deb biror-bir jismni kuch ta’sirida ma’lum bir masofaga ko‘chirishga
aytiladi (48-rasm). Mexanik ishni A harfi bilan belgilanadi. U holda ishni
hisoblash formulasi
Ish = kuch × yo‘l. A = F · s,
bo‘ladi.
A – ish, F – kuch, s – yo‘l.
Ish birligi [A
] = 1N · 1 m = 1 Joul. Qisqacha 1 J yoziladi. Bu birlik
ingliz olimi J. Joul (1818–1889) sharafi ga qo‘yilgan.
Agar jismga ta’sir etayotgan kuch yo‘nalishi, ko‘chish bilan o‘zaro tik
bo‘lsa, bunday kuch ish bajarmaydi. Masalan, mashina ustiga ortilgan
yuk o‘z og‘irligi bilan uni bosadi. Mashina esa bu paytda yukni ma’lum
masofaga olib boradi. Yukning og‘irlik kuchi ko‘chishga tik yo‘nalganligi
uchun ish bajarmaydi. Bunda mashina dvigatelining tortish kuchi ko‘chish
bilan mos tushib ish bajaradi (49-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |