I. Mehnat psixologiyasi.
Bu inson mehnat faoliyatining psixologik asoslarini, mehnatni ilmiy
asosda tashkil qilishning psixologik tomonlarini o’rganadi.
Mehnat psixologiyasi ma’lum darajada mustaqil bo’lgan, lekin bir-biri bilan chambarchas
bog’langan turlarga bo’linadi:
1)
Injenerlar psixologiyasi
2)
Aviasiya psixologiyasi.
3)
Kosmik psixologiya.
II. Pedagogik psixologiya.
Bu ham o’z navbatida bir qancha turlarga bo’linadi:
1)
Ta’lim psixologiyasi.(didaktika va xususiy metodikalarning psixologik asoslari,
programmalashtirilgan ta’lim va aqliy faoliyatlarning shakllanishi va boshqalar).
2)
Tarbiya psixologiyasi. (tarbiya metodikasining psixologik asoslari, o’quvchilar jamoasi
psixologiyasi, mehnat – axloq tuzatish pedagogikasining psixologik asoslari).
3)
O’qituvchipsixologiyasi.
4)
Aqli zaif bolalar tarbiyasi psixologiyasi.
III. Meditsina psixologiyasi.
Bu shifokor faoliyatining psixologik tomonlarini va kasal xulqini
o’rganadigan fandir. Bufanhamo’znavbatidaquyidagilargabo’linadi:
1) Neyropsixologiya – bu bosh miya nervlari faoliyati asosida vujudga keladigan psixologik
holatlarni o’rganadi.
2)
Psixofarmakologiya. – bu turli dorilarning inson psixik faoliyatiga ta’sirini o’rganadi.
3)
Psixoterapeya – bu kasallarni davolashda psixologik ta’sir qilishdan foydalanish yo’llarini
o’rganadi.
4)
Psixoprofilaktika va psixogigiyena – bu kishilarni psixik tomondan sog’lom bo’lishini
ta’minlashga oid tadbirlar ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
IV. Yuridik psixologiya.
Bu o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
1) Sud psixologiyasi.
2) Kriminal psixologiya.
3)
Mehnat – tuzatish psixologiyasi.
V. Harbiy psixologiya.
VI. Sport psixologiyasi.
VII. Savdo psixologiyasi.
Bordiyu, psixologiya sohalarini klassifikasiya qilishda psixikaning rivojlanishini asos qilib olsak,
unda psixologiyaning yana quyidagi sohalari mavjudligini ko’ramiz:
1.
Yosh psixologiyasi. Bu o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
25
a) bolalar psixologiyasi.
b) o’smirlar psixologiyasi.
v) yoshlar psixologiyasi.
g) katta kishilar psixologiyasi.
d) gerantopsixologiya. (qarilar psixologiyasi).
2. Maxsus psixologiya.
a) patopsixologiya – miyaning o’sish davrida kasallanishi tufayli psixikada yuz beradigan
o’zgarishlarni o’rganadi.
b) olegofrenopsixologiya – bu miyasida tug’ma kamchiligi bor bolalar psixikasining o’sish
masalalari bilan shug’ullanadi.
v) surdopsixologiya– karlarning psixik taraqqiyotini o’rganadi.
g) tiflopsixologiya – ko’rlar va ko’rish qobiliyati pastlarning psixologik taraqqiyotini o’rganadi.
3. Solishtirma psixologiya
– bu hayvonlar psixikasi bilan inson psixikasini taqqoslab
o’rganadigan fandir. Uning tarmog’i zoopsixologiyadir.
4. Ijtimoiy psixologiya.
Ijtimoiy psixologiya va shaxs psixologiyasi fan sifatida rivojlanishida
1920-1930 yillarda yashab o’tgan aka-uka Olport Floyd va Gordanlar katta hissa qo’shgan. Shunisi
ajablanarliki, keyingi 10 yillar davomida bu fan ikki tarmoqqa ajralib ketdi. Ijtimoiy psixologiya
mutaxassislari umumiy insonlarni o’rganishga va insonlarning o’zaro munosabatlaridagi
o’zgarishlarni, faoliyatlarini o’rgana boshladi. Shaxs psixologiyasi esa insonlarning bir-biridan
individual farqlari, ruhiy jarayonlarni diagnostika qilish usullarini o’rgana boshladi. Bu bo’lim ma’lum
bir ma’noda ijtimoiy psixologiya va shaxs psixologiyasidagi aniqlanmagan taxminlarni o’rnini asta-
sekin asosiy tamoyillar, xulosalar va boshqa usullarning individual farqlarni egallashi amaliyotchi
psixologlarga qulaylik tug’dirdi.
Taniqli ijtimoiy psixologi Roger Brovn o’z xotiralarida 2 an’analar orasidagi noqulay
to’qnashuvlarni shunday eslaydi: Psixolog sifatida men yillar davomida shaxs individual xususiyatlari
bo’rttirib ko’rsatiladi deb o’ylardim. Men qachonlardir, Garvard universiteti shaxsshunosi Genri
Murreyga: “Men o’ylaymanki, odamlar hammasi bir xil.” Murrey javob berdi: “Eh seni! Lekin sen
axmoq bilmaysanki, nima deyapsan.” Men bu ma’noda aytmoqchi emasdim.(Brovn 1996 y 169 bet)
Bu kichik fikr almashish noto’g’ri tarixiy haqiqatni ko’rsatadiki, taxminan o’sha vaqtlarda ijtimoiy
psixologiya va shaxs psixologiyasi bir-biri bilan chambarchas bog’liq, xuddi ota-onaning egizak
farzandlaridek, yonma-yon chegaradosh fanlar sifatida ular bir narsani ikki tomondan to’ldirib,
o’rganishadi.
Shuni e’tiborga olish kerakki, bu ikki soha ajralmas bo’lib, bir-birini to’ldiradi, taklif beradi,
uslubiy yordam beradi va yondashuvlarni izohlab beradi. Mening fikrimcha, bu ikki yo’nalish ijtimoiy
va shaxs psixologiyasidagi asosiy o’zgarishlarni o’rganadi. Bir tomondan ijtimoiy psixologiyaning
an’anaviy usullaridan ыandaydir vaziyatlarda, o’zgargan sharoitlarda odamlarga ta’sir ko’rsatish uchun
foydalanib kelmoqda. Boshqa tomondan an’anaviy metodlar shaxs psixologiyasining turli jihatlarini
baholash uchun ishlatiladi. Turli vaziyatlarda ijtimoiy –psixologik tadqiqotlar yordamida shaxslararo
munosabatlarda aniqlangan nizolar, o’n yillar davomida kuchli ta’sir ostida psixologik adabiyotlarda
muhim mavzu sifatida o’rganib kelingan. Aslida ikkala sohadagi eng yaxshi mavjud dalillarning
bo’lishi, shaxslarga bir xil yuqori darajada ta’sir o’tkazishni ta’minlaydi. (Richard Bond, Stokes-Zoota,
2003) Lekin bu bizni tariximizda tez rivojlanib bormoqda. Ijtimoiy hayotda oddiy kuzatish (a)
odamlarni turli vaziyatlarda turli xil narsalarni (b), hatto har xil vaziyatlarda turli xil odamlar bir xil
narsalarga ishonch hosil qilishadi.
Bu ikki xil xulosa odamlarni shaxs va ijtimoiy psixologiyada bir-birlarini to’liq tushunishi va
xabardor bo’lishini ta’minlash uchun yetarli bo’ladi. Ushbu bobning maqsadi shundan iboratki,
ijtimoiy psixologiya va shaxs psixologiyasi o’rtasida aloqadorlikni tiklash uchun yordam beradi. Bu
bob olti qismdan iborat. Birinchi uch qism shaxs psixologiyasining asosiy tuzilishini ta’minlash va
ba’zi zamonaviy tadqiqotlarni ko’rib chiqadi. I qism shu sohalarni o’rganadi. II qism shaxsni
o’rganishda asosiy konsepsiyalar va nazariy yondashuvlarni tahlil qiladi. Fikrimizcha, bu bosqich
shaxsga har tomonlama yondashadigan emperik fanlardan bo’lib, insonning xulqi unga beriladigan
ijtimoiy bahoga bog’liq deb qabul qiladi. Bu bog’liqlik shaxs psixologiyasi markaziga chiziqli
26
yondashuvni qo’yadi. III qismtadqiqotchilari shuni muhokama qiladiki, shaxs xulqini baholash uchun
ishlatiladigan metodlarni tahlil qiladi. Ular kengroq doirada shaxs xulqini o’lchovini kuzatadigan, o’z-
o’zini nazorat qilishni taniqli va ijodiy metodlarini muhokama qiladi. Oxirgi uch qismda, so’ngi 40 yil
mobaynida ijtimoiy psixologiya va shaxs psixologiyasi o’rtasidagi aloqa va munosabatlarni o’z ichiga
oladi. IV qism ijtimoiy va shaxs psixologiyasi kesishuvini ifodalaydi. Bu bob insonning hissiyotlari va
shaxsini aniq baholashga yo’naltirilgan. V qism shaxs va ijtimoiy psixologiya o’rtasidagi omadsiz
rivojlanish davrini tasvirlaydi. VI qism shu sohalarni birlashtirish taklifi bilan chiqib, raqobatdan ko’ra
ko’proq hamkorlikka qaratilgan.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |