qatlamli yoki laminar oqim deyiladi. Tog‘dan tushib kelayot gan ariq suvi
tez oqadi. Unga tashlangan mayda cho‘plar, barglar harakati kuzatilsa,
ko‘pchilik joylarida girdob, ya’ni uyurma ko‘rinishidagi harakatlar hosil
bo‘ladi (44-rasm.) Bunday oqimga turbulent oqim deyiladi. Demak,
suyuqlik biror-bir nayda oqqanda suyuqlikning nay devorlariga ishqalanishi
tufayli qatlamlarning siljishi nayning o‘rta qismida tezroq, chetki
qismlarida sekinroq bo‘lar ekan. Suyuqlik tinch holatda turganiga nisbatan
harakat holatida qo‘shimcha bosim hosil bo‘ladi. Bu bosimga dinamik
bosim deyiladi. Bosim suyuqlik yoki gazning tezligiga qanday bog‘liq
bo‘ladi?
Buning uchun quyidagicha tajriba
o‘tkazaylik. Ikki varaq qog‘oz olib, tik
holatda ushlaylik. So‘ngra qo g‘oz orasiga
pufl ay lik (45-rasm). Shunda qog‘ozlar bir-biriga
tomon intilib yaqinlashadi. Buning sababi
Do'stlaringiz bilan baham: |