Ma’mur qahhorov



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/95
Sana07.07.2021
Hajmi0,63 Mb.
#111976
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95
Bog'liq
falsafa

Abduraxmon Jomiy  (1414 - 1492)  falsafiy qarashlarini «Bahoriston», 
«Xaj qilish yo`llari xaqida», «Voxid atamasi haqida» risolalarida bayon 
etgan.  Uning  fikricha,  xudo  abadiy,  mutloq.  U  mav jud  bo‗lgan 
v aqtda  xali borliq yo‗q edi, dunyo o‗z boshlanishini olloxdan olgan. 
Jomiy  buyuk  shoir  sifatida  o‗z  falsafiy  qarashlarida  insonparv arlik 
g‗oyalarini  tarannum  etdi,  tasav v ufning  naqshbandiya  tariqatini 
nazariy v a amaliy jixatdan asoslash v a riv ojlantirishga harakat qildi. 
Sufiylik,  mutafakkir  fikricha,  xalol  v a  pok  yashash,  kasb-xunar  bilan 
tirikchilik  qilish,  qanoatli  v a  olijanob  bo‗lish,  ta‘magirlikdan o‗zoqroq 
yurish,  nafsni  jilov lash  demakdir.  Tasav v ufona  she‘riy  satlarda  u 
xudoni  «go‗zal  ma‘shuka»  deb  ta‘riflaydi,  sufiylik  e‘tiqodidagi 
insonning oliy maqsadi xudoning v asliga etishdir, deydi. 
Jomiyning  ijtimoiy  qarashlarida  odil  jamiyat,  adolatli  shox,  tenglik, 
erkinlik,  insof  v a  diyonat,  kishilar  o‗rtasidagi  o‗zaro  yordam,  mexr-
shafkat, do‗stlik v a birodalik xaqida  orzu qiladi. 
Temuriy  allomalaridan  buyuk  shoir  v a  mutafakkir    Alisher    Navoiy  
(1441-1501)ning fozil jamoa v a komil inson xaqidagi badiiy v ositalar, 
majoziy  obrazlar,  o‗xshatmalar,  ramzlarga  uralgan  fikrlari  bilan 
ma‘lum  v a  mashxurdir.  Shoir  dostonlarining  qaxramonlari  Iskandar, 
Farxod, Shirin, Layli, Majnunlar komil insonlardir. Ular mexnatsev ar, o‗z 
kasbining ustasi, aqlli, bilimdon, saxov atpesha, sofdil, kamtar insonlar. 
A.  Nav oiyning  ideal  jamiyat  v a  odil  podsho,  farov on  turmush  v a 
baxt-saodatga  eltuv chi,  zulm-istibdoddan  xoli  dav lat  xaqidagi 
g‗oyalari xali ham o‗z jozibasi v a ahamiyatini yo‗qotmagan. 
Xirotlik  Kamoliddin  Xusayn  Voiz  Koshifiy  (1440/1450 - 1505) axloq 
falsafasiga  oid    «Axloqi  muxsiniy», «Futuv v atnomai sultoniy», «Anv ari 
Suxayli»,  «Maxzan  –  ul  –  insho»,  «Risolai  xotamiya»  kabi  asarlarida 
go‗zal  xulq  –  odob,  dav latni  boshqarish,  ilm-fan  v a  kasb-xunar 
egallashning,  ta‘lim-tarbiyaning  qimmati  masalalarini  ishlab  chiqdi. 
Jamiyatga  qarashlarda,  sharq  mutafakkirlari  an‘analarini  dav om 
ettirib, 
odil 
podsho, 
xalqqa 
g‗amxo‗rlik, 
xaqsizlik 
v a 
o‗zboshimchalikka murosasiz xukmdor xaqida fikr yuritdi. 


Temuriylar av lodidan  Zaxiriddin  Muhammad  Bobur (1483 - 1530) 
Xindistonda «Buyuk mo‗g`ullar» saltanatiga asos solgan shox, badiiy, 
falsafiy  fikr  riv ojiga  salmoqli  hissa  qo`shgan  mutafakkirdir.  Uning 
dev onlari,  «Boburnoma»  asari,  shariyat  asoslari  to‗g‗risidagi 
«Mubayyan»  risolasi,  falsafiy  ruxdagi  ruboiylari  mashxur.  Boburning 
ijtimoiy – falsafiy qarashlari insonparv arlik g‗oyalariga asoslangan.  
Vatanni sev ish, boshqa xalqlar, millatlar, e‘tiqodlarga bag‗rikenglik, 
xurmat bilan munosabatda bo‗lish, aziz – av liyolar oldida o‗zini xoksor 
tutish,  shijoatlilik,  mardlik,  xayr  ishlar  qilish  – Bobur dunyoqarashining 
asosiy  xususiyatlari  ana  shulardan  iboratdir.  U  farzandi Xumoyunga 
yozib qoldirgan  «Vasiyatnoma»sida: «Xech bir qav mning ma‘budini 
buzmagil,  barcha  mazxab  kishilar  bilan,  shox  v a  ra‘iyat  orasidagi 
rishtaning  do‗stona  bo‗lmog‗i  uchun  har  bir  xolatda  insofga  rioyat 
qilguv chi  bo‗lgil.  Shunday  bo‗lsa,  mamlakatda  o‗zaro  ishonch  v a 
omonliklar barqaror bo‗lgay», deydi. 
Bobur tariqat v a din peshv olarini dav lat ishlariga aralashtirmagan, 
ammo Axmad Yassav iyga buyuk xurmat ko‗rsatgan, naqshbandiya 
tariqati  v akillari    Xoja  Axror  Valiy,  uning  muridi  Mav lono  Qozi,  Said 
Axmad Kosoniylar etagini tutgan, ularni iqtisodiy v a ma‘nav iy qo‗llab 
turgan. Xullas, Temur v a temuriylar dav ri falsafiy, ijtimoiy – axloqiy fikr 
taraqqiyotida o‗ziga xos  «Uyg‗onish dav ri» bo‗ldi, deyish mumkin. 
V. Turkistonda XVI  asr oxiri – XX asr boshlaridagi falsafiy fikrlar.  
Temuriylardan sung,   XVI asrdan boshlab, Mov arounnahrda o‗zaro 
urushlar  av jga  mindi,  markazlashgan  dav lat,  shu  jumladan, 
Shayboniylar dav lati ham inqirozga uchradi. Bu iqtisodiyotda, u bilan 
birga  dunyov iy  ilmlar,  falsafiy  fikrlar  rifojida  ham  o‗z  aksini  topdi. 
Shunga  qaramay,  falsafiy  tafakkur  riv oji  tuxtab  qolmadi.  Yusuf 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish