordiyu bu asarlarga asosiy qahramon etib mahalliy inqilobchi yohud ilg’or
mehnat kishisi olingan taqdirda ham voqealarning o’sishi, rivoji davomida uning
faoliyati «ulug’ og’alar» g’oyaviy-tarbiyaviy ta’sirida ularga qorishib, singishib,
sezilarsiz holga kelib qolardi. Sovetlar mamlakatida shakllantirilgan qudratli
mafkuraviy vositalar - radio, televidenie, matbuot va boshqa ommaviy axborot
kanallari to’lig’icha hukmron tuzum minbariga aylantirilib, ular vositasida xalq
ommasining ongi, tafakkuri va dunyoqarashini zabt etish uchun tom ma’noda
informatsion kurash olib borilgan.
Tuzum mafkurachilari va maddohlarining o’zbek zaminida qilgan qabohati,
qoldirgan asorati yana shundaki, namoyon bo’ladiki, ular xalqimizning ming
yilliklar qa’riga borib tutashuvchi bebaho ma’naviy qadriyatlari, umrboqiy
udumlari va an’analarini yo’q qilish uning imoni, e’tiqodini suslashtirish va
barham toptirishga zo’r berib harakat etdilar. Bu bilan ular yurtimiz fuqarolarini
hukmron tuzumning har qanday topshirig’ini so’zsiz passiv, loqayd, manqurt
kishilarga aylantirishga umid bog’lagan edilar. Ayniqsa bunday xatti-harakatlar
totalitar tuzum o’zining so’nggi nafasini kechirayotgan 80-yillarning ikkinchi
yarmida avj oldirilganligi faktdir. Ma’naviyatimiz dushmanlari hatto xalqimiz
asrlar davomida e’zozlab, qadrlab kelgan milliy bayramimiz – «Navro’z»ni ham
tortib olish payida bo’ldilar. Shu maqsadda uni taqiqlash darajasiga borib etildi.
Shunga qaramay iymon-e’tiqodi but, buyuk ajdodlar udumlariga sodiq o’zbek
xalqi o’z Navro’zini xoh oshkora, xoh pinxona bo’lsin, baholi qudrat nishonlash,
u bilan bog’liq xayrli marosimlarni o’tkazishda davom etdi va bu orqali yorug’,
dorilamon zamonlar kelishiga umidvorlik tuyg’usi bilan intiqib yashadi.
Nihoyat, Mustaqillik davri kelib boshqa bebaho milliy qadriyatlarimiz
qatorida Navro’zimiz ham o’z munosib maqomiga ega bo’ldi va xalqimizning
eng sevimli bayrami sifatida o’tkaziladigan bo’ldi.
Xullas, o’zbek xalqi totalitar tuzumning barcha makkorona nayranglari,
zug’umiga dosh berib, o’z boshiga tushgan og’ir sinov-sinoatlarni mardonavor
engib, oxir-oqibatda g’olib chiqdi. Uning tabiatan bardoshligi, e’tiqodida
sobitligi, ma’naviy, islomiy qadriyatlarga sodiqligi, tarixiy xotirasining butunligi,
qolaversa, buyuk bobokolonlarimiz ma’naviy sarchashmalaridan to’yinganligi –
258