£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


davlat boshqaruvi va ijtimoiy-siyosiy hayoti



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

davlat boshqaruvi va ijtimoiy-siyosiy hayoti

 

Buxoro  amirligi.  Buxoro  amirligi  o’zbek  xonliklari  orasida  o’zining  hududiy 

o’rni, aholisi va tabiiy resurslari jihatidan muhim mavqeiga ega edi.

 

XIX  asrga  kelganda,  Buxoro  amirligining  hududi  qariyb  200  ming  kvadrat 



kilometrni  tashkil  etardi.  Uning  chegaralari  janubda  Amudaryoning  so’l  qirg’og’idan 

boshlanib, Sirdaryogacha cho’zilib, qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik sharqda 

Pomir  tog’lari,  g’arbda  Xiva  xonligi  chegaralarigacha  bo’lgan  hududni  ishg’ol  etardi. 

Buxoro  va  Samarqand  kabi  yirik  shaharlar  joylashgan  Zarafshon  vodiysi  amirlikning 

markaziy  qismi  hisoblanardi.  Qashqadaryo  va  Surxondaryo  vohalari,  hozirgi  Tojikiston 

hududidagi  Vaxsh,  Kafirnihon,  Panj  daryolari vodiysida joylashgan shahar  va  qishloqlar, 

hozirgi Turkmaniston hududidagi Murg’ob daryosi vohalaridagi erlar Buxoro amirligiga 

qarar edi.

 

159


 


Buxoro  amirligining  poytaxti  Sharqda  eng  nufuzli  shahar  sifatida  e’tirof  etilgan 

Buxoroi  Sharif  edi.  Yirik  shaharlardan  Samarqand,  Qarshi,  Shahrisabz,  Kitob,  Termiz, 

Sherobod,  Hisor,  Dushanbe,  Ko’lob  va  boshqalar  amirlik  tasarrufida  edi.  Marv  va 

Chorjo’y shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o’rtasida, Jizzax, O’ratepa 

va  Xo’jand  shaharlari  uchun  Buxoro  amirligi  bilan  Qo’qon  xonligi  o’rtasida  tez-tez 

urushlar bo’lib, bu shaharlar qo’ldan-qo’lga o’tib turardi.

 

XIX  asr  birinchi  yarmida  Buxoro  amirligida  2  millionga  yaqin  aholi  yashardi. 



Aholi amirlikning sersuv vohalarida yashab, jazirama issiq, suvsizlik hukmronlik qiluvchi 

Qizilqum sahrolari va cho’llari kimsasiz  yastanib  yotardi. Zarafshon vodiysida 300-350 

ming,  Qashqadaryo  vohasida  500  ming,  Surxandaryo  vohasida  200  ming,  Sharqiy 

Buxoroda 500 mingcha aholi yashardi. Amirlikning yirik shaharlari - Buxoroda 60 ming, 

Samarqandda 50 mingga yaqin aholi yashardi.

 

Aholi  etnik  jihatdan  ko’pgina  elatlardan  iborat  bo’lib,  ularning  qariyb  57  foizi 



o’zbeklar  edi.  O’zbeklar  bir  qancha  qabilalardan  tashkil  topgan  bo’lib,  ular  orasida 

mang’it, saroy, qo’ng’irot, jabg’u, qarluq, qalmoq, nayman, qipchoq, ming, yuz qabilalari 

ko’pchilikni  tashkil  etardi.  Ular  asosan  Zarafshon,  Qashqadaryo  va  Surxandaryo 

vohalaridagi shahar va qishloqlarda yashardi.

 

Buxoro  amirligining  Xisor,  Dushanbe,  Sharqiy  Buxorodagi  Vaxsh,  Kafirnihon  va 



Panj daryolari vodiylarida, asosan tojiklar yashar edi.

 

Amirlikning  janubiy  va  g’arbiy  qismida  turkmanlar,  shimoliy-sharqiy  tomonida 



qozoq va qirg’izlar yashardi. Shuningdek, amirlik hududida afg’onlar, eroniylar, arablar, 

yahudiylar, hindlar va boshqa etnik guruhlar mavjud edi.

 

Aholining aksariyat ko’pchiligi qishloqlarda istiqomat qilardi. Ular dehqonchilik, 



chorvachilik  bilan shug’ullanardi. Sug’oriladigan erlarda  paxta, bug’doy, sholi, jo’hori, 

bog’ va poliz mahsulotlari etishtirilar edi. Uzum, olma, nok, shaftoli, o’rik, gilos, anjir, 

qovun,  tarvuz  etishtirilardi.  Meva-chevalar  quritilib  shirinlik  o’rnida  ishlatilardi. 

Chorvachilikda  qo’ychilik,  qorako’l  qo’ychiligi,  hunarmandchilikda  gilamdo’zlik, 

o’ymakorlik, zardo’zlik, tegirmonchilik, ko’nchilik, to’quvchilik, temirchilik, kulolchilik, 

beshikchilik, sandiqchilik, etikdo’zlik, moyjuvozlik, sovungarlik keng tarqalgan edi.

 

Amirlik  iqtisodiy  hayotida  qoloqlik,  turg’unlik  hollari  mavjud  edi,  aholining 



turmushi past darajada edi. Erga egalik shakli ming yillar davomida o’zgarmay kelmoqda 

edi,  aholiga  solinadigan  o’lpon  va  soliqlar  haddan  tashqari  ko’p  edi.  Aholi  sotib  olish 

qobiliyatining pastligi hunarmandchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilardi.

 

Buxoro amirligi monarxiya tipidagi davlat bo’lib, amir cheklanmagan hokimiyatga 



ega edi. Amir o’z fuqarolarini o’ldirishi  yoki  hayot qoldirishi, butun aholi mulkiga ega 

bo’lishga ham haqli edi, ko’ngli tusaganini qilardi.

 

160


 



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish