Qo‘ng‘irotlar > Olloqulixon - 1825-1842
sulosasi
> Rahimqulixon
- 1842-1845
1770-1920
> Muhammad Aminxon
- 1846-1855
> Abdullaxon
- 1855-1856
> Sayid Muhammadxon
- 1856-1864
> Muhammad Rahimxon II
- 1864-1910
> Asfandiyorxon
- 1910-1918
> Sayid Abdullaxon
- 1918-1920
Xonlikda eng nufuzli lavozim bosh vazir yoki qushbegi bo’lib, u soliqlarni
to’plash va xonning topshiriqlarini bajarish bilan shug’ullangan.
Saroyda Otaliq, Rais, Qozi kalon, Shayxulislom, Mirobboshi, Mirshabboshi,
To’pchiboshi, Yasovulboshi kabi amaldorlar xon xizmatida bo’lardi. Devonbegi
xon devonini boshqarardi. Xazinachi xonlikning kirim va chiqim hamda sarf-
xarajatlarini yuritar, bu haqda xon yoki bosh vazirga hisob berar edi.
Xonlikdagi eng katta mansab va unvonlar inoq, otaliq, biy hisoblanardi. Bunday
lavozimga ko’tarilganlar xonga eng yaqin odamlar bo’lib, soliqlardan ham ozod qilinar
edi. Bunday unvonlar xon farmoni orqali e’lon qilingan va yorliqlar berilgan.
Saroyda mirzaboshi, munshay, mahramboshi kabi mansabdorlar ham faoliyat
ko’rsatishgan.
bu Ma’muriy-hududiy jihatdan Xiva xonligi Xazarasp, Gurlan, Xonqa, Ko’na
Urganch, Qo’shko’pir, Pitnak, G’azovot, Qiyot, Shoxabboz, Shovot, Toshhovuz, Ambor-
manok, Urganch, Xo’jayli, To’manoy, Qo’ng’irot kabi beklik yoki viloyatlarga bo’lingan.
164
Bekliklarni xon tomonidan tayinlangan beklar, noibliklarni noiblar idora qilgan.
Bek va noiblar huzurida ularga xizmat qiluvchi ko’pdan-ko’p amaldorlar bo’lgan.
Xiva shahri shaxsan xonning va bosh vazirning izmida bo’lgan. Shahar ichki
tartiblari va osoyishtaligi mirshabboshi, jinoiy ishlarni ko’rish va jazo tayinlash shahar
qozisi, poytaxtni tasodifiy xujumlardan himoyalash To’pchiboshi va Ichan-qal’a, Dishon-
qal’a qutlovi (komentanti) zimmasida bo’lgan.
Xiva xonligida taxminan 40 ming otliqdan iborat qo’shin bo’lib, qo’shinga
lashkarboshi qo’mondonlik qilgan. Askarlik xizmatida bo’lganlar soliqlardan ozod
etilgan. Yurishda qatnashgan har bir suvoriy 5 oltin tanga olgan. Xonning ko’rsatmasiga
binoan, o’zini ko’rsatgan xarbiy lavozimdagilarga 10,20, 50,100 va undan ham ko’proq
miqdorda oltin tanga berilgan. Biylarga 50-100 tanga, yuzboshilarga 10-20 tanga maosh
berilgan. Tinchlik paytlarida askarlar xo’jalik ishlari bilan shug’ullanganlar.
Xon qo’shinlari Buxoro qo’shinlari kabi qilich, o’q-yoy, nayza bilan qurollangan.
Ozchilik askarlarda pilta miltiqlar ham bo’lardi, oz miqdorda to’plar ham bor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |