MAVZU. BOSIM VA SIYRAKLANISHNI O'LCHASH
BOSIM HAQIDA TUSHUNCHALAR
Sanoatning ko'pgina tarmoqlarida texnologik jarayonlar borishini xarakterlovchi kattaliklardan biri bosim hisoblanadi. Bosim deb tekis yuzaga normal ta'sir ko'rsatib, ravon taqsimlangan kuchga aytiladi:
bu yerda: F - yuzaga ta'sir etuvchi kuch, N.
S - tekislik yuzasi, m2.
Xalqaro birliklar sistemasida bosimning o'lchov birligi qilib Paskal (Pa) qabul qilingan. Paskal (Pa) bu 1 N kuch bilan 1 m2 yuzaga tekis va ravon ta'sir ettirilganda hosil bo'lgan bosim kuchiga teng.
Bundan tashqari amalda bosimni XBS da bo'lmagan o'lchov birliklari bilan (texnik atmosfera, fizik atmosfera, mm suv ustuni, mm simob ustuni) ham o'lchanadi.
Bosimning turli o'lchov birliklari orasidagi munosabat jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |