Mazmun – narsaning barcha tomon, xossa v a elementlari majmui,
shakl – uning ifodalanish uslubi. Mazmun shaklda ifodalanadi, shaklni
taqozo qiladi v a belgilaydi. Chunonchi, kiyim odamga qarab
bichiladi. Mazmun o‗zgarsa, shakl ham shunga monand o‗zgarib
boradi. Ko‗pincha bir mazmunni bir necha shaklda ifodalash
mumkin v a lozim bo‗ladi. Chunonchi, bir syujetni xikoyada yoki
romanda yoki she‘r yoki kinofilm janrlarida ifodalash mumkin. Shu
bilan birga mazmun nechog‗lik to‗laqonli ifodalanishi shaklga, tug‗ri
shakl tanlashga ham bog‘lik. Biroq shaklga urg‘u berish, shaklni
mutloqlashtirish shaklbozlikka (formalizmga) olib kelishi mumkin
(Masalan, rasmiyatchilik, qog‗ozbozlik, byurokratizm v a boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |