O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti qo‘l yozma huquqida


 PAYVANDLASh TRANSFORMATORLARINING TUZILIShI VA



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/32
Sana08.07.2021
Hajmi2,38 Mb.
#112689
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
elektr payvandlash qurilmalarining ish rejimlarini takomillashtirish

2.3. PAYVANDLASh TRANSFORMATORLARINING TUZILIShI VA 

ULARNI IShLATISh 

Umumiy  ma‘lumotlar.  SSSRda  sanoat  o‘zgaruvchan  tokining  chastotasi 

sekundiga  50  davrga  teng  (50  gts).  Payvandlash  transformatorlari  elektr 



26 

 

tarmog‘ining yuqori (220 yoki 380 v) kuchlanishini ikkilamchi elektr zanjirining 



payvandlash  uchun  kerak  bo‘lgan  past  kuchlanishga  aylantirib  beradi, 

payvandlash  kuchlanishi  payvandlash  yoyining  paydo  bo‘lishi  va  turg‘un 

yonishi  uchun  kerak  bo‘lgan  sharoitlar  bilan  aniqlanadi.  Payvandlash 

transformatorining 

salt 

yurishidagi 



(payvandlash 

zanjirida 

nagruzka 

bo‘lmaganda)  ikkilamchi  kuchlanish  60—75  v  ni  tashkil  qiladi.  Kuchsiz 

toklarda  (60—100  a)  payvandlashda  yoy  barqaror  yonishi  uchun  salg  yurish 

kuchlanishi 70—80 v bo‘lishi etarli. 

Normal 

magnit 


sochuvchili 

transformatorlar. 

Alohida 

drosseli 

transformatorlarning  printsipial  sxemalari  keltirilgan.  Energiya  manbalari 

komplekti 

pasaytiruvchi 

transformator 

va 

drossel 


(reaktiv 

g‘altak 


regulyatori)dan iborat. 

Asosi  magnitoprovod    (o‘zak)dan  iborat  bo‘lgan  pasaytiruvchi 

transformator  juda  ko‘p  yupqa  transformator  po‘latidan  yasalgan  (0,5  mm 

qalinlikdagi)  plastinkalardan  tayyorlangan,  bu  plastinkalar  o‘zaro  shpilkalar 

bilan  birlashtirilgan.  Magnitoprovod  da  mis  yoki  alyuminiy  simdan  qilingan 

birlamchi  va ikkilamchi  (pasaytiruvchi) chulg‘amlar bor. Drossel transformator 

po‘lati listlaridan yig‘ilgan magnitoprovod  va bu magnitoprovodga o‘ralgan mis 

yoki  alyuminiy  simlardan  iborat  bo‘lib,  bu  simlar  maksimal  kattalikdagi 

payvandlash  toki  o‘tishiga  mo‘ljallangan  bo‘ladi.  Magnitoprovodning 

qo‘zg‘aluvchan  qismini  dasta    bilan  aylantiriladigan    vint    yordamida  

qo‘zg‘atish   mumkin.  

Transformatorning  birlamchi  chulg‘ami  1  220  yoki  380  v  kuchlanishli 

o‘zgaruvchan  tok  tarmog‘iga  ulanadi.  Yuqori  kuchlanishli  o‘zgaruvchan  tok 

chulg‘am    orqali  o‘tib  magnitoprovod  bo‘ylab  ta‘sir  qiluvchi  o‘zgaruvchan 

magnit  maydoni  hosil  qiladi,  bu  magnit  maydoni  ta‘sirida  ikkilamchi 

chulg‘amda  past  kuchlanishli  o‘zgaruvchan  tok  induktsiyalanadi.  Drosselning 

chulg‘ami o payvandlash zanjiriga transformatorning ikkilamchi chulg‘ami bilan 

ketmaket ulanadi. 




27 

 

Payvandlash  tokining  kattaligi  magnitoprovodning  qo‘zg‘aluvchan  va 



qo‘zg‘almas  qismlari  oralig‘idagi  havo  zazori  a  ni  o‘zgartirish  yo‘li  bilan 

rostlanadi.  Havo  zazori  a  kattalashtirilganda  magnitoprovodning  magnit 

qarshiligi ortadi, mos ravishda magnit oqimi kamayadi va binobarin, g‘altakning 

induktiv  qarshiligi  kamayadi  va  payvandlash  toki    ko‘payadi.  Havo  zazori  a 

mutlaqo      bo‘lmaganda  drosselni  temir  o‘zakli  g‘altak  deb  qarash  mumkin; 

bunday  holda  tok  kattaligi    minimal    bo‘ladi.      Binobarin,      tok      kattaligini   

orttirish  uchun  havo  zazorini  kattalashtirish    (drosseldagi  dastani  soat  strelkasi  

yo‘nalishida  aylantirish), tok  kattaligini  kamaytirish uchun esa havo zazorini 

kichraytirish  (drosseldagi dastani soat strelkasiga qarshi yo‘nalishda  aylaitirish)   

kerak. Payvandlash tokini bunday  yo‘l    bilan   rostlash   payvandlash rejimini 

bir  tekis  va  keraklicha  aniqlikda  sozlashga  imkon  beradi.  Payvandlash  toki 

bosqichmabosqich  rostlanadigan  drosselning  tuzilishini  payvandlash  tokining 

kattaligini  qo‘zg‘aluvchan  kontakt  yordamida  chulg‘amning  ma‘lum  sondagi 

o‘ramlarini  qo‘shish  usuli  bilan      o‘zgartirishga  imkon  beradi.  Bunda 

payvandlash  toki      ham      bosqichmabosqich  o‘zgartiriladi.  Drosselning 

magnitoprovodi  bu  holda  ajralmaydigan  qilib  ishlanadi  va  buning  natijasida 

uning konstruktsiyasi  ancha soddalashadi. Hozirgi vaqtda  STN, TD, TS, TSK, 

STSh va boshqa payvandlash transformatorlari bir korpusli qilib chiqarilmoqda. 

1924  yilda  akademik  V.  P.  Nikitin  STN  tipidagi  payvandlash 

transformatorlari  sistemasini  taklif  qildi,  bu  transformatorlar  transformator  va 

drosseldan  iborat.  Bunday  transformatorning  o‘zagi  yupqa  listli  transformator 

po‘latidan yig‘ilgan bo‘lib, umumiy yarmo bilan birlashtirilgan ikkita — asosiy 

va  yordamchi  o‘zaklardan  iborat.  Bunday  transformatorning  chulg‘amlari  ikki 

g‘altak ko‘rinishida ishlangan, g‘altaklarning har biri izolyatsiyalangan simdan 

tayyorlaigan  ikki  qatlam  birlamchi  chulg‘am  hamda  izolyatsiyalanmagan  mis 

shinasidan  ishlangan  ikki  tashqi  qatlam  —  ikkilamchi  chulg‘am  dan  tuzilgan. 

Drossel  g‘altaklariga  issiqqa  chidamli  lak  shimdirilgan  va  asbest  prokladkalar 

qo‘yilgan. 




28 

 

STN  tipidagi  transformatorlarning  chulg‘amlari  misdan  yoki  alyuminiy 



simlardan  tayyorlanadi,  ulardan  mis  bilan  armirlangan  uchlar  chiqariladi. 

Payvandlash  toki  kattaligini  magnitoprovodning  qo‘zg‘aluvchan  paketi 

yordamida  rostlanadi,  buning  uchun  dastali  vint  mexanizmi  vositasida  havo 

zazori  a  ni  o‘zgartirish  kerak.  Dastani  soat  strelkasi  yo‘nalishida  aylantirish 

bilan havo zazorini orttirish, alohida drosselli STE tipidagi transformatorlardagi 

singari  magnitoprovod  da  magnit  oqimini  kamaytirib,  payvandlash  tokini 

orttiradi. Havozazori kichiklashtirilganda drossel reaktiv chulg‘amining induktiv 

qarshiligi ko‘payib, payvandlash toki kattaligi kamayadi. 

Bunday  sistemadagi  alyuminiy  chulg‘amli  STN500P  va  STP700P 

transformatorlari  VNIIESO  tomonidan  ishlab  chiqarilgan.  Bundan  tashqari,  bu 

transformatorlar  bazasida  transformatorning  birlamchi  chulg‘amiga  qo‘shimcha 

kondensator  ulangan  TSOK500  va  TSOK700  transformatorlari  yaratilgan. 

Kondensatorlar 

reaktiv 


quvvatni 

kompensadiya 

qilib, 

payvandlash 

transformatorining  quvvat  «koeffitsiyontini»  0,87  gacha  orttirishga  imkon 

beradi. Bir korpusli STN. transformatorlari quvvati bir xil bo‘lgani holda alohida 

drosselli STE transformatorlaridan ancha ixcham va engildir. 

Magnit  sochilishi  orttirilgan  qo‘zg‘aluvchan  chulg‘amli  transformatorlar. 

Qo‘zg‘aluvchan  chulg‘amli  transformatorlar  (TS,  TSK  va  TD  tipidagi 

payvandlash  transformatorlari  shunday  transformatorlardir)  hozirgi  vaqtda 

dastaki yoy payvandlasha keng qo‘llaniladi. Ularning sochilish induktivligi katta 

bo‘lib, bir fazali, sterjen tipida bir korpusli qilib ishlab chnqariladi. 

Bunday transformatorning birlamchi chulg‘ami g‘altaklari pastki yarmogo 

qo‘zg‘almas  qilib  mahkamlangan,  ikkilamchi  chulg‘ami  g‘altaklari  esa 

qo‘zg‘aluvchandir.  Payvandlash  toki  kattaligi  birlamchi  va  ikkilamchi 

chulg‘amlar 

orasidagi 

masofani 

o‘zgartirib 

rostlanadi. 

G‘altaklar 

yaqinlashtirilganda 

payvandlash 

toki 


eng 

katta 


qiymatga, 

g‘altaklar 

uzoqlashtirilganda esa eng kichik qiymatga erishadi. Yurish vinti 5 payvandlash 

tokining  taxminiy  qiymatini  ko‘rsatgichi  bilan  bog‘langan.  Shkalaning 

ko‘rsatish  aniqligi  maksimal  tokning  maksimal  qiymatiga  nisbatan  7,5%  ni 



29 

 

tashkil  qiladi,  Tok  kattaligining  o‘zgarishi  berilayotgan  kuchlanishga  va 



payvandlash  yoyining  uzunligiga  bog‘liq.  Payvandlash  tokini  yanada  aniqroq 

o‘lchash uchun ampermetr ishlatish kerak. 

Transformatorlar 

payvandlash 

vaqtida 

vujudga 


keladigan 

radio 


xalaqitlarni  kamaytirish  uchun  sig‘im  filtrlari  bilan  ta‘minlangan.  TSK  tipidagi 

transformatorlar  TS  transformatorlaridan  quvvat  koeffitsientini  (cosφ  «fp»ni) 

orttirib  beruvchi  kompensatsiya  kondensatorlari»ning  bo‘lishi  bilan  farq  qiladi. 

2-rasm,  v  da  TD500  transformatorining  printsipial  elektrik  sxemasi  

ko‘rsatilgan. 

TD500  sochilish  induktivligi  orttirilgan  pasaytiruvchi  transformatordir. 

Bu transformatorda palvandlash toki uning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari 

orasidagi 

masofani 

o‘zgartirish  yo‘li  bilan  rostlanadi.  Chulg‘amlar 

magnshoprovodning  umumiy  sterjenlariga  juft  qilib  joylashtirilgan  ikkitadan 

g‘altakka ega. Transformator ikki diapazonda ishlaydi: chulg‘amlar g‘altaklarini 

juftjuft qilib parallel ulaganda kuchli toklar diapazonini, bu g‘altaklar ketmaket 

ulanganda kuchsiz toklar diapazonini beradi. 

Chulg‘amlarni  ketmaket  ulashda  birlamchi  chulg‘am  o‘ramlarining  bir 

qismi ulanmasligi tufayli salt yurish kuchlanishi ortadi, bu esa kuchsiz toklarda 

payvandlashda   yoyning   yaxshi yonishini ta‘minlaydi. 

Chulgamlar  yaqinlashganda  sochilish  induktivligi  kamayadi  va  bunda 

payvandlash  toki  ortadi,  chulgamlar  orasidagi  masofa  ortganida  sochilish 

induktivligi ortadi va bunda payvandlash toki kamayadi. 

 

6- rasm. TSK-500 Payvandalash transformatori 




30 

 

a-TSK-500 transformatorining konstruktiv tuzilishi, g‗ilofi olingan holda. 



b-transformatorning  elektr  sxemasi:  1-simlar  uchun  tarmoq  klemalari,  2-o‗zak, 

3- tokni rostlash uchun dastak, 4-payvandalsh simlarini ulash uchun klemalar, 5-

yurish vinti, 6-ikkilamchi cho‗lg‗am g‗altagi, 7-birlamchi cho‗lg‗am g‗altagi, 8- 

kompensatsiyalovchi kondensator 

TD500  transformatori  tabiiy  shamollatiladigan  bir  korpusli  bo‘lib,  uning 

tashqi  xarakteristikalari  pasayuvchi,  faqat  bir  tarmoq  kuchlanishiga  —  220  v 

yoki 380 v ga moslab ishlangan. 

Bir  fazali  TD500  transformatori  sterjen  tipida  bo‘lib,  quyidagi  asosiy 

uzellardan  iborat:  magnitoprovod  —  o‘zak,  tok  rostlagich,  (birlamchi  va 

ikkilamchi)  chulg‘amlar,  tok  diapazonlari  pereklyuchateli,  tok  ko‘rsatish 

mexanizmi va g‘ilof. 

Alyuminiy  chulg‘amlarning  magnitoprovodning  umumiy  sterjenlariga 

juftjuft  qilib  joylashtirilgan  ikkitadan  g‘altaklari  bor.  Birlamchi  chulg‘am 

g‘altaklari  pastki  yarmogo  qo‘zg‘almas  qilib  mahkamlangan,  ikkilamchi 

chulg‘am g‘altaklari esa qo‘zg‘aluvchandir. Tok diapazonlarini ulabuzish dastasi 

transformatorqopqogiga  o‘rnatilgan  baraban  tipidagi  pereklyuchatel  yordamida 

bajariladi. Tok kattaligi toklarning har ikki diapazoniga tarmoq kuchlanishining 

nominal qiymatida moslab darajalangan shkaladan hisoblanadi. 

Radio  qurilmalariga  bo‘ladigan  xalaqitni  kamaytirish  uchun  ikki 

kondensatordan iborat sig‘im filtri kiritilgan. 

Payvandlash 

transformatorlarini 

ishlatishdagi 

xavfsizlik 

texnikasi 

qoidalari.  Ish  protsessida  payvandchi  hamma  vaqt  elektr  toki  bilan  ish  ko‘radi, 

shuning  uchun  payvandlash  zanjirining  hamma  tok  o‘tuvchi  qismlari  yaxshi 

izolyatsiyalangan  bo‘lishi  kerak.  0,1  a  kattalikdagi  tok  hayot  uchun  xavfli  va 

halokatga  olib  kelishi  mumkin.  Elektr  toki  bilan  shikastlanishning  xavfi  turli 

faktorlarga  bog‘liq  va  birinchi  navbatda  zanjirnnng  qarshiligi,  odam 

organizmining  holatiga,  atrof  atmosferaning  namligi  va  temperaturasiga,  tegib 

qolgan  nuqtalar  orasidagi  kuchlanishga,  odam  turgan  polning  materialiga 

bog‘liq. 



31 

 

Payvandchi  hamma  vaqt  transformatorning  birlamchi  chulg‘ami  yuqori 



kuchlanishli  kuch    tarmog‘iga  ulangan  ekanini  va  izolyatsiya  teshilgan  vaqtda 

ana shu yuqori kuchlanish transformytorning ikkilamchi zanjirida, ya‘ni elektrod 

tutqichda bo‘lishi mumkin ekanligini yodidan chiqarmasligi kerak. 

Kuchlanish  kattaligi  quruq  binolarda  36  v,  nam  binolar  12  v  gacha 

bo‘lgaidagina xavfsiz bo‘lishi mumkin. 

Berk  idishlarda  payvand  qilish  vaqtida  (bunday  holda  elektr  bilan 

shikastlanish  xavfi  kuchayadi)  transformator  salt  yurishini  cheklovchi 

moslamalar ishlatish, maxsus poyyabzal, rezina poyondozlar ishlatilishi, bunday 

joylarda  payvandlash  maxsus  navbatchining    uzluksiz      kuzatuvi  ostida 

bajarilishi  kerak.  Payvandlash  transformatorining  salt  yurishdagi  (ishlashdagi) 

kuchlanishini pasaytirish uchun maxsus qurilmalar — salt ishlash cheklagichlari 

qo‘llaniladi. 




Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish