1. Turkistonni Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik
idora usulining joriy etilishi
Turkiy xalqlar yashovchi bepoyon hududlarni bosib olish Rossiya podshohlarining
azaliy orzusi edi. Bu boradagi amaliy harakat Ivan Grozniy zamonidan boshlangan edi. U
Qozon (1552), Ashtarxon (1556), Sibir (1581-1590) xonliklarini bosib oladi va endi
Turkiston to’g’risida ma’lumotlar to’plashga kirishadi. Shu maqsadda 1558-1559 yillarda
Antoni Jenkinson boshliq elchilarni Buxoroga yuborib josuslik ma’lumotlari to’plagani
ma’lum. Rusiya hukumati XVII asr davomida 9 marta elchi yuborib, Buxoro va Xiva
xonliklarining iqtisodiy va harbiy ahvolini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |