aylantirib beruvchi (qurilma. Bunday tok payvandlash zanjiriga berilganda
qoplamalarining ionlash xossalari past bo‘lgan elektrodlar bilan payvandlashda
50
ishlatiladi. Sanoatda chiqariladigan elektrodlar ularning qoplamalari tarkibiga
kiritiladigan ionlashish potentsiali past bo‘lgan komponentlar hisobiga
payvandlash yoyining turg‘un yonishini ta‘minlaydi. Bu esa ostsillyatorlarni
qo‘llamasdan payvandlashga imkon beradi.
OSPZ2M ostsillyatorining printsipial elektr sxemasi 10-rasmda
ko‘rsatilgan.
OsDillyator tebranish konturi (S S2, Sg, S4 Q2 kondensatorlari) va ikki
Dr1 va Dr2 induktiv drossel g‘altaklari, YuT yuksaltiruvchi transformator,
yuqori chastotali transformator YuChT va R razryadnikdan iborat.
Tebranish konturi yuqori chastotali tok hosil qiladi va payvandlash zanjiri
bilan yuqori chastotali transformator orqali induktiv bog‘langan, bu
transformatorning ikkilamchi chulg‘amlarining uchlari: biri panelning erga
ulangan klemmasiga, ikkinchisi esa S6 kondensator va Pr2 saqlagich orqali
ikkinchi klemmaga ulangan. Payvandchini elektr tokidan shikastlanishdan
saqlash uchun zanjirga Sb kondensator ulangan, uning qarshiligi payvandlash
zanjiriga yuqori kuchlanishli va past chastotali tokniig o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.
Lgar S6 kondensator teshilpshi ro‘y bersa, ehtiyot uchun Pr2 eruvchan saqlagich
qo‘yilgan.
OSPZ2M ostsillyator kuchlanishi 220 v bo‘lgan ikki fazali yoki bir faaali
tarmoqqa bevosita ulashga mo‘ljallangan.
10- rasm. OSPZ-2M ossilyatorining prinsipial elektr sxemasi
51
ST- paayvandlash transformatori, SAQ
1
, SAQ
2
-saqlagichlar, Dr1, Dr2-
drosellar, S
1
, S
2
, S
3
, S
4
-kondensatorlar, KT-kuchaytiruvchi transformator,
YuChT-yuqori chastotali transformatori, R- razryadnik
Normal ishlash vaqtida kondensator tekis chirsillab turadi va yuqori
kuchlanish hisobiga uchqun razryad oraligining teshilishi ro‘y beradi. Uchqun
oraligi kattaligi 1,5—2 mm bo‘lishi kerak, bu oraliq rostlash vinti yordamida
elektrodlarni yaqinlashtirish bilan rostlab turiladi. Ostsillyator sxemasi
elementlarida kuchlanish bir necha ming voltga etadi, shuning uchun rostlash
vaqtida ostsillyatorni, albatta uzib qo‘yish kerak.
Ostsillyator, albatta, mahalliy aloqa organlari inspektsiyasida ro‘yxatdan
o‘tkazilishi kerak; uni ishlatish vaqtida uning kuch va payvandlash zanjiriga
to‘g‘ri ulanganligini, shuningdek kontaktlarning yaxshi holatda ekanligini
kuzatib borish kerak; ishlayotganda g‘ilofi kiydirilgan bo‘lishi kerak; g‘ilofni
faqat remont vaqtidagina, tarmoqdan uzilgan holatda olish mumkin;
razryadnikning ish sirtlari yaxshi holatda ekanligini kuzatib borish, qurum paydo
bo‘lganida uni jilvir qum qog‘oz bilan tozalash kerak. Birlamchi kuchlanishlari
65 v bo‘lgan ostsillyatorlarni TS, STN, TSD, STAN tipidagi
transformatorlarning ikkilamchi klemmalariga ulash tavsiya qilinmaydi, chunki
bu holda zanjirdagi kuchlanish payvandlash vaqtida pasayadi. Ostsillyatorga tok
berish uchun ikkilamchi kuchlanishi 65—70 v bo‘lgan kuch transformatoridan
foydalanish kerak.
M3
va
OS1
ostsillyatorlarining
STE
tipidagi
payvandlash
transformatorlariga ulash sxemasi 11 rasmda ko‘rsatilgan. Ostsillyatorlarning
texnikaviy xarakteristikalari 9-jadvalda keltirilgan.
Impulsli yoy yondirgichlar. Bu qurilmalar o‘zgaruvchan tok payvandlash
yoyiga qutblilik o‘zgarishi momentida yuqori kuchlanishli sinxronlashgan
impulslar berishga xizmat qiladi. Bunday impulslar berish tufayli yoyning
takroriy yonishi ancha " engillashadi, natijada transformatorning salt yurish
kuchlanishini 40—50 v ga pasaytirish mumkin.
52
11-rasm. M-3 va OS-1 ossillyatorini payvandlash zanjiriga ulash sxemasi:
Tri— payvandlash transformator, Dr —drossel,
Tr,—ossillyatorning
kuchaytiruvchi transformator, R— razryadnik. S
1
— kontur kondensatori, S
2
—
koiturning himoya kondensatori, h
1
-o‗zinduksiya g‗altagi, h
2
-aloqa g‗altagi
Do'stlaringiz bilan baham: