Ma’mur qahhorov



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/95
Sana07.07.2021
Hajmi0,63 Mb.
#111976
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95
Bog'liq
falsafa

metafizikani  kiritamiz.    Dialektika  (yunon.  «baxslashmoq», 
«suxbatlashmoq»  degani)  borliqdagi  narsa-xodisalar    yalpi  
aloqadorlikda,    doimiy  o‗zgarishda,    riv ojlanishda,    o‗zaro  ziddiyatli 


birlikda,    deb    talqin  etadi.    Qadimgi  yunon  falsafasida  dialektika 
dastlab bahs-munozara yuritish san‘ati deb ta‘riflangan,  keyinchalik 
Geraklit, Milet falsafiy maktabi v akillari, pifagorchilar dunyo haqidagi 
eng  umumiy  v a  teran  fikrlarni  «dialektik  fikr»  deb  baholay 
boshlaganlar.    Chunonchi,  Efeslik  Geraklitning:  «Hamma  narsa 
o‗zgarishda,  oqib  turadi»,  «Oqar  suv ga  ikki  bor  tushib  bo‗lmaydi», 
«Kurash  –  borliqning  otasi  v a  mav judotning  xukmdori»,  Pifagorning 
«Haqiqat  dengiz  tubida»,  «Inson  –  hamma  narsaning  me‘yori»  kabi 
fikrlari dialektik, ya‘ni chukur falsafiy fikrlar hisoblangan.  
Dialektik  tafakkur  uslubining  ijodkori  deb  Aristotel  mashxur 
aporiyalari,  ya‘ni  falsafiy-mantiqiy  riv oyatlari  bilan  nom  qozongan, 
aporiyalarda  borliq  v a  inson  fikrining  ziddiyatli  ekanligini  yorqin 
ifodalay  olgan  qadimgi  yunon  faylasufi  Zenonni  kursatgan.  
Aristotelning  o‗zi  dialektikani  ehtimoliy  fikrlar  to‗g‗risidagi  mantiqiy 
ta‘limot bo‗lmish «analitika»ning muqobili deb tushungan.  Boshqa bir 
buyuk yunon mutufakkiri Platon haqiqiy borliqni («g‗oyalar olami»ni) 
o‗zgarmas  v a  aynan  birday  deb  talqin  etsa-da,  dialektik  tafakkur 
fikrlash  san‘atining  chuqqisi  sifatida  hammaga  emas,  balki  faqat 
tanlangan  zotlargagina  berilgan,  deb  hisoblagan.  «Sofist»  v a 
«Parmenid»  nomli  dialoglarida  u:  «Mav judotning  oliy  jinslari  faqat 
shunday tarzda fikr qilishlari mumkinki, ulardan har biri mav juddur v a 
mav jud emasdir, o‗ziga o‗zi tengdir v a teng emasdir, o‗ziga aynan 
o‗xshashdir v a uzga holatga o‗tib turuv chidir.  Borliq ziddiyatli: u bitta 
v a  ko‗p,  abadiy  v a  o‗tkinchi»  deb  yozgan  v a  bu  bilan  dialektik 
fikrlash uslubini ulug‗lagan edi. 
Dialektika  sharq, jumladan, IX-XII  asrlar Markaziy Osiyo falsafasida 
ham  muhim  o‗rin tutgan.  Professor O.F.Fayzullayev ning yozishicha, 
«dialektika» terminini sharq falsafasida ilk marta «jadl», «jadliy», «jadal» 
tarzida v atandoshimiz Abu Nasr Forobiy qo‘llagan.  U borliq xodisalari 
o‗zaro  ta‘sir  natijasida  yuz beradi, o‗zgarishsiz narsa yo‗q, borliq v a 
fikr  ziddiyatlidir,    degan.    «Oniy  v a  boqiy»,  «botiniy  v a  zohiriy»  kabi 
tasav v ufga  xos, «xalol v a xarom», «jannat v a do‗zax» singari islomiy 
tushunchalarda ham dialektika o‗ziga xos namoyon bo‗ladi.   
Ev ropa  uyg‗onish  dav rida  Nikolay  Kuzanskiy  v a  Jordano  Bruno 
«qarama – qarshiliklarning mos kelishi», yangi dav rda Rene Dekart v a 
Borux Spinoza «o‗zini-o‗zi shartlab yuz beruv chi xarakat», XVIII asrda 
Immaniuil  Kant  fizik  v a  kosmogonik  tabiatdagi  riv ojlanishning  yuz 
berishi  xaqida  dialektik  g‗oyalarni  ilgari  surdilar.    Buyuk  nemis 
mutafakkiri G.-V.-F. Gegel birinchi bo‗lib «tabiiy, tarixiy v a ruhiy olam 
jarayondan  iborat,  ya‘ni  borliq  bu  –  uzluksiz  xarakat,  o‗zgarish,  bir 
holatdan boshqasiga o‗tish v a riv ojlanishdir, bu xarakat v a o‗zgarish 
ich-ichidan  o‗zaro  aloqadordir»  degan  fikrni  falsafiy-mantiqiy 


