Silfonli manometrlarnmg ishlash usuli o'lchanayotgan bosimning ko'ndalangiga gofrirlangan yupqa devorli silindrik sig'im ko'rinishida tayyorlangan sezgir elementning egilish deformatsiyasi natijasida hosil bo'lgan kuch bilan muvozanatlanishiga asoslangan (18- h,i rasm). Silfonlar chinni, bronzadan yoki zanglamaydigan chidamli po'latdan tayyorlanadi. Silfon devorining qalinligi 0,1...0.3 mm oralig'ida bo'ladi, diametri esa 8 dan 150 mm gacha o'zgaradi. Amalda chiziqli elastiklik xarakteristikasiga ega. Silfonning qattiqligini oshirish uchun uning ichki qismiga vintli prujina joylashtiriladi (18- i rasm).
Sanoatda 25...400kPa gacha bo'lgan bosim va bosimlar farqini va 0...98 kPa gacha bo'lgan siyraklanishni o'lchaydigan silfonli manometrlar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |