surmoqda. Shulardan biri 70-yillarda belgiyalik fizik, Nobel mukofoti
laureati Ilya Prigojin «Beqarorlik falsafasi» asarida bayon etgan
sinergetikadir. Uning asosi sakrashsiz – eskini buzmasdan, uzluksiz
amalga oshadigan tadrijiy o‘zgarish qonuni –
evolyutsiya g‘oyasidir.
Sinergetikaga ko‘ra, borliq – beqaror, shu bois o‘zgarishlar muqarrar
quyidan – yuqoriga, oddiydan – murakkabga v a hamisha muayyan
umumiy qonunlar bo‘yicha bir chiziq bo‘ylab amalga oshav ermaydi,
balki har safar yangicha v a betakror, chiziqsiz yuz beradi. Beqarorlik,
barqarorlik bilan bir qatorda, borliqning muhim jixatidir. «Barqarorlik
v a beqarorlik, - deb yozadi I.Prigojin, -ayni bir v aqtda paydo bo‘ladi
v a yashaydi». Dialektika asosan barqaror bog‘lanishlar, qonun tusini
olgan takrorlanib turuv chi hodisa, jarayonlarni tadqiq etar ekan,
demak, u borliq mohiyatini faqat bir yo‘nalishda, ma‘lum nuqtai
nazardangina ochib beradi, v axolanki, borliq haqida to‘liq tasav v ur
xosil qilmoq uchun beqarorlik qonunlarini ham o‘rganish zarur.
Qanday qilib beqarorlikdan barqarorlikka o‘tiladi – bu nihoyatda
katta nazariy v a amaliy-siyosiy ahamiyatga molik masala.
Sinergetika bu masala taxlilini «bifurkatsiya» - barqarorsizlik
tushunchasidan boshlaydi. Bifurkatsiya xaos(tartibsizlik), bo‘linish,
ajralib chiqish, sekin-asta me‘yordan chiqish jarayonlaridan
bosqichma-bosqich o‘sish, yangi xolatga o‘tish, ichki tuzilishning
o‘zaro birgalikdagi shakllanishi jarayonlarigacha tadrijiy o‘zgarishlarni
aks ettiradi. Beqarorlikdan o‘zini-o‘zi qayta tashkil etish, uyushtirish,
boshqarish orqali barqarorlikka o‘tiladi. Modomiki, bu o‘zgarishlar
qat‘iy bir chiziqqa bo‘ysunmas ekan, demak, jamiyat v a g‘oyalar
riv ojlanishining modellari, v ariantlari ko‘pdan-ko‘p v a xilma-xil bo‘lishi
tabiiydir. Sinergetika tabiat bilan jamiyatning birgalikdagi riv ojlanishini
«koev olyutsiya» deb ataydi. Nafaqat jamiyat bilan tabiat
o‘rtasidagi,
balki
dav lat
bilan
fuqarolar,
insonlararo
munosabatlardagi beqarorlik, tartibsizliklar uyushtirish, qayta tashkil
etish, boshqarish yo‘li bilan barqarorlashtirilishi mumkin degan o‘ta
muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik xulosalar chiqaradi.
Ayniqsa, turli siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, etnik, ekologik tangliklar,
inqirozlar, mojaro v a ixtiloflarning oldini olish v a
xaosdan – tartibga,
Do'stlaringiz bilan baham: