Harakatlanuvchi suyuqlik va gazlarning jismga ta’sirI
45-rasm.
25-MAVZU
HARAKATLANUVCHI SUYUQLIK
VA GAZLARNING JISMGA TA’SIRI
43-rasm.
44-rasm.
Siz tinch holatda turgan suyuqlik va
gazlarning idish devoriga bosim berishi haqida
bilib oldingiz. Tabiatda va tur mushda suyuqlik
tinch holatdan tashqari harakatda ham
bo‘ladi. Ariq, kanal, daryolar va vodoprovod
quvurlarida oqayot gan suvda qanday kuchlar
vujudga keladi? Buni o‘rganish uchun ariqda
oqayotgan suv yuzasi holatini bir eslab
ko‘raylik. Suvi mo‘l, keng kanalda sekin
oqayotgan suvning o‘rta qismi bir tekisda,
taxminan bitta chiziq bo‘ylab, harakat qiladi.
Buni suvda birga oqib kelayotgan cho‘plar
harakatini kuzatib ishonch hosil qilish mumkin (43-rasm). Bunday oqim
Do'stlaringiz bilan baham: |