jixatdan asoslab bergan edi.  Gegelning «hamma narsa o‗z inkoriga 
keladigan  zaruriyat»  degan  g‗oyasi  ham  chuqur  dialektik  fikrdan 
iborat.  
Dialektik  metod  tabiat  v a  jamiyatni  tushunishga  ham,  bilish 
nazariyasi v a amaliyotga ham, materializm v a idealizm ta‘limotlariga 
ham  birday  tatbiq  etilishi  mumkin.    Ana  shunday  keng  qamrov li 
dialektik tafakkur uslubi nuqtai nazaridan, ziddiyatlar turli-tuman, ko‗p 
qirrali  v a  ko‗p  qutbli  (polipolyar)  deb  tushunilishi  lozim.    Ilgari 
ziddiyatlarni  xal  etish  uchun  kuch  ishlatish,  tazyiq  o‗tkazish  asosiy 
v osita  deb  qaralgan  bo‗lsa,  endilikda,  yangicha  tafakkur  nuqtai 
nazaridan  ziddiyatlar  tinch  yo‗l  bilan,  murosai-madora  usuli  bilan 
ularning  tutash  nuqtalari  topilib,  o‗zaro  kelishtirilib  bartaraf  etiladi.  
Shunga  muv ofiq,  «tarixni  mojarolar  v a  adov at  emas,  balki  xalqlar 
o‗rtasidagi hamkorlik v a ishonch olg‗a xarakatlantiradi» (Karimov  I.A. 
O‗zbekiston  XXI  asr  bo‗sag‗asida:  xav fsizlikka  taxdid,  barqarorlik 
shartlari v a taraqqiyot kafolatlari. – Toshkent, 1997, 323-bet) degan 
fikr g‗oyatda chuqur dialektik mazmun kasb etadi.  Muhimi – mav jud 
ixtiloflar  murosasiz  sotsial  ziddiyatlarga  –  antagonizmlarga  aylanib 
ketmasidan  ularni  hal  qilishdan  iborat.    Shu  bilan  birga  kishilar, 
guruhlar, sinflar, turli dav latlar o‗rtasida adov atga olib bormaydigan 
«muayyan, noantagonistik ziddiyatlarning mav judligi yangi mustaqil 
dav latlarning qaror topishi dav ri uchun real hodisadir»(O‗sha joyda, 
75-bet).  Shunday  qilib,  shuro  tuzumi  hammaning tafakkur uslubi bir 
qolipda bo‗lishini talab qilgan bo‘lsa, endilikda  – mustaqillik dav rida 
fikrlar  xilma-xilligi  v a  erkinligi sharoitida bu mutlaqo o‗rinsiz v a asossiz 
talabdir.   
Yangi sharoitda olamdagi yalpi univ ersal aloqadorlik v a taraqqiyot 
tamoyillarini  o‗z  ichiga  olgan,  ularning  murakkab  tabiatini  o‗zaro 
bog‘liqlikda  teran  tushuntirib  berishga  qodir  dialektik  metodga 
ehtiyoj yanada oshib bormoqda.  Mustaqillik dav rida dialektik fikrlash 
uslubi  anglab  olingan  zaruriyat  tarzida  «qayta  tug‘ilmoqda».  
Dialektika mustaqil O‗zbekistonni bir butun, yaxlit ijtimoy tizim sifatida 
idrok  etish,  atroflicha  islox  qilish,  mustaqillikni  mustahkamlash,  yangi 
taraqqiyot  modelini  asoslash  hamda  ijtimoiy-iqtisodiy  riv ojlanishga 
yo‗l ochishda o‗zining xayotiyligi v a ta‘sirchanligini isbotlamoqda.  
III. Dialektikaning qonun va kategoriyalari. Dialektika borliq muttasil 
o‗zgarish v a riv ojlanishda deb qarash bilan birga bu jarayonning eng 
umumiy,  ya‘ni  univ ersal  qonunlari  ham  mav jud  deb  hisoblaydi.  
Riv ojlanish 
qarama-qarshiliklarga 
asoslanadi. 
 
Qarama-
qarshiliklarning o‗zaro kurashi, ya‘ni ziddiyat ana shu jarayonga ichki 
turtki  beruv chi  manba  hisoblanadi.    O‗zgarishlar  turlicha  bo‗lishi 
mumkin:  miqdoriy  v a  sifatiy,  tarkibiy  v a  tuzilmav iy,  shakliy  v a 


mazmuniy,  ichki  v a  tashqi,  holat  o‗zgarishlari  v a  boshqalar. Ammo 
har  qanday  o‗zgarish  ham  riv ojlanishga  olib  kelav ermaydi,  agar 
o‗zgarishlar  natijasida  yangilik  (yangi  narsa,  hodisa, xossa, sifat yoki 
bog‗lanish) yuzaga kelsagina buni riv ojlanish deyish mumkin bo‗ladi.  
Masalan,  mustaqillik  hamda  bozor  isloxotlari  tufayli  O‗zbekistonda 
jamiyatning tamomila yangi sifat holatiga o‗tilmoqdaki, bu jarayonni, 
shubhasiz, riv ojlanish deb baholash mumkin. 
Demak, rivojlanish bu tasodifiy, uzuq-yuluq, yuzaki o‗zgarish emas, 
balki  zaruriy,  qonuniy, izchil, tizimli o‗zgarishdir.  Xo‘sh, riv ojlanishning 
butun  borliqqa  xos  eng  umumiy  qonuniyatlari  bormi    v a    ular 
nimalardan iborat?   
Ushbu  sav olga  jav ob  berishdan  oldin  «qonun»  tushunchasining 
mazmunini aniqlab olaylik. Qonun – predmet v a hodisalar o‗rtasidagi 
ichki, muhim, zaruriy v a takrorlanib turuv chi bog‗lanishlardir.  Aynan 
takrorlanib turganligi uchun ham bu bog‗lanishlar qonuniy tus oladi 
v a  tegishlicha  qayd  etiladi.    Masalan,  yil  fasllarining  almashinuv i 
minglab marotaba takrorlanganidan qonun tusiga kirgan v a «tabiat 
qonuni» deb e‘tirof etiladi.   
Qonunlar uch turga bo‗linadi:  
1.  Xususiy  qonunlar  (borliqning biror sohasiga oid, masalan, kimyo, 
biologiya, fizika v a boshqa maxsus fanlar o‘rganadigan qonunlar). 
2.  Umumiy  qonunlar  (borliqning  kengroq  biror  sohasiga  oid, 
masalan, tirik tabiat qonunlari). 
3.  Eng  umumiy  qonunlar  (butun  borliqqa  xos  bo‗lgan  univ ersal 
qonunlar) 
Tabiat,  jamiyat  v a  inson  tafakkuri  taraqqiyotida  bir  xilda  amal 
qiladigan eng umumiy qonunlarga quyidagilar kiradi:  
1. Miqdor o‗zgarishlarining sifat o‗zgarishlariga o‗zaro o‗tishi qonuni.  
2. Qarama-qarshiliklar birligi v a kurashi qonuni. 
3. Inkorni-inkor qonuni. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish