II bob. Mexanik hodisalar
74
74
Amaliy topshiriq
1. Uyingizdan maktabga kelguncha qancha mexanik ish bajar-
ganingizni hisoblab ko‘ring. Yo‘lni gorizontal tekis deb hisob-
lang.
2. Narvonga yoki stol ustiga chiqing. Bunda bajargan mexanik
ishingizni hisoblab, daftaringizga yozing.
27-MAVZU
ENERGIYA TURLARI. QUVVAT
Bolg‘a bilan mix qoqish misolida Siz, bolg‘ani qancha yuqoriga ko‘tarib
mixni ursangiz, taxtaga shuncha chuqurroq kirishini bilib oldingiz. Demak,
bolg‘aning ish bajara olish qobiliyati, ya’ni energiyasi uning vaziyatiga bog‘liq
bo‘lar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |