S a n ‗ a t O’bekistonda teatr va musiqa san’ati bir muncha o’sdi. Hamza
nomidagi teatr jamoasi Shekspirning «Otello» va «Yuliy Tsezar», Uyg’unning
«Navbahor», Abdulla Qahhorning «Shohi so’zana», N.Hikmatning «Sevgi
afsonasi», Uyg’un va I.Sultonning «Alisher Navoiy» asarlarini sahnalashtirdi .
O’zbek davlat filarmoniyasining musiqiy jamoalari samarali faoliyat
ko’rsatdi. Faqat T.Jalilov nomidagi O’zbek davlat orkestri repertuaridan 1300ga
yaqin asarlar o’rin oldi. «Lazgi», «Shodlik», «Go’zal» xoreografik ansabllari
ham o’zbek va boshqa qardosh xalqlar ashula va raqslarini namoyish etdilar.
«Bahor» xalq raqs ansambli, Yalla vokal cholg’u ansambllari jamoalarining
kontsertlari xalqqa manzur bo’ldi.
O’zbek teatrining rivojlanishiga rejissyorlardan M. Uyg’ur, E.Bobojonov,
A.Ginzburg, T.Xo’jaevlar, aktyorlardan Abror Hidoyatov, O.Ho’jaev, A.Bakirov,
S.Eshonto’raeva, Sh.Burhonov, N.Rahimov, R.Hamraev, Z.Muhammadjonov,
B.Qorieva, Ya.Abdullaeva, G’.A’zamov, Yo.Ahmedov va boshqa san’atkorlar
salmoqli hissa qo’shdilar. Xalqimiz o’zbek san’ati dovrug’ini baland ko’targan
H.Nosirova, M.Turg’unboeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, S.Qobulova
nomlarini hurmat bilan e’zozlab kelmoqda.
1946-1985 yillar O’zbekiston kino san’atining yuksalish yillari bo’ldi.
N.G’aniev yaratgan «Tohir va Zuhra» (1945), «Xo’ja Nasriddinning
sarguzashtlari», «Farg’ona qizi» kabi kinofilmlar xalq olqishiga sazovor bo’ldi.
60-70-yillarda o’zbek kino san’atiga yosh talantli rejissyorlar, aktyorlar
kirib
keldi.
Sh.Abbosov,
A.Hamroev,
R.Botirov,
E.Eshmuhammedov,
H.Ahmarov shular jumlasidandir. Sh.Abbosovning «Mahallada duv-duv gap»
(1961), «Sen etim emassan»(1963), «Toshkent - non shahri» (1970), «Abu
Rayhon Beruniy»(1974), A.Hamroevning «Shidddat»(1971), R.Botirovning
«Seni kutamiz, yigit» (1972), E.Eshmuhammedovning «Nafosat»(1967) va
«Umid qushi» (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining hayoti, iste’dodu
izlanishlari tasvirlangan.
Tasviriy san’at rivojlandi. Ch.Ahmarov va O’.Tansiqboevlar devoriy
rasmlar, mozaika va manzara janri bo’yicha, V.E.Kaydalov va M.Nabievlar
portret janri bo’yicha muhim asarlar yaratdilar. Rassomlar, haykaltaroshlar va
arxitektorlar birlashib yirik monumental binolarni, maydonlarni ta’mirlash,
naqshlar, rassomlik va haykaltaroshlik asarlari bilan bezatish an’anaga aylandi.
Poytaxtning yirik jamoat binolari M.Usmonov rahbarligida ganch o’ymakorligi,
Q.Haydarov va O.Fayzullaev rahbarligida yog’och o’ymakorligi bilan bezatildi.
O’zbek tsirk ustalari - Toshkenboevlar, Zaripovlar, Xo’jaevlar,
Madalievlar va masxaraboz-qiziqchi Akrom Yusupov va boshqalarning
chiqishlari, nafaqat O’zbekistonda, shuningdek, boshqa mamlakatlarda ham
muvaffaqiyat qozondi va tomoshabinlarga manzur bo’ldi.
255
Shunday qilib, Respublika madaniy-manaviy hayotida 1945-1985 yillarda
muayyan yutuqlarga erishildi. Xalq maorifi, oliy va o’rta maxsus ta’lim tarmog’i,
aholining umumiy savodxonlik darajasi o’sdi, mutaxasislar, ijodiy ziyolilar
darajasi sezilarli yuksaldi. Fan, adabiyot, san’at rivojlandi. Ilmiy, badiiy musiqa
asarlari yaratildi, ma’naviy hayotda iste’dodli yoshlar o’rin olib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